A. K. Xusanov


Uslub:  Kichik guruhlarda ishlash, klasterlash. Mashg’ulotni bajarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Uslub: 
Kichik guruhlarda ishlash, klasterlash.
Mashg’ulotni bajarish:
1. Oddiy qalqondorning tashqi tuzilishi bilan tanishib, uning rasmini 
chizganingizdan keyin, bosh qismini tashkil qilgan organlarini o’rganishga 
kirishing. Buning uchun uning bosh qismini ajratib olib, to’g’nag’ichni antennalari 
orasidan, oldingi tomonidan orqa tomoniga qaratib vannachaga qadab qo’ying. 
Shunda boshi oldingi tomoni bilan yuqoriga qarab joylashadi. Qo’l lupasi 
yordamida bosh qismidagi organlarini o’rganing. Jag’larini ajratib olib (ikkinchi 
juft maksilladan boshlash lozim) buyum oynasidagi bir tomchi suvga qo’ying va 
mikroskopning kichik obektivi orqali kuzating.
2. Preparoval ninalar yordamida tanasining birinchi segmentini ajratib olib, undagi 
jag’oyoqlarining tuzilishini o’rganing va kostyanka bosh qismining rasmini 
chizing.
3. Oddiy qalqondorning yurish oyoqlaridan birini ajratib olib, uni tashkil etgan 
qismlarini o’rganing va rasmini chizing.
Mavzu haqida ma’lumot:
Oddiy qalqondor (kostyanka)ning tanasi 2-2,5 sm uzunlikda o’lib, bosh va 
gavda bo’limlariga ajraladi. Bosh qismini tashkil qilgan segmentlar o’zaro 
birlashib ketgan. Uning oldingi qismida juda ko’p bo’g’imlardan tashkil topgan 
ipsimon bir juft mo’ylovi yoki antennalari joylashgan. Antennalar oddiy 
qalqondorning bajaradigan sezgi organlari hisoblanadi. Ular kelib o’rniga 
chiqishiga ko’ra vazifalari va joylashgan qisqichbaqasimonlarning antennulalariga 
o’xshashdir. Bosh qismida mo’ylovlaridan tashqari jag’lari: yuqorigi jag`-
mandibula va ikki juft pastki jag’lari-maksillalari bor. Mandibula ovqatni 
maydalaydi, chunki uning oxirgi bo’g’imida xitindan iborat ‘tishcha’lari mavjud. 
Mandibulaning pastki tomonida og’iz bo’shlig’iga kirib turadigan harakatchan 
o’simta-gipofarinks joylashgan. Pastki jag’larining birinchi jufti uchta bo’g’imdan 
tashkil topgan. Uning usti tukchalar bilan qoplangan. Lekin chaynash kurakchalari 
bo’lmaydi. U faqat ovqatni og’iz oldida ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi 
juft maksillalarida ham chaynash kurakchalari bo’lmaydi. Ularning keyingi 
bog’imi tukchalar bilan. Shu bo’g’imning uchida tirnoqcha joylashgan.
 
Bular 
ovqatni paypaslab izlash va uni tutib og’izga olib kelish vazifasini bajaradi. 
Tanadagi traxeya naychalari o’zaro tutashib, yaxlit traxeya sistemasini hosil 
qiladi. Ikki juft oyoqlilarda esa har bir traxeya nayi alohida nafas teshigiga 
ochiladi. Traxeya naychalarining uchki qismi barcha to’qimalarga tarqaladi. Tana 
muskullarining qisqarishi va bo’shashishi tufayli traxeya naychalaridagi havo 
almashinadi. Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan bo’lib, yurakdan va undan 
boshlanadigan arteriya qon tomirlaridan iborat. Yuragining tuzilishi va joylanishi 
hasharotlarnikiga o’xshaydi. Yuragi ichagining ustida joylashgan tana bo’g’imlari 


127 
soniga teng miqdorda alohida kameralarga bo’lingan uzun naychadan iborat. Har 
qaysi kameraning ikki yonida joylashgan klapanli bir juft teshiklar - ostiylar tana 
bo’shlig’iga ochiladi. Nerv sistemasi bosh miya, ya’ni halqum usti gangliysi, 
halqumni o’rab turadigan konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Bosh miya 
ancha murakkab tuzilgan. Ko’poyoqlilar ayrim jinsli. Ko’pchilik turlarining jinsiy 
bezlari sodda, tuban tuzilgan, ayrim vakillarida (pauropodalar) juft bo’ladi. 
Ko’pchilik ko’poyoqlilarning jinsiy bezlari toq bo’ladi. Ayrim ko’poyoqlilar 
(kostyanka) ning urg’ochisi tuxumlarini o’z tanasi bilan o’rab oladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin