A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mashg’ulotni bajarish: 
Hasharotlar sinfi – Insecta 
1. Qora suvarak va may qo‘ng‘izi misolida. Hashorotlarni tashqi tuzilishi 
bilan tanishib chiqish va sxemasini chizish. Suvarak yoki may qo`ng‘izini yorib 
ichki tuzilishi (ovqat hazm qilish, nafas olish, nerv, jinsiy sistemalarini o‘rganish 
va rasmini chizish). 
2. Parazit hashoratlardan qoramol teri osti bukasi qo‘y va otlarning bo‘shliq 
so‘na (buka)larning rivojlanishini o‘rganish, rasmini chizish. Hashoratlar yoki olti 
oyoqlilari sinfi bug‘im oyoqlilar tipining eng mukammal taraqqiy etgan va yashash 
imkoniyati bo‘lgan barcha muxitlarni egallagan eng ko‘p (1mln. dan ortiq) turni 
o‘z ichiga oladi. Hashoratlarning tanasi 3 – qism - bosh, ko‘krak va qorindan 
iborat. Bosh bo‘limning bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan va yaxlit massani tashkil 
qiladi. Ko‘krak va qorin qismining bo‘g‘imlari esa aniq ko‘rinib turadi. Ko‘krak 3 
va qorin 4-11 segmentdan tashkil topgan. Bosh qismida 1 juft antennasi 
(“muylovi”) og‘iz apparati oddiy va murakkab ko‘zlari joylashgan. Ko‘krak qismi 
3 bo‘g‘imidan tashkil topgan, oldingi, o‘rta va keying ko‘krak bo‘g‘imlari deb 
ataladi. Har bo‘g‘imda bir juftdan oyoq va ko‘pchiligida o‘rta va keyingi ko‘krak 
bug‘imlarida 1 juftdan qanot buladi. Ko‘krak bo‘g‘imlarida joylashgan kuchli 
muskullar qanotlarni harakatga keltiradi. Qorin qismi gavdaning oxirgi bo‘g‘imi 
bo‘lib, bo‘g‘imlarining soni hayvonning sistematikada tutgan o‘rniga bog‘liq. 
Tuban formalarda bo‘g‘inlar soni 11 bo‘lsa, yuqori taraqqiy etgan formalarida 4 
qanotlilar va ikki qanotlilar turkumida bo‘g‘inlar soni 4 -5 ta bo‘ladi. Qorin 
qismida oyoqlar bo‘lmaydi. Faqat ba’zi bir vakillarida oyoqlarini rudimentlari yoki 
shakli o‘zgargan oyoqlar (serka, grifelka va boshqalar) ni ko‘rish mumkin. Suvarak 
yoki may qo‘ng‘izi misolida hasharotlarni tashqi tuzilishini bilan tanishib chiqing. 
Bosh qismi, ko‘krak va qorin qismini toping. Og‘iz apparati tuzilishini o‘rganing 
va rasmini chizing. Tanasining uchchala qismida xam organlarini joylashishini 
o‘rganing va rasmini chizing. Qanotlar va oyoqlarning tuzilishini o‘rganing. Ichi 
yorilgan suvarak yoki qo‘ng‘izda ichki organlarning topografiyasi (joylashishini 
o‘rganing) so‘lak bezlari, qizilo‘ngach, jig‘ildonni toping.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin