130
3.Ko’krak qismini tashkil qilgan uchta segmentning har birini uchi o’tkir
qaychi bilan qirqilib alohida ajratib olinadi. Ikkinchi juft qanotlari binokulyar yoki
lupalar yordamida kuzatiladi.
4.Suvarakning erkagini tana bo’limlariga ajratib oq karton qog’ozning ustiga
qo’yib chiqiladi.
Mashg’ulot haqida ma’lumot:
Suvaraklar xonodonlarda va boshqa oziq ovqat mavjud bo’lgan
joylarda
yashaydilar. Ularning slindrsimon tanasi 2-3 sm uzunlikda bo’lib,
elkadan qorin
tomonga qarab yassilashgan. Jinsiy demorfizm yaqqol namayon bo’ladi.
Urg’ochilarining tanasi erkaklariga nisbatan kengroq
va ularning qanotlari
rivojlanmagan. Suvarakning tanasi uch; bosh, ko’krak, qorin bo’limlaridan iborat.
Bosh qismi gavdaga bo’yinning ingichka belcha qismi orqali tutashgan.
Boshining ikkala yon tomonida ipsimon mayda halqalardan iborat juft mo’ylovlari,
antennalari joylashgan. Ular hidlash va sezish vazifasini bajaradi. Mo’ylovlarining
asosida bir juft murakkab ko’zlarini ko’rish mumkin.
Ko’krak uchta segmentdan iborat bo’lib, ular: oldingi va keyingi ko’krak
qismlardan iborat. Hasharotlarning birinchi juft oyoqlari oldingi ko’krakka,
ikkinchi jufti o’rta ko’krakka birikkan.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq.
1.
Quyidagi nomlarni rasmdagi kerakli raqamlar bilan izohlang.
29-rasm. Qora suvarakning tashqi tuzilishi. A-Urg’ochisi, B-Erkagining yonidan ko’rinishi,
__bosh,
__ko’krak o’rtasi, __ko’krak keyini, __qorin bo’g’imi, __qanotlari, __yurish oyoqlari, __chanoqcha,
__soni, __boldiri, __panjasi, __tserkalari, __grifelkalari, __ko’krak oldi, __mo’ylovlari, __boldiri,
__o’ynog’ich.
Dostları ilə paylaş: