Uslub: Kichik guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotni bajarish: 1. Butli o‘rgimchak – Araneus diadematus ning tashqi tuzilishi bilan tanishib
chiqish. Xelitserasi va zaharli bezining joylashish sxemasini chizish.
2. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi va organlarining joylashishini o‘rganish va
sxemasini chizish.
3. Chayoning tashqi tuzilishi bilan tanishib chiqish.
4. Zaharli o‘rgimchaklardan qoraqurt – Lathrodectus tredecimguttaus va tarantul -
Trochosa singoriensis larning tashqi ko‘rinishi bilan tanishib chiqish.
5. Mikroskop ostida qichitma kana - Sarcoptes scabie ning tuzilishi bilan tanishib
chiqish va rasmini chizish.
6. Yaylov kanasi - Ixodes specius ning tashqi tuzilishi bilan tanishib chiqish va
og‘iz apparatining rasmini chizish.
7. O‘rgimchaksimonlarning xarakterli xususiyatlari va ularning iqtisodiy
ahamiyati xaqida qisqacha ma’lumot yozish.
Mashg’ulot haqida ma’lumot: Chayon - Butchus eupeus zaharli o‘rgimchaksimonlardan hisoblanadi.
CHayonlar Markaziy Osiyo va Kavkaz orti respublikalarida keng tarqalgan.
CHayonlarning tanasi bosh – ko‘krak va qorin qismdan iborat. Bosh – ko‘krakni
hosil qilishda 7 bo‘g‘im qatnashadi. Sirtqi tomonidan bosh – ko‘krak qismi yaxlit
qalqon bilan qoplangan bo‘lib, bo‘g‘imlarga bo‘lingan qorin qismidan farq
qiladilar. Bosh – ko‘krakda 2- ta yirik va 2-5 juft mayda oddiy ko‘zlar joylashgan.
Bosh – ko‘krak pastki tomonidan og‘iz teshigi va uni atrofida 1 juft xelitsera, 1 juft
pedipalpa joylashgan. Pedipalpaning oxirgi bo‘g‘im qisqichga aylangan. Yurish
oyoqlarining soni 4 juft. Qorin qismining bo‘g‘imlari geteranom bo‘lib, oldingi 7
ta bo‘g‘imi enlik, keyingi bo‘g‘imlari ensiz. Qorin qismi pufakchasimon telson
150
bilan tugaydi. Uni ichida tirnoqsimon o‘simtasi bo‘lib, unga zahar bezlarining yo‘li
ochiladi.