A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Tarantul 
– Lurosa singoriensis Evropani markaziy va janubiy qismi 
Markaziy Osiyoda tarqalgan. Zaharining kuchi qoraqurtnikiga qaraganda ancha 
kuchsiz. Zahari odamda kuchli og‘riq chaqirishi mumkin. Tarantul MDH da 
tarqalgan urgimchaklarning eng yiriklaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Gavdasining 
kattaligi 3-4 sm bo‘ladi. Bu urgimchakning ustki tomoni kulrang qung‘ir, pastki 
tomoni qora, oyoqlarida esa sarg‘ich ko‘ndalang yo‘llar bo‘ladi. Tanasi, ayniqsa 
oyoqlari biroz tuklar bilan qoplangan. Odatda 60 smgacha uzunlikdagi vertikal 
kavlangan uyalarda yashaydilar. Kechalari ovga chiqadi. Ko‘plab zararkunanda 
xasharotlarni qirib yuboradi. Urg‘ochilari 100 dan to 400 gacha tuxum qo‘yadi. 
Baxorda undan bolalar chiqadi. Urg‘ochilari bir necha vaqt bolalarini oyog‘iga 
yopishtirib yuradi. MDH ni janubiy qismida tirik o‘rgimchaksimonlardan falanga – 
Jaleodes araneudes (biy, ba’zibir joylarda buzoqbosh deydilar) tarqalgan bo‘lib 
gavdasining kattaligi 7 sm gacha etadi. Boshqa o‘rgimchaklardan tanasining 
qo‘ng‘ir sariq tuklar bilan qalin qoplanganligi va pedipalpalari ham yurish 
vazifasini bajarish bilan ajralib turadi. O‘zi zaharli emas. Umurtqasizlar hamda 
mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Xelitseralari juda kuchli. “Tish” 
larining orasida qolgan ovqat qoldiqlari chirishi natijasida ba’zan “o‘lik zahri” 
hosil bo‘ladi. Shuni uchun ham ba’zan falanga chaqqan vaqtda “Maxalliy” 
(chaqilgan joyni) zaharlash. Hodisalari bo‘lib turadi. 
Kanalar – Acarina turkumi. 
Kanalar 10 mingdan ortiq turni o‘z ichiga 
oladi. Ular boshqa o‘rgimchaksimonlardan tanalarining yaxlitligi, bosh – ko‘krak 
va qorin qismga bo‘linmaganligi (faqat tuban kanallarda bo‘g‘imlarga bo‘linish 
mumkin) xelitseralari va qisman pedipalpalari qo‘shilib xartum hosil qilishi, nafas 
olish organi bo‘lib asosan traxeyalar bo‘lishlig‘i bilan xarakterlanadi. Kanalar 
odam va qishloq xo‘jalik hayvonlarining parazitlari sifatida juda katta amaliy 
ahamiyatga ega. Kanalar turkumi 2 ta kichik turkumga ajratiladi. 
1. Akarasimon kanala ryoki oribatid kanalar 
2. Parazitsimon kanala ryoki iksodit, yaylov kanalari 
Akarasimon kanalar-o‘z ichiga juda mayda kanalarni oladi. Bunday kanalarga 
tuproq kanalari, qichitma kanalar, o‘simlik kanalari, ombor kanalari kiradi. 
Akarasimon kanalar 3 ta oilaga ajratilgan. 
1. Sarkoptid kanalari teri ichida yashaydi, qon bilan oziqlanadi. 
2. Psoroptid kanalar – teri epidermisida yashaydi, qon bilan oziqlanadi. 
3. Xorioptid kanalar – tashqi parazit bo‘lib, epidermis bilan oziqlanadi. 
Parazitsimon kanlar - bu kanalar yirik bo‘lib qishloq xo‘jalik hayvonlari va 
parrandalarning tashqi vaqtinchalik paraziti bo‘lib, barchasi qon bilan oziqlanadi, 
tuxum qo‘yish uchun erga tushadi. 


152 
Qichitma kana 
yoki qutir kanasi mikroskopik hayvon bo‘lib, ular umrining 
oxirigacha epidermis ostida yashaydilar. Urg‘ochi kanalar sutkasiga teri ostida 2-3 
mm yo‘l ochadilar. Rangi xira oq bo‘lib, xitinli bo‘lgan erlari sal- pal jigar rangdir. 
Kattaligi 0,3 – 0,5mm bo‘ladi. Voyaga etgan kana 40-45 kun yashaydi va umri 
davomida 20-50tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumlarida 2,5- 3,5 kunda lichinka ochib 
chiqadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin