A. K. Xusanov


Uslub:  Yakka tartibda ishlash, klasterlash.  Mashg’ulotni bajarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Uslub: 
Yakka tartibda ishlash, klasterlash. 
Mashg’ulotni bajarish: 
1. 1,4% li formalin eritmasida fiksatsiya qilingan odam askaridasini kichik 
vannachaga qo’yib, qo’l lupasi yordamida kuzatiladi. Uning tana tuzilishiga e’tibor 
beriladi. Oldingi va keyingi uchlari topilib, keyingi uchidan jinsi aniqlanadi. 
2. Askaridani qorin tomoni bilan vannachaga qo’yib, oldingi va keyingi 
uchlari to’g’nog’ich yordamida sanchiladi. Agar askarida tirik bo’lsa vannachaga 
askarida botguniga qadar suv quyiladi va suv ostida qirqiladi. Suv quyulmagan 
holatda askaridadan suyuqlik otilib chiqib ketishi hamda odam terisini kuydirishi 
mumkin. 
3. Chap qo’l bilan askarida vannacha tubiga bosib turiladi. Va o’ng qo’l 
bilan tananing keyingi qismida yelka tomonidan kutikula ko’ndalang kesiladi. 
Kutikula uzunasiga ham kesilib to’g’nog’ich bilan vannachaga sanchiladi. 
4. Ochilgan askaridaning gipodermadagi iskanalari topiladi. Yon tomonida 
o’tadigan ayirish naychalariga e’tibor beriladi. Tuxumdon, tuxum yo’llari va 
bachadonning chegarasi aniqlanadi. Ikkala bachadonnng qo’shilib qin hosil 
qilinishiga e’tibor beriladi. 
5. Agar ochilgan askarida erkak bo’lsa, urug’don, urug’ yo’li va urug’ 
to’kish kanallari topiladi. Jinsiy naychalar orasida joylashgan ichakning tuzilishiga 
e’tibor beriladi. 
Mavzu haqida ma’lumot. 
Odam askaridasinig urg’ochilari 35-40 sm, 
erkaklari 25-30 sm, jinsiy demorfizm aniq ifodalangan. Erkagi kichik, dum qismi 
ilmoqsimon qayrilgan bo’ladi. Tanasining oldingi uchida 3 ta lab bilan o’ralgan 
holatda og’iz teshigi joylashadi.
 
Voyaga yetmagan askaridalar odamning ingichka ichagida parazilik qiladi. 
Askaridalarning ot, cho’chqa va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladgan turlari 
ham bo’ladi. 
Askaridaning tanasi ko’p qavatli kutikulasi bilan qoplangan. U yarim 
o’tkazgich xususiyatiga ega bo’lganligi uchun uning tanasi doimo turgor holatida 
bo’ladi. 
Ovqat hazm qilish sistemasi odingi o’rta va orqa ichaklardan iborat. Oldingi 
va orqa ichagining ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. Askaridaning 
urg’ochilarida orqa ichak anal teshigi orqali tashqariga ochiladi. Erkaklarida jinsiy 
teshik bilan qo’shilib, kloaka hosil qiladi. 
Askaridalarning ayiruv sistemasi bir juft ayirish naychalaridan iborat bo’lib, 
ular tananing ichki yon tomonida gipoderma qavatida joylashgan maxsus kanallar 
(valiklar) ichidan o’tadi. Nerv sistemasi tomoq oldi nerv halqasidan iborat bo’lib, 
undan tananing oldingi va orqa qismiga tomon nerv iplari yo’naladi. Qorin va 
yelka nerv iplari gipoderma hosil bo’ladigan uskanalarning ichidan o’tadi. 
Askaridalar ayrim jinsli, jinsiy organlari uzun nay shaklida tuzilgan. 
Urg’ochisining jinsiy bezlari juft bo’ladi. Erkagining jinsiy organlari toq 


77 
naychadan iborat. Uning ingichka uchida urug’don, yo’g’onlashgan qismi esa 
urug’ yo’li vazifasini bajaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin