A. K. Xusanov


Vakil: Ot askaradasi-  Parascaris equorum



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Vakil:
Ot askaradasi- 
Parascaris equorum
 
Ot paraskaridasi 
– 
Parascaris equorum
askaridalar orasida yirik 
zoonematoda bo‘lib, urg‘ochisining uzunligi 40 smgacha, erkaginiki esa 30 sm. 
Gacha boradi. Voyaga etgan ot askaridasi ingichka ichakda yashaydi. Askaridaning 
tanasi uzunchoq, ikki uchi o‘tkirlashgan. Oldingi uchida 3 ta labi og‘izni urab 
turadi. Urg‘ochisining tanasini oldingi uchidan bir qismi xalqa shaklida ichkariga 
botgan bo‘lib, bu erda jinsiy teshik joylashgan. Erkak askarida urg‘ochisidan biroz 
kichik bo‘lib, dum qismi biroz qayrilgan bo‘ladi. Dum uchiga yaqinroq joyda 
kloaka ichida ikkita tikanga o‘xshagan o‘simtasi – spikula joylashgan. Spikulalar 
qo‘shimcha kopulyativ organlar bo‘lib, qo‘shilish vaqtida urg‘ochisining jinsiy 
teshigini ochiq ushlab turadi. 
Ot paraskaridasi (Paraskaris equorum)ning tarraqqiyoti 
Askaridalarning bir necha turlari mavjud: cho‘chqa askaridasi (Ascaris 
suum), odam askaridasi (A lumbricoides) ot paraskaridasi (Parascaris equorum), 
tovuq askaridiyasi (Ascaridia galli) va hakozo.


80 
 
 
 
 
 
 
 
 
19-rasm. 
Ot paraskaridasining tarraqqiyoti 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
20-Rasm. 
Cho’chqa askaridasining taraqqiyoti 
Cho‘chqa va odam askaridalarining taraqqiyoti qo‘yidagicha kechadi: 
ingichka ichak orqali urg‘ochi askaridaning otalangan tuxumi tashqi muhitga 
tushadi; etarlicha namlik va issiqlik ta’sirida u etila boshlaydi; tuxum ichida paydo 
bo‘lgan lichinka ikki marta po‘st tashlab (tullab) yuqumli holga keladi va qalin 
qobiqli tuxum ichida qoladi. Bunday yuqumli lichinkalik tuxumlar turli oziqalar 
orqali xo‘jayin oshqozoniga tushgach, u erda tuxum qobiqlari eriydi. Tuxumdan 
ajralgan lichinkalar ichakka o‘tadi va qon tomirlarga yorib kirib gepato-pulmonal 


81 
yo‘l (jigar –yurak, o‘pkalar) orqali migratsiya (yurish) qiladi. Ot paraskaridasining 
lichinkasi singari o‘pka alveolalarida 7-10 kun to‘xtaydi, biroz o‘sadi va 
alveolalarni qitiqlab yo‘tal alomatlarini chaqiradi. Yutalish paytida lichinkalar 
alveolalardan bronxiolalarga, u erdan bronxlar orqali traxeyaga, so‘ngra esa 
og‘izga tushadi. U erdan so‘lak orqali yoki balg‘am yutib yuborilganda askarida 
lichinkalari ikkinchi marta ichakka tushadi va unda to‘xtab etilgan erkak va 
urg‘ochi askaridalarga aylanadi. Askaridalar bir yilgacha hayot kechiradi. 
Cho‘chqa va odam askaridalari 10-30 sm, tovuq askaridiyasi 3-11 sm uzunlikka 
ega. 
Askaridalar ichida tovuq askaridiyasi bunday murakkab migratsiyaga ega 
emas. Ularning yuqumli tuxumidan oshqozonlarda ajralgan lichinka ichakka o‘tib, 
uning limfa tugunlariga yoki ichak vorsinkalariga kiradi. U erlarda birmuncha 
o‘sib, bir necha kundan keyin ichak bo‘shlig‘iga o‘tadi va jinsiy voyaga etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin