90
Nazariy savollar:
1.Bug’doy nematodasi o’simlikni qanday qilib zararlaydi?
2.Nima sababdan zararlangan o’simlikda bo’rtma hosil bo’ladi?
3.Bug’doy nematodasi qancha vaqt anabioz holatida bo’lishi mumkin?
Uyga vazifa:
“Parazit chuvalchanglarning odam, hayvon va o’simliklar hayotidagi zarari”
haqida referat yozing
18-19 amaliy mashg’ulotlar.
Halqali chuvalchanglar tipi (Annelida). Ko’p qilli
chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi. Vakillar: Nereis yoki qum chuvalchangining
tuzilishi.
1-ish. Nereisning tuzilishi va ko’payishi
Nereisning sistematik o’rni
Tip:
Halqali chuvalchanglar-Annelides
Kenja tip:
Belbog’sizlar-Aclitellata
Sinf:
Ko’p tukli halqali chuvalchanglar-Polychaeta
Kenja sinf:
Kezib yuruvchi ko’p tukli halqali chuvalchanglar - Errantia
Vakil:
Nereis-
Nereis pelagica
Halqali chuvalchanglar tanasi ma’lum sondagi halqalardan iborat bo’lib,
ko’proq tashqi va ichkidir. Zuluklarda tashqi
segment ichki segmentga mos
kelmaydi.
Halqali chuvalchanglar orasida parazit va erkin yashovchi turlari bor.
Ularning tanasining uzunligi bir necha mm dan 2,5 metrgacha boradi. Tanasi
halqalarga bo’linadi. Teri muskul xaltasi yaxshi rivojlangan.
Halqali
chuvalchanglar uchun maxsus harakat organi-parapodiylar xarakterlidir.
Halqali chuvalchanglarda ikkilamchi tana bo’shlig’i-selomik tana
shakllangan. Shu munosabat bilan bilan qon aylanish sistemasi rivojlangan.
Ayirish sistemasi metanefridiy tipda tuzilgan. Nerv sistemasi bosh miya va qorin
nerv zanjiridan iborat. Dengizda yashaydigan
turlari ayrim jinsli, tuproqda
yashaydiganlari va parazit turlari ikki jinsli.
Dostları ilə paylaş: