9. Yumaloq chuvalchanglarning tana bo’shlig’i qanday bo’ladi? a) Selom
b) Birlamchi
c) Miksotsel
d) Parenximatik
10. Bolalar gijjasi tana bo’shlig’i qanday? a) Gastral
b) Birlamchi
c) Ikkilamchi
d) Parenhimatoz
Test javoblarini yozing: 40-jadval S 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 J Nazariy savollar: 1. Yumaloq chuvalchanglarning teri – muskul xaltasining tuzilishi qanday?
2. Yumaloq chuvalchanglarni yassi chuvalchanglardan ustunlik belgilari.
3. Geogelmint deganda nimani tushunasiz?
4. Yumaloq chuvalchanglarni qanday sinflarini bilasiz?
Uyga vazifa: Ot askaridasi va cho`chqa askaridasini o`xshashlik va farqli jixatlarini jadval
asosida tushuntirish.
16-17 amaliy mashg’ulotlar. Fitonematodalar. Ildiz bo’rtma nematodasining
tuzilishi va rivojlanishi. O’simlik ildizida bo’rtmalar hosil qilishi.
1-ish. Ildiz bo’rtma nematodasining tuzilishini o’rganish.
Ildiz bo’rtma nematodasining sistematik o’rni
Tip: To’garak chuvalchanglar-Nemathelminthes
Sinf: Nematodalar-Nematoda
Turkum: Telenxidalar-Tylenchida
Vakil: Ildiz bo’rtma nematodasi-
Meloidogyne incognita Mashg’ulotning ilmiy maqsadi : Bo’rtma nematodasining tuzuilshi,
oziqlanishi va yashash tarzi. Lichinkalarining tuzilishini o’rganish.