108
yaproqchalari oralig’iga qo’yadi. Erkaklari spermatozoidlarini esa suvga chiqaradi
va baqachanoqning kirish sifoni orqali urg’ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra
yaproqchalari orasida urug’lanib bir necha kundan so’ng gloxidiy deb ataluvchi
lichinka chiqadi. Lichinkaning ikki pallali chig’anoq qirralari tishchali bo’ladi.
Bunday lichinkalar erta bahorda ona organizmidan suvga chiqadi va biroz
harakatlanib, keyin chig’anoqlari tishchalari va yopishqoq bissus ipchalari
yordamida turli baliqlarning jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda
hayot kechira boshlaydi. Natijada, zararlangan baliqlar tanasida shishlar paydo
bo’ladi. Baliqlar terisi ostida gloxidiylar 1-2 oy davomida parazitlik qilib
rivojlanadi va asta-sekin kichik baqachanoqqa aylanadi. Keyinchalik ular baliq
terisini yorib, suv tubiga cho’kadi va mustaqil hayot kechiradi. Gloxidiylar,
ayniqsa, baliqlarning jabra to’qimalarida parazitlik qilib, ularning nafas olishini
qiyinlashtiradi va natijada, ko’plab baliqlar nobud bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: