Talabalar bilimini baholash uchun test topshiriqlari. 1.
Zuluklar tana bo’shligi qanday bo’ladi? a)
Lakunar
b)
Gastral
c)
Birlamchi
d)
Paragastral
2.
Meditsina zulugi qanday oziqlanadi? a)
Qon so’ruvchi endoparazit
b)
Ichak paraziti
c)
Yirtqich
d)
Qon so’ruvchi ektoparazit
3.
Zuluk so’rgan qonni ivittirmaydigan modda? a)
Hitin
b)
Girudin
c)
Kutikula
d)
Melanin
4.
Zuluk nerv sistemasi qanday tuzilgan? a)
Ortogon
b)
Tarqoq tugunli
c)
Qorin nerv zanjiri
d)
To’rsimon
5.
Polixet chuvalchanglar nerv sistemasi qanday tuzilgan? a)
Qorin nerv zanjiri
b)
Tarqoq tugunli
c)
Ortogon
d)
To’rsimon
6.
Zuluklar sinfini lotincha nomi qanday? a)
OligoChaeta
b)
PolyChaeta
c)
Nematoda
d)
Herudinea
7.
Zuluklar ayiruv tizimi nimadan iborat? a)
Metanefridiylar
b)
Fagotsitar hujayralar
c)
Protonefridiylar
d)
Malpigi naylari
8.
Zuluklar o’rta ichagini tuzilishi; a)
Yo’g’on naysimon
b)
Yonbosh haltali
c)
Qopchasimon
d)
Taraqqiy etmagan
9.
Zuluklar tana segmentatsiyasi… a)
O’zgaruvchan
b)
Geteronom
c)
Ichki segmentatsiya tashqiga mos
d)
Doimiy
10.
Meditsina zulugini lotincha nomi? a)
Hirudo medicinalis
b)
Nereis pelagica
c)
Lumbricus terrestris
d)
Limnatis turcestanica
106
Test javoblarini yozing: 51-jadval S 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 J Uyga vazifa: “Tibbiyot zulugining ahamiyati” haqida mustaqil ish yozing
22 - Amaliy mashg’ulot. Mollyuskalar (Mollusca) tipi. Plastinka jabralilar
(Lamellibranchia) sinfi. Baqachanoqni tuzilishi.
Baqachanoqning sistematik o’rni
Tip: Mollyuskalar-Mollusca
Kenja tip: Chig’anoqlilar-Conchifera
Sinf. Plastinka jabralilar-Lamellibranchia, ya’ni ikkipallali mollyuskalar-Bivalvia
Turkum: Haqiqiy plastinka jabralilar-Eulamellibranchia
Vakil: Tishsiz yoki baqachanoq-
Anadonta sygnea Ilmiy maqsad: Mollyuskalar tipi vakillarining tuzilishi, hayot kechirishi,
yashash mihiti haqida o’quvchilarga ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: Mollyuskalarni tabiatdagi ahamiyati haqida ma’lumot
berish, orqali hayvonot dunyosini muhofaza qilish tushunchalarini singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad. O’quvchilarni darslik va qo’shimcha adabiyotlar
bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini oshirish.
52-jadval Jihozlar Tasviriy Natural Tarqatma materiallar Mollyuskalar tipining eng
muhim vakillari tuzilishi
tasvirlangan rangli rasmlar
1.
Baqachanoqning tashqi
va ichki tuzilishi aks etirilgan
jadvallar.
Mollyuskalar tipining
ho’l va quruq
kolleksiyalari
1. Baqachanoq
1.
Baqachanoqning
chig’anoqlari
2.
Tirik va spirtda fiksirlangan
baqachanoqlar
3.
Baqachanoq lichinkasi
gloxidiyning bo’yalgan tayyor
mikropreparatlari
4.
Mikroskoplar
5.
Qo’l lupalar
6.
Vannachalar
7.
Skalpel
8.
Vannachalar
9.
Suvli shisha idish
10.
Preparoval ninalar
11.
Qisqichlar
12.
Qaychilar
Jihozlar: Tirik va spirtda fiksirlangan baqachanoqlar, baqachanoqning
chig’anoqlari,
baqachanoq
lichinkasi
gloxidiyning
bo’yalgan
tayyor
mikropreparatlari, mikroskoplar, qo’l lupalari, vannachalar, qisqichlar, skalpellar,
107
qaychilar, preparoval ninalar, baqachanoqning tuzilishi va rivojlanish sikli aks
ettirilgan jadvallar.