Mashg’ulotni bajarish: Hasharotlar sinfi – Insecta 1. Qora suvarak va may qo‘ng‘izi misolida. Hashorotlarni tashqi tuzilishi
bilan tanishib chiqish va sxemasini chizish. Suvarak yoki may qo`ng‘izini yorib
ichki tuzilishi (ovqat hazm qilish, nafas olish, nerv, jinsiy sistemalarini o‘rganish
va rasmini chizish).
2. Parazit hashoratlardan qoramol teri osti bukasi qo‘y va otlarning bo‘shliq
so‘na (buka)larning rivojlanishini o‘rganish, rasmini chizish. Hashoratlar yoki olti
oyoqlilari sinfi bug‘im oyoqlilar tipining eng mukammal taraqqiy etgan va yashash
imkoniyati bo‘lgan barcha muxitlarni egallagan eng ko‘p (1mln. dan ortiq) turni
o‘z ichiga oladi. Hashoratlarning tanasi 3 – qism - bosh, ko‘krak va qorindan
iborat. Bosh bo‘limning bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan va yaxlit massani tashkil
qiladi. Ko‘krak va qorin qismining bo‘g‘imlari esa aniq ko‘rinib turadi. Ko‘krak 3
va qorin 4-11 segmentdan tashkil topgan. Bosh qismida 1 juft antennasi
(“muylovi”) og‘iz apparati oddiy va murakkab ko‘zlari joylashgan. Ko‘krak qismi
3 bo‘g‘imidan tashkil topgan, oldingi, o‘rta va keying ko‘krak bo‘g‘imlari deb
ataladi. Har bo‘g‘imda bir juftdan oyoq va ko‘pchiligida o‘rta va keyingi ko‘krak
bug‘imlarida 1 juftdan qanot buladi. Ko‘krak bo‘g‘imlarida joylashgan kuchli
muskullar qanotlarni harakatga keltiradi. Qorin qismi gavdaning oxirgi bo‘g‘imi
bo‘lib, bo‘g‘imlarining soni hayvonning sistematikada tutgan o‘rniga bog‘liq.
Tuban formalarda bo‘g‘inlar soni 11 bo‘lsa, yuqori taraqqiy etgan formalarida 4
qanotlilar va ikki qanotlilar turkumida bo‘g‘inlar soni 4 -5 ta bo‘ladi. Qorin
qismida oyoqlar bo‘lmaydi. Faqat ba’zi bir vakillarida oyoqlarini rudimentlari yoki
shakli o‘zgargan oyoqlar (serka, grifelka va boshqalar) ni ko‘rish mumkin. Suvarak
yoki may qo‘ng‘izi misolida hasharotlarni tashqi tuzilishini bilan tanishib chiqing.
Bosh qismi, ko‘krak va qorin qismini toping. Og‘iz apparati tuzilishini o‘rganing
va rasmini chizing. Tanasining uchchala qismida xam organlarini joylashishini
o‘rganing va rasmini chizing. Qanotlar va oyoqlarning tuzilishini o‘rganing. Ichi
yorilgan suvarak yoki qo‘ng‘izda ichki organlarning topografiyasi (joylashishini
o‘rganing) so‘lak bezlari, qizilo‘ngach, jig‘ildonni toping.