75
14 - Amaliy mashg’ulot.
To’garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi.
Nematodalar (Nematoda) sinfi. Vakillar: Odam askaridasi, cho’chqa askaridasi
yoki ot askaridasining tashqi, va ichki tuzilishi.
Yumoloq chuvalchlar yassi chuvalchanglardan o’zining yashash sharoitiga
xilma-xil moslashganligi bilan farq qiladi. Agar yassi chuvalchanglar tipiga
mansub turlar faqat
kishilar va hayvonlarda
parazitlik qilsa, yumoloq
chuvalchanglarga kiruvchi turlar ham kishilar, ham
hayvonlar shu bilan birga
o’simliklarda yashaydi.
Ular zamburug’larda, bir hujayrali suv o’tlarida va yuqori o’simliklarda
parazit holda yashaydi. Yumoloq chuvalchanglarda parenxima yo’qolib,tana devori
orasida bo’shliq hosil bo’lgan va u organlar orasi bilan birga suyuqlikka to’lgan.
Ularda ovqat hazm qilish sistemasi uch qismdan – oldingi, o’rta va keyingi
ichakdan iborat. Keyingi ichak tana oxirining qorin qismiga ochiladigan anus bilan
tugaydi. Ammo ularda bunday yuqori tuzilish belgilari yuzaga kelgan bo’lsa-da,
hali nafas olish va qon aylanish organlari rivojlanmagan. Ular ayrim jinsli.
Dostları ilə paylaş: