Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning
ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo’naltirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni
atamalar bilan
ishlashni o’rgatish.
41-jadval Jihozlar Tasviriy Natural Tarqatma materiallar Yumaloq chuvalchanglar sinfining
eng muhim vakillari tuzilishi
tasvirlangan rangli rasmlar.
1. Bo’rtma nematodasining tashqi
va ichki tuzilishi aks ettirilgan
rasmlar.
2. Bo’rtma nematodasi bilan
zararlangan o’simlik va uning ildizi
ko’ndalang kesimi tasvirlangan
rasmlar.
Yumaloq
chuvalchanglarning ho’l va
quruq kolleksiyalari.
Bo’rtma nematodasi
bilan zararlangan
o’simlik va uning ildizi
1.
Mikroskop
2.
Binokulyarlar
3. Lupalar
4. Pinsetlar
5. Petri kosachalari,
6. Skalpellar
7. To’g’nag’ich ignalar
8. Tayyor preparatlar
9. Tarqatma materiallar
Jihozlar: lupalar, binokulyarlar, pintsetlar, to’g’irlagich ignalar, skalpellar,
Petri kosachalari, ko’rgazmali qurollar, tayyor preparatlar, tarqatma materiallar.
Bo’rtma nematodasi bilan zararlangan o’simlik va uning ildizi.
Uslub: Yakka tartibda ishlash, klasterlash.
Mashg’ulotni bajarish: 1. Zararlangan o’simlik ildizidan 1-2 sm qilib kesilib, Petri kosasiga solinadi
va ustiga suv quyiladi. Bu kesmani binokulyar ostida kuzatilib undagi bo’rtmalar
tuzilishiga va ildiz po’stlog’ining ustida joylashgan tuxum xaltachalariga e’tibor
beriladi.
2. To’g’rilagich ignalar yordamida, chap qo’ldagi ignalar bilan ildiz bo’lagi
bosib turiladi va o’ng qo’ldagi igna bilan asta-sekin ildiz ustidagi tuxum
xaltachalari undan ajratiladi. Xalta ostida urg’ochi bo’rtma nematoda tanasinng
keyingi qismi oq donacha shaklida ko’rinib turganligiga e’tibor qaratiladi.
3. Urg’ochi bo’rtma nematodaning atrofidagi ildiz to’qimasini skalpel bilan
bo’yiga kesib, keyin pereproval igna bilan uni ikki bo’lakka ajratiladi. Natijada
uning hujayralari orasidagi limon shaklidagi urg’ochi nematodalari yoki II, III va
IV yoshdagi lichinkalari ko’riladi.
4. Petri kosasidagi tuxum xaltalarini skalpel yoki ninaning uchi bilan
maydalab undagi tuxum va ikkinchi yoshdagi lichinkalarning tuzilishiga e’tibor
beriladi.
5. Ba’zan tuxum xaltachalarining yoki bo’rtmalarining atrofida bo’rtma
nematodasinnig erkagini ham uchratish mumkin.