85
harakatlanmaydi. Erkaklari 1-3 mm lichinkalari esa 0,3-0,5 mm uzunlikda bo’lib,
chuvalchangsimon shakldadir. Odatda ildizning shikastlangan joyida har xil
kattalikdagi, ya’ni 1 mm dan 5-6 sm gacha bo’rtma hosil bo’ladi. Buning sababi,
ildiz to’qimasiga o’rnashib olgan parazit o’zining ovqat hazm qilish bezlaridan
fermentli suyuqlik – maxsus so’lak ajratib chiqaradi. Uning ta’sirida o’simlik
hujayralarining bo’linish jarayoni tezlashadi, hujayra qobig’i eriydi va ko’p yadroli
gigant hujayralar hosil bo’ladi. Bular odatdagi hujayralarga nisbatan 5-10
marta
katta bo’lishi mumkin.
Urg’ochi bo’rtma nematodalarining uzunligi odatda 1-2 mm, eni esa 0,3-1
mm gacha bo’ladi. Gavdasi aniq ikkiga ajratilgan bo’lib, oldingi ingichka qismi
bo’yin, keyingi yo’g’onlashgan qismi esa asosiy tana deyiladi. Bo’rtma
nematodasining tanasi kutikula deb ataladigan ancha tiniq teri qatlami bilan
qoplangan bo’lib u nematodalarni har xil noqulay sharoitdan saqlaydi.
Ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanuvchi halqum, o’rta
va keyingi ichakdan iborat. Og’iz teshigi tananing oldingi uchida joylashgan og’iz
bo’shlig’ining shpris ninasiga o’xshash naysimon organ – stilet joylashgan. Bu
stilet yordamida nematoda o’simlik to’qimasini teshib uning ichiga o’rnashib oladi.
O’simlik shirasini so’radi va shu yo’l bilan ovqatlanadi. Stiletning oldingi tomoni
juda tor, naysimon keyingi uchi esa piyozbosh shaklidagi
kengaygan halqumga
tutashgan. Bu piyozboshcha (bulbus) o’simlik hujayralaridan shirani nematoda
so’rib olayotgan paytida o’ziga xos nasos vazifasini bajaradi. Bulbusning keyingi
uchi ancha keng va uzun o’rta ichak bilan tutashgan bo’lib, u ichakda ovqat hazm
bo’ladi. Orqa ichak qisqa va ingichka bo’lib gavdaning eng keyingi uchida orqa
chiqaruv teshigi orqali tashqariga ochiladi.
Boshqa barcha nematodalar singari bo’rtma nematodalarining nerv va ayiruv
sistemalari bir muncha sodda tuzilgan. Nerv sistemasi alohida nerv hujayralari va
ulardan chiqqan nerv tolalaridan iborat. Ayiruv organlari
sistemasi teri ostida
joylashgan naysimon kanallardan iborat. Qon aylanish va nafas olish sistemalari
rivojlanmagan.
Jinsiy organlari sistemasi tana bo’shlig’ida joylashgan juft uzun
naychalardan iborat bo’lib, urg’ochisida tuxumdon, tuxum yo’li va bachadon deb
ataladigan qismlarga bo’linadi. Urg’ochi bo’rtma nematodasining
jinsiy teshigi
gavdasining keyingi qismida joylashgan. Erkaginig jinsiy organlar sistemasining
yo’li orqa ichak bilan birga orqa chiqaruv teshigi, kloakaga ochiladi. Kloaka ichida
bir juft qo’shiluv organi vazifasini bajaruvchi spikulalar joylashgan.
Yosh bo’rtma nematodalar voyaga yetgunga qadar 4 ta lichikalik davrini
o’taydi. Birinchi yoshdagi lichinka tuxum ichida rivojlanadi. Va shu yerda po’st
tashlab ikkkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Bu lichinka tuxum po’stini
yorib
tashqariga chiqadi va bir necha kundan keyin o’simlikni zararlay oladigan –
invazion davrga o’tadi. Keyin ular steleti yordamida ildiz po’stini teshib o’simlik
to’qimasiga kirib oladi. Shundan keyin lichinkalarning ildiz hujayralari shirasini
so’rib parazitlik hayot kechirish davri boshlanadi. Aktiv ovqatlanishi natijasida
parazit lichinkalarning bo’yi tobora o’sib, eni esa yo’g’onlashib boradi. Ular yana
86
ikki marta po’st tashlaydilar va ikkinchi hamda to’rtinchi
yoshdagi lichinkalik
davriga o’tadi. Ulardan erkak va urg’ochi nematodalar rivojlanadi.
Urg’ochi bo’rtma nematoda ildiz ichida harakatlanmaydi. O’troq hayot
kechirganligi sababli uning harakatlanuvchi muskullari rivojlanmagan. Tuxum
qo’yishdan oldin urg’ochi nematoda jinsiy teshigi
atrofiga bir oz yelimsimon
suyuqlik ishlab chiqaradi va unga tuxumlarini qo’yadi. Ana shu suyuqlik keyin
qotib tuxum xaltasini hosil qiladi. Tuxumdan chiqqan ikkinchi yoshdagi lichinkalar
tuxum xaltachasidan tashqariga chiqib yangi rivojlanayotgan ildizlarini yoki
yaqinroqdagi o’simliklarning ildizlarni zararlashi mumkin. Ildiz bo’rtma
nematodasi iqlim va tuproq sharoitiga qarab bir yil davomida 5-6 martagacha avlod
berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: