A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mashg’ulotni bajarish: 
1.Bug’doy nematodasining bo’rtmasi bo’ylamasiga kesilib, soat oynasidagi 
suvga solinadi. Bir necha soatdan so’ng suv bo’rtmadan chiqqan lichinkalar 
ta’sirida oqish tusga kiradi. 
2.Buyum oynasiga bir necha tirik lichinkalarni joylab ustiga qoplagich oyna 
yopiladi. Mikroskop ostida preparatni o’rganib, stiletining tuzilishiga e’tibor 
qaratiladi. 
3.Tayyor mikropreparatlardan foydalanilib, bug’doy nematodasinig erkagi 
va urg’ochisining morfologiyasi o’rganiladi. 
Mavzu haqida ma’lumot. 
Bug’doy nematodasi birinchi marta Angliyada 
1973- yilda Nidxem tomonidan topilgan. Lekin uni Shteynbux o’rganib ta’riflagan. 
Urg’ochi bug’doy nematodalari o’simlikning yer usti qismida xuddi boshqa 
anguinalarga o’xshab bo’rtma hosil qiladi. Bug’doy nematodasi bilan zararlangan 
o’simlik donalari (bug’doy donalari) bo’rtmalarga aylanadi. 
Fitonematodalar orasida bug’doy nematodasi boshqa nematodalarga nisbatan 
yirik hisoblanadi. Jinsiy yetilgan urg’ochisining uzunligi 5-6 mm, eni 0,1-0,3 mm. 
Stileti nisbatan qisqa, 9-12 mkm va uning asosida kichik bazal boshchalari bor. 
Tuxumdon yaxshi rivojlangan. 
Erkagi odatda urg’ochisidan kichkina, tana o’lchami 1,9-2,5 mm, eni 0.07-
0,09 mm dan oshmaydi. Stileti 8-10 mkm. Spikulalari 35-40 mkm. Ikkala jinsning 
dumi konussimon shaklda va uchi uchli.
Ikkinchi yoshdagi lichinkalar uzunligi 1 mm gacha yetadi. Ular bug’doy 
doni ichiga kirib, anabioz holatida bo’ladi. Lichinkalar yerga bo’rtmalarning ichida 
don bilan birga hosil yig’ilayotgan paytida yoki zararlangan yerlarda qolib ketagan 
o’simlik boshoqlaridan tushadi. Namlikdan bo’kib shishgan bo’rtmalardan chiqqan 
lichinkalar ildam harakatlanib yosh poyalarga singib ketadi. Ular o’simlik bo’ylab 
yuqoriga siljiydi va asosiy tanadan o’sib chiquvchi bargli shoxchalarga borib 
joylashadi, boshoq tugulgunga qadar o’sha yerda bo’ladi. So’ng u novda ichiga 
ko’chib, gullarning murtaklarini nobud qiladi va bo’rtmalar hosil bo’lishiga imkon 
yaratadi. Bu bo’rtmalar ichida lichinkalar voyaga yetib chuvalchangga aylanadi. 
Shu yerning o’zida qo’shilish va tuxum qo’yish amalga oshadi. 
Bir urg’ochi nematoda 2-2,5 mingtacha tuxum qo’yadi, bug’doy gullaydigan 
paytida bo’rtmalar to’la tayyor bo’lib, yaltiroq tus oladi va ular don etilishi bilan 
barobar yetiladilar. Rivojlanishning oxirgi davrlarida bo’rtmalar to’q jigarrang yoki 
qora rangda bo’ladi. Ular qattiq bo’lib pichoq yoki skalpel yordamida buziladi. 
Bo’rtmaning yetilish davrida asta-sekin tuxum, tuxumlardan avval brinchi 
yoshdagi lichinkalari, so’ngra esa ikkinchi yoshdagi lichinkalari rivojlanadi. Bu 
vaqtga kelib voyaga yetganlarining tanasi yemirilib ketadi va anabioz holatida o’n 
yilgacha hayotini saqlab qoladigan invazion lichinkalari qoladi. Qulay sharoit 
bo’lganida ulardan yana rivojlanish boshlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin