A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mavzu haqida ma’lumot. 
Tok shilliq qurti va dala shillig’i qorinoyoqlilar 
sinfining vakillari hisoblanadi. Gavdasi bosh, tana va yagona oyoqdan iborat. 
Boshida bir yoki ikki juft paypaslagichi va ko’zlari bo’ladi. Bu mollyuskalarning 
oyog’i qorin tomonida bo’ladi. Bu sinfga kiruvchilarda chig’anoq konus shaklida 
buralgan yoki spiral naycha deb ataladigan uzun naychadan iborat bo’ladi. 
Chig’anog’ining berk uchi tepasi, ochiq uchi esa og’zi deyiladi. Qorinoyoqlilarning 
chig’anoqlari uchta qatlamdan: konxiolin, prizmatik va sadaf qatlamlaridan iborat. 
Chuchuk suv shillig’i ko’pincha ko’lmak, hovuz, botqoqliklar, daryo va ko’llarda 
yashaydi. Uning tanasi spiral buralgan katta og’izli chig’anoq ichida joylashgan. 
Chig’anoqning balandligi 5-10 mm bo’lib, usti yashil- jigarrang. Tanasi mantiya 
bilan qoplangan va chig’anoq buramasiga mos holda spiral buralgan. 
Chig’anoq og’zi orqali bosh, oyoq va gavdasining oldingi qismini tashqariga 
chiqishi mumkin. Oyog’i yassi bo’lib, tanasining qorin qismini egallaydi. Oyoq 
muskullarining to’lqinsimon qisqarishi natijasida shilliq sekin sirpanib 
harakatlanadi. Boshining ostki tomonida og’zi, boshning ikki yonida ikkita 
paypaslagichlari joylashgan. Agar paypaslagichlarga ta’sir etilsa, mollyuska 
boshini va oyog’ini chig’anog’i ichiga tortib oladi. Paypaslagichlarining asosida 
bittadan ko’zi bor. Suv shillig’i o’simliklar bilan oziqlanadi. Og’zi halqumga 
ochiladi. Halqumida muskulli tili joylashgan. Tilining usti juda ko’p mayda 
tishchalar bilan qoplangan. Bunday qirg’ichli til yordamida suv shillig’i o’simlik 
to’qimalari yoki mayda organizmlarni qirib oladi. Oziq halqum va qizilo’ngach 
orqali oshqozonga tushib hazm bo’la boshlaydi. Hazm bo’lish jarayoni hazm qilish 
bezi jigarda davom etadi va ichakda tugallanadi. Oziqning hazm bo’lmagan 
qismini orqa chiqaruv teshigi orqali tashqariga chiqaradi. Suv shillig’i o’pka orqali 
nafas oladi. Buning uchun shilliq suv yuzasiga ko’tariladi va chig’anoq chetida 
joylashgan katta yumaloq nafas olish teshigini ochadi. Havo shu teshik orqali 
mantiya bo’shlig’idan hosil bo’lgan o’pka xaltasiga o’tadi. O’pka devorida juda 
ko’p qon tomirlari bo’ladi. Bu tomirlardagi qonga kislorod o’tib, qondan karbonat 
angidrid ajraladi. Yuragi ikki kamerali bo’lib, yurak oldi bo’lmasi va yurak 
qorinchasidan iborat. Yurak devori muskullari qisqarishi natijasida qon yurak 
qorinchasidan tomirlarga haydaladi. Yirik qon tomirlari mayda kapillarlarga o’tib, 
ulardan qon organlar orasidagi bo’shliqqa borib quyiladi. Shuning uchun qon 
aylanish sistemasi ochiq deyiladi. Tana bo’shlig’idan qon tomirlarga o’tib, o’pkaga 
boradi va kislorodga to’yinadi; so’ngra yurak oldi bo’lmasiga, undan yurak 
qorinchasiga o’tadi. Suv shillig’ining qoni rangsiz bo’ladi. Ayirish sistemasi 
metanefridiy tipidagi yagona buyrakdan iborat. Buyrakdan oqib o’tuvchi qon 
zararli moddalardan tozalanadi. Bu moddalar orqa chiqaruv teshigi yonida 
joylashgan teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nerv sistemasi nerv 
tugunlaridan iborat. Dala shilig’ida jinsiy bez toq bo’lib, uni germafrodit bez deb 
aytiladi. Bu bez bir vaqtda ham tuxum, ham spermatazoid hosil qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin