A. K. Xusanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Mavzu haqida ma’lumot. 
Karakatitsaning tashqi tuzilishi.
 
Boshoyoqli 
mollyuskalarning tanasi ikkita bo’limga bo’linadi - bosh va tana, ular bo’yin orqali 
bog’langan. Mollyuskaning bosh qismi to’rtburchak shaklda bo’lib, besh juft 
paypaslagichlari mavjud, ular qo’llar ham deyiladi, og’iz teshigi atrofida 
joylashgan. Paypaslagichlaming to’rt jufti qisqaroq, muskuli yaxshi rivojlangan. 


116 
Paypaslagichlar barcha qismi uzunasiga disk shaklidagi ko’p sonli so’rg’ichlar 
bilan qoplangan. Bu so’rg’ichlar yordamida mollyuskalar substratga yopishadi. 
Paypaslagichlaming oldingi (birinchi) juftlari mollyuska tanasining orqa tomonida, 
to’rtinchi qorin tomonida joylashgan. Beshinchi juft paypaslagichlar tutuvchi 
qo’llar deyiladi, ular boshqa paypaslagichlarga nisbatan uzun, o’ljasini tutishda 
ahamiyati bor. Paypaslagichlar asosidagi maydoncha markazida og’iz teshigi 
joylashgan. Boshining yon tomonida juft yirik murakkab ko’zlari joylashgan, 
uning orqa tomonida kichik sezgi chuqurchalari bor. Boshoyoqli mollyuskalar 
tanasining keyingi qismi oval shaklda. Tananing orqa qismi oldingi tomonga 
kichik bo’rtik hosil qiladi, u boshning orqa qismini yopib turadi. Tananing orqa va 
ikki yon tomoni bo’ylab suzgichlari - muskulli teri burmalari bor. Boshning 
asosida mantiya bo’shlig’ining chiqarish teshigi joylashgan. Boshoyoqli 
mollyuskalaming chig’anog’i kuchli reduksiyaga uchragan, uning qoldig’i oval 
shakldagi ohak plastinkadan iborat bo’lib, tananing orqa tomonida teri ostida 
joylashgan. Bu plastinka tananing orqa tomoniga qattiqlik berib turadi.
  
Mantiya bo’shlig’i va mantiya a’zolari kompleksi. 
Karakatitsaning tanasi 
mantiya bilan o’ralgan bo’lib, qorin tomonda mantiya bo’shlig’ini hosil qiladi. 
Mantiya bo’shlig’ida mantiya a’zolari joylashgan. Mollyuskaning bosh va gavda 
oralig’i chegarasining qomi tomonda mantiya bo’shlig’i ingichka yo’li joylashgan, 
bu yo’l orqali mantiya bo’shlig’i tashqi muhit bilan bog’lanadi. Mantiya 
bo’shlig’ining oldingi markaziy qismida voronka deb ataluvchi organ joylashgan. 
Voronkaning ingichka old qismi teshik orqali tashqi muhitga ochiladi. Orqa 
tomondagi ikkinchi teshik mantiya bo’shlig’iga ochiladi. Voronkaning kengaygan 
orqa tomoni yon qismida juft yarim oysimon shaklda chuqurlik mavjud.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin