Ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari - bu unga tushadigan taJnblarni amalga oshiradigan tizimdir. Ommaviy xizmat ko'rsatish tizimlarida talablarni amalga oshirish xizmat ko‘rsatish qurimlalar bilan bajariladi. Klassik ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari birdan cheksizgacha qurilmalami o‘z iehiga oladi. Ishlab chiqarishni boshqarish, axborot, tarmoqlar transport tizimlari optimallashtirish masalalarini hal etishda ko‘pincha bir qiitor o‘xshash muammolar paydo boTadi: . aloqa kanallar, avtomobil va temir yoTlarinmg sig‘imligini baholash va boshqalar; . korxonalar, kompyuter tarmoqlari ishiashining samaradorligiri baholash; . aloqa kanallari va transport aloqa yoTlarini (marshrutlari) sonini aniqlash va boshqalar. Barcha bu masalalaming o’xshashligi ularda ommaviy xizmat ko‘rsatishga talab mavjudligidan iborat. Bu talabni qoudirishda ommaviy xizmat ko'rsatish tizimini tashkil qiluvchi aniq bir elementlar majmui ishtrok etadi (3.1.-rasm).
Ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimi elementlari quyidagilarda iborat: •xizmat ko‘rsatishga talablar (so‘rovlar) kirish (kiruvchi) oqimi; •xizmat ko‘rsatish qurilmalari (kanallari);
bo‘sh kamllar navbati (ko‘p kanalli ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimilari uchun ).
Kirish oqimi - bu xizmat ko‘rsatish talablar majmui. Ko‘pincha talab uni tashuvchisi bilan belgilanadi. Masalan, birlashmaning ustaxonasiga keladigan buzilgan radioapparaturalar oqimi bu ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimida xizmat koTsatishga talablar oqimidan iborat. Odatda amal rekurrent oqimlar deb nomlanuvchi, quyidagi xususiyatlarga ega oqimlar bilan shug‘ullanadilar: •statsionarlik (turg‘unlik);
ordinarlik (oddiylik);
amaldan so‘ng cheklanganligi.
Amaldan so‘ng cheklanganligi oqibatiga kelganda, bu tizimga tushayotgan talablar (so‘rovlar) orasidagi intervallar ixtiyoriy tasodifiy o‘zgaruvchi miqdordir. Rekurrent oqimlar ko‘p uchraydi. Har bir interval taqsimlanish qonuni o‘zining rekurrent oqimini hosil qiladi. Rekurrent oqimlari boshqacha qilib Palma oqimlari deyiladi. Sodda statsionar oqim - bu Puasson oqimi bo‘lib, unda so‘rovlar orasidadagi tasodifiy intervallar eksponemial taqsimlangan.