A. M. Polatov kompyuter vositasida modellashtirish asoslari



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə3/56
tarix24.08.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#140351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Kompyuter vositasida modellashtirish asoslari A M Polatov O\'quv

M

Btadqiq qilish uslublari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar yoritilgan. Matematik modellashtirishning asosiy bosqichlari, matematik modellarning adekvatligi, jarayonlari modellashtirishda tabiatning saqlanish qonunlaridan va boshqa usullaridan foydalanish. Mexanikaga oid murakkab jarayonlarni tadqiq qilishda matematik modellashtirishdan foydalanish. Shu bilan birga chekli elementlar usuli asoslari, diskret (chekli elementli) modellar qurish, uning asosida modellashtirish, murakkab tizimlami modellashtirish, konseptual modellashtirish, modellashtirish tizimlarini tashkil qilish va qurish texnologiyalari, imitatsiyali modellashtirish, ommaviy xizmat to‘rlari va tizimlari hisoblash mashinalari va diskret qurilmalami modellashtirish usullari, uzluksiz tizimlami modellashtirish usullari, geometrik modellashtirish, hamda iqtisod, biologiya va ekologiya sohalaridagi masalalar tahlil qilangan.

  1. KOMPYUTERDA MODELLASHTIRISH ASOSLARI

    1. Modellashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar

Modellashtirish jarayon va hodisalarni anglashning asosiy usullaridan biri hisoblanib, reallikni akslantirish shaklidir va real obyektlar, predmetlar va hodisalarni boshqa obyektlar, jarayonlar, hodisalar yoki tasvir, reja, xarita, tenglamalar majmuasi, algoritmlar va dasturlar majmui ko‘rinishlaridagi abstrakt tavsifi yordamida aniqlash yoki real obyektlarning ba’zi bir boshqa hususiyatiarini tasvirlashdan iborat.
Model lotincha “modulus” so‘zidan olingan bo‘lib, oMchov va namuna ma’nosini bildiradi. Model bu real obyekt ustida tadqiqot va tajriba olib borish uchun qulay va arzon bo‘lgan boshqa bir real yoki abstrakt obyektdir. Model real obyektning asosiy hususiyatlarmi o‘zida mujassam etgan soddalashtirilgan ko‘rinishidir.
Turli sohalarda model tushunchasining o'ziga xos ta'rifi mavjud, bularning ba’zi birlarini misol sifatida keltirish mumkin.
Model (iml va fanda) - real mavjud boigan obyekt yoki tizimnmg faqat eng muhim hususiyatlari o‘z ichiga olgan soddalashtirilgan obyekt bo‘lib, va oldindan ularni o‘rganish uchun tayinlangan. Model real obyekt va/yoki unda o‘tayotgan jarayonlaming soddalashgan ko‘rinishidir.
Model (informatikada) - bu tizim bo‘lib, uni tadqiq qilish natijasida boshqa bir tizim to‘g‘risida ma’lumot olish uchun ishlatiladi:

  • berilganlar modeli: relyatsion, iyerarxik,

  • tarmoq - ma’lumotlar bilan ishlash nazariy konsepsiyadir;

  • axborot modeli - konkret predmet soxalar yoki obyekt ma’lumotlar modeli;

  • konseptual model (predmet soha yoki obyektning);

  • tarmoq modellari - tarmoq protokollarining o‘zaro bog‘lanishi;

  • fizik model -material obyekt yoki fizik xodisalarning ma’lum bir xususiyatlarini taqlid (imitatsiya) qilish uchun ishlatiladigan texnik qurilma.

Model (sanoatda) - ketma-ket ishlab chiqariladigan bir xildagi qandaydir buyumlar turkumi majmui (model qatori).

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin