ma’mumotlar majmui hamda vaqt bo‘yicha o‘zgarish dinamik; >ini amalga oshirishini o‘z ichiga oladi. Eksperiment -bu nazoratchi tomonidan boshqariladigan biror bir hodisani tadqiq qilish ilmiy usulidir. Eksperiment kuzatishdan tadqiq qilinadigan obyekt bilan faol mimosibatda bo‘lishi bilan farq qiladi. Odatda eksperiment gipotezalami tekshirish va hodisalar orasidagi bog‘liklanii o‘matish uchun ilmiy tadqiqotlar doirasida o‘tkaziladi. Eksperiment bu ilmga emperik yondashuvning hal qiluvchi elementi hisoblanadi. Eksperiment hususiyatlari: . tadqikotchi o‘rganiladigan hodisa yuz berishini kutmasdan, uni o‘zi hosil qiladi; . o‘rganiladigan hodisaning o‘tish jarayoni shartlarini o‘zgartirishi mumkin; . muqobil tabiyi bog‘lanishlami (qonuniyatlami) o‘matish uchun eksperimentda ma’lum shartlami istisno qilish mumkin; . eksperiment shartlar miqdoriy nisbatlarini o‘zgartirishga imkon beradi va shu asosda berilganlami matematik qayta ishlashni amalga oshirish imkonini yaratadi. Kompyuter vositasida eksperiment- bu tadqiqot obyektining matematik modeli asosida kompyuter vositasida bajariladigan eksperimentdir. Unda matematik model bilan tasvirlangan obyekt hususiyatlari haqida hulosa qilish va ba’zi bir parametrlar bo‘yicha uning boshqa parametrlarini hisoblashdan iborat. Eksperiment ning bu turini faqat shartli ravishda eksperiment deb nomlash mumkin, chunki u hodisaning tabiyatini aks ettirmaydi va faqat inson tomonidan yaratilgan matematik modelni sonli amalga oshiradi. Albatta, matematik model korrekt bo‘lmaganda, uning sonli yechimi jismoniy eksperiment natijalaridan farq qiladi.