Kompyuter vositasida modellashtirish asoslari A M Polatov O\'quv
89 maoshlarini oshirishga mtilmasliklari hamda invesl >rlami qmunatli kog‘ozlardan va boshqalardan tushayotgan fo darni qanoatlantirishi. Yuqorida ko‘rsatilgan farazlarga javob beruvchi modellar ideal bozor iqtisodiyotining vaqt bo£yicha «qotib qolgan» (sovub qolgan) hollarini ifodalaydi. Ammo, bu modellar bozor «xaos»idan shakllanuvchi iqtisodiy muvozanatni mavjudlik imkoniyati haqidagi savolga javob beradi va bundan tashqari iqtisodiy tizimning asosiy makroko ‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘laydi. Ushbu modellardan bittasi - Keyns modelidir. Ushbu modelda ishga yollovchilar va yollanuvchilar, iste’molchilar va jamg’aruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va ishchi kuchi bozorida harakat qiluvchi investorlar, mahsulotlar va pul, ya’ni bu tovar (mehnat, mahsulot, pul) larni o‘zaro taqsimlovchilar va almashuvchilar agentlar sifatida qaraladi. Milliy daromad Y tizimning birinchi makroko‘rsatkichi bo‘lib, vaqt birligi ichida ishlab chiqariladigan yagona mahsulotdir. Ushbu mahsulot iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektorida ishlab chiqariladi, uning miqdori F funksiya orqali ifodalanadi. F funksiya resurs (vosita) larni miqdori va sifatiga, asosiy fondlar tarkibiga va band bo‘lgan ishchilar soni R (ikkinchi makroko‘rsatkich) bilan bog‘lik. Ikkinchi farazga asosan iqtisodiy muvozanat holatida ishlab chiqarish fimksiyasi R va Y faqatgina bandlik orqali aniqlanadi, Ya’ni