3. Lokal (mahalliy) ekologik muammolar muayyan olingan xududlardagi muammolar
hisoblanadi. M: yirik xududiy ishlab chiqarish majmuasidagi, agrosanoat majmuasidagi
muammolarni olish mumkin.
O`rta Osiyo mintaqasining iqlimiy geografik xususiyatlari inson, jamiyat va tabiat o’zaro
munosabatlari jarayoniga, ekosistemalar shakllanishi va rivojlanishiga jiddiy ta`sir ko’rsatadi.
O`rta Osiyo misolida keng miqyosli va mintaqaviy ijtimoiy ekologik muammolarning o`zaro
bog’liqligi va bir-birini keltirib chiqarishini kuzatish mumkin. Keng miqyosda biosferadagi
muvozanat boy berilishi xavfi yuzaga kelmoqdaki, bu ijtimoiy ekosistemalarning taraqqiyotiga
salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Bu mintaqada tabiiy muxitning asosiy buzilishlari xo’jalik faoliyati, ishlab chiqaruvchi
kuchlarni ekstensiv rivojlantirish bilan bog’liq. Biosferaning ulkan ekologik rezervlari, uning
yangi, inson o`zgartirgan sharaoitlarda evolyutsiya qilish imkoniyatlari cheksiz bo`lishiga
qaramay ko`pgina antropogen ta`sirlar hoziroq ancha salbiy oqibatlar tug’dirdiki, mintaqaning
biotsenozlari bu oqibatlarni amalda bartaraf qila olmaydi. Yoki buning uchun juda uzoq muddat
talab etiladi.
Respublikada keskin bo`lib turgan ekologik va tabiatni muxofaza qilishgi oid
muammolar quyidagilardir:
-
yirik hududiy-sanoat ishlab chiqarish majmualari joylashgan rayonlarda tabiatni muxofaza
qilish muammolari;
-
Orol va Orolbo`yi muammolari, suv resurslarini muxofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanish;
-
agrosanoat tarmoqlaridagi sanoat chiqindilari pestitsidlar va mineral o`g’itlar bilan
ifloslanish muammolari va boshqalar.
SHu o`rinda, biz quyida amaliyotda qo`llanilayotgan ba`zi ekologik, tabiatdan foydalanish
va tabiatni muhofaza qilishlarga oid atama, tushunchalarga izoh berib o`tishni maqsadga
muvofiq deb topdik:
Tabiat - butun borliq xilma-xil shakl va ko`rinishdagi Olam va Olamning moddiy,
energetik va axborot dunyosi. Tabiat - kishilarning moddiy va ma`naviy talablarini qondirish
manbasi. Tabiat insoniyatni yashashi uchun, uni o`rab turgan bevosita va bilvosita ta`sir
ko`rsatadigan tabiiy sharoit. Tabiat - cho`l, adir, tog’, yaylov, o`rmon, dala, tevarak-atrof va shu
kabilarni tabiiy sharoiti, manzarasi. Tabiat - tabiiyot fanlarini (fizika, astronomiya, mexanika,
kimyo, biologiya, geografiya, geologiya va boshqalar) o`rganadigan ob`yekti. Tabiat - biror
narsaning xususiyatlari va o`ziga xos belgilari. Tabiat insonni fe`li, xulq-atvori, kayfiyati, ruhiy
holati, didi va farosati; xatto yaratuvchi, ilohiy kuch hisoblanadi.