bilan yaratiladigan sun`iy narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan,
degan xulosaga keladi. Inson omilining ta`siri katta ekanligini, tabiiy va sun`iy
tanlash hamda
tabiatga ko`rsatiladigan boshqa ta`sirlarni atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan,
narsa va hodisalarning o`zaro ta`siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim erdagi ba`zi hodisalarni
quyoshning ta`siri bilan izohlaydi. Uningcha, inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni
ilmiy ravishda to`g’ri o`rgana oladi. Beruniy ba`zi tabiiy-ilmiy masalalarda tabiat hayotidagi
dialektikani topishga harakat qiladi va shu zaylda, umumiy shaklda bo`lsa ham, keyingi
davrlardagi tabiatshunos olimlarga ba`zi muhim ilmiy yutuqlarga erishish uchun yo`l ko`rsatib
beradi. Masalan, Beruniy aytadiki, erdagi o`simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur
imkoniyatlar cheklidir. Lekin o`simlik va hayvonlar cheksiz ko`payishga intiladi va shu
maqsadda kurashadi. Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: «Ekin
va nasl qoldirish bilan dunyo to`lib boraveradi». Garchi dunyo cheklangan bo`lsa-da, kunlar
o`tishi bilan bu ikki o`sish natijasida ko`payish cheklanmaydi. Agarda o`simliklardan yoki
jonivorlardan biror xilining o`sishiga sharoit bo`lmay, o`sishdan to`xtasa ham boshqalarida bu
ahvol bo`lmaydi. Ular birdaniga paydo bo`lib, birdaniga yo`qolib ketmaydi. Balki ularning biri
yo`qolsa ham, u o`z o`xshashini qoldirib ketadi.
Agar er yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda
hayvonning ko`payishiga ham, daraxtning o`sishiga ham o`rin qolmaydi. shu sababdan
dehqonlar ekinlarni o`toq qilib, keraksizini yulib tashlaydi. Bog’bon ham daraxtlarning meva
beradigan shoxlarini qoldirib, keraksizini kesib tashlaydi. Asalarilar ham o`z jinsidan bo`la turib,
ishlamay, asalni bekorga eb yotadiganlarini o`ldirib tashlaydi. Tabiat ham xuddi shunday ish
qiladi. Lekin tabiat yaxshini yomondan ayirmasdan, hammasiga bir xil ta`sir kilish yo`li bilan
daraxt barglarini to`kib,
mevasini buzib, meva qilishdan qoldirib quritadi.
Beruniy asarlarida o`simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi
va xo`jalikdagi ahamiyati haqida ma`lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari
asosan «Saydana», «Mineralogiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida
uchratiladi. Beruniy «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida eronning turli tropik
o`simlik va hayvonot dunyosini bayon etgan. Ushbu asarda o`simlik va hayvonlarning tashqi
muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil fasllarining o`zgarishi bilan bog’liq ravishda
o`zgarishi misollar bilan tushuntirilgan. Jumladan, asarda qish qattiq, sovuq kelsa, qushlarning
tog’dan tekisliklarga tushishi, chumolilarning uyasiga bekinib olishi va hokazolar ifoda etiladi.
Beruniy Er qiyofasining o`zgarishi o`simlik va hayvonot dunyosining o`zgarishiga, tirik
organizmlarning turli hayoti Er tarixi bilan bog’liq bo`lishi kerak deb hisoblaydi. Qumni kovlab,
uning orasidan chig’anoqni topish mumkin, deydi alloma. Buning sababi shuki, bu qumlar
qachonlardir okean tubi bo`lgan, deb xulosa qiladi u.
Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750
tasi turli o`simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Har bir
o`simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
Beruniy yoshlik davrlaridan boshlaboq tabiat shaydosi bo`lgan. Buning isboti uchun «Saydana»
kitobidagi ma`lumotni keltirish mumkin. Jumladan, Beruniy Rumdan kelgan kishiga
o`simlikning meva va urug’larini ko`rsatib, uning nomini so`ragan
va yozib olganligini hikoya
qiladi. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» degan
"asarlarida o`simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o`zaro aloqasi
haqida ham qiziqarli ma`lumotlar keltiriladi. Beruniy o`zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari,
tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma`lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan
xulosaga keladi. Ularni tashqaridan ta`sir etuvchi har qanday kuch o`zgartish qobiliyatyga ega
emas.
Abu Ali ibn Sino (980—1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo`shgan olimlardan
biridir. Yirik entsiklopedist olim sifatida u o`z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan
shug’ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha
esa uning 240 ta asari etib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shoh asari tibbiyot
ilmining qomusi bo`lib, o`rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho`qqisi hisoblanadi. Ibn
Sinoning juda ko`p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog’lig’ini saqlash haqidagi, parhez,
gigiena to`g’risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan. U barcha
yoshdagi, kishilar uchun jismoniy mashg’ulotlarni tavsiya etgan. Asab kasalligiga mubtalo
bo`lganlarga jismoniy usul-lar bilan davolanishni maslahat beradi. Ibn Sino tibbiyot tarixida
fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta`siri muhimligini
bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya`ni u
kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi. «Kasalliklarning ba`zilari
yuqumli
bo`ladilar. Bular moxov, qo`tir, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi kasalliklardir.
Xususan, bular odamlarning turar erlari tor bo`lganda hosil bo`ladi va kasal kishining qo`shnilari
shamolning tagida bo`lganda yuz beradi».
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari
«Kitob ash-shifo», ya`ni «Davolash kitobi»da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt,
shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek matematika, kimyo, botanika,
zoologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan. Ibn Sino
o`rta asrlarda ilm barcha sohalarining rivojlanishida turli masalalarni o`z ichiga oluvchi tabiat
falsafasiga katta e`tibor beradi. Ayniqsa, tabobat va uning bilan bog’liq holda anatomiya,
psixologiya, farmakologiya, terapiya, jarrohlik, diagnostika, gigiena kabi ilmlar ibn Sino ijodida
bir qancha yangi kashfiyotlar bilan boyidi va yuqori bosqichga ko`tarildi. Ibn Sinoning
tog’larning vujudga kelishi, Er yuzining davrlar o`tishi bilan o`zgarib borishi, zilzila-ning
bo`lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta`sir
qildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) ning nomi aytilganda ba`zilar uni shoir deb
biladi. Uning g’azallari juda jozibador, har kimga manzur. Ammo Bobur faqat shoirgina
bo`lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi va mashshoq, ovchi va bog’bon, sayyoh va
tabiatshunos ham bo`lgan. Bobur asarlari bamisoli tagi yo`q bir xazinadir. «Boburnoma»
Boburning eng yirik asaridir. Asarda Boburning ko`rgan
kechirganlari, yurgan joylarining
tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o`simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir
kasb egasi bu kitobdan o`ziga keragicha ma`lumot topadi. Asar muhim atamalar va toponimik
manbalarga boy. Unda er, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so`zlari ko`plab
topiladi. .«Boburnomani o`qigan va o`rgangan har bir kishi uni tabiat va geografiyani yaxshi
bilgan o`lkashunos va olim yozgan degan xulosaga keladi. Bobur o`lkani bilgan kishilarni
hurmat qilgan, ularning qadriga etgan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. «Biron safarga
chiqishdan oldin er, suv bilur kishilarni chorlab, atrof va tomonlar surishtirilar edi». Bobur har
bir hududni ma`lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o`rni, so`ngra qaysi
iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh joylari, o`simliklari, qazilmalari, xayvonoti va aholisi
beriladi. Bobur tabiatdagi ba`zi hodisalarni tasvirlaganda ularni mutlaqo mo``jizalarga
bog’lamaydi. U ko`zi bilan ko`rgan har bir mamlakatning qaysi iqlimga mansubligini yozadi.
Bobur iqlim va meterologiya hodisalari bilan qiziqqan.
«Boburnoma»da muallif O`rta Osiyo, Afg’oniston va Hindiston
davlatlari qishloq
xo`jaligining rivojlanishi haqida ma`lumotlar keltirgan. Asarda O`rta Osiyoda qadim vaqtlardan
buyon qovun, bug’doy, o`rik, olma, behi, anor, shaftoli, olcha, yong’oq, nok va tutlarning bir
necha navlari borligi ta`kidlanadi. SHuningdek, Bobur O`rta Osiyo va Hindistonda chorvachilik
va hunarmandchilikning rivojlanishiga katta e`tibor bergan. «Boburnoma»da Afg’oniston
xalqining asalarichilik bilan qadimdan shug’ullangani va savdo qilishiga to`xtalgan. Bobur
bo`lgan joylarining tabiati va o`ziga xos xususiyatlarini jonajon vatani Andijon bilan
taqqoslaydi. U ayniqsa gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko`paytirishga va ularning
tarqalishiga e`tibor bergan. Bobur ovga juda ham qiziqar edi, shuning uchun u O`rta Osiyo,
Afg’oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonlarni batafsil bayon etgan. Allomaning fikricha,
o`sha davrlarda Farg’ona vodiysida antiloplar, tog’ qo`ylari va yirik yirtqich qushlar,
Samarqandda esa jayronlar, Buxoro antilopi, tog’ echkilari, kakliklar va boshqa hayvonlar ko`p
bo`lgan. U Hindiston hayvonlaridan fil, karkidan, antiloplarning bir necha turlari, maymunlarini