2-BOB. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI ZARARKUNANDALARINING ENTOMOFAGLARI VA AKARIFAGLARI HAQIDA MA’LOMOTLAR. 2.1 O’simliklarni zararkunandalardan himoya qilish sohasining vujudga kelishi bu sohaning O’zbekistonda rivojlanishi. O‘simliklami zararkunandalardan himoya qilishda biologik obyektlardan foydalanishga oid dastlabki ma‘lumotlar eramizning boshlariga to‘g‘ri kcladi.
Biologik usul bu tekinxo‘r (parazit) va yirtqich hasharotlardan, kasallik sababchisi bo‘lgan mikroorganizmlardan foydalanib, hasharotlarning zararli turlarini yo‘qotish, kamaytirish yoki ko‘payishining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan arzon va qulay. Qolaversa, atrof-muhitni ifloslamirmaydi va foydali hasharotlami zaharlamaydi.
O'rta Osiyodagi olma quniga qarshi kurash olib borish maqsadida l.V.Vasilyev va A.F. Rodetskiylar Astraxandan tuxumxo‘r trixogrammasini keltirishgan va ilk bora Toshkem va Samarqanddagi mevali bog‘larda sinab ko‘rishgan.
O‘simliklami biologik usulda himoya qilish uchun O‘zbekistonda biologik usuldagi Iaboratoriya ochilgandan so‘ng afelinus, rodoliya kriptolemus kabi qator samarador entomofaglami boshqa mamla~ katlardan keltirish va kuzgi g‘o‘za tunlami (trixogramma, brakon), o‘simlik bitlari (shira), o‘rgimchakkana (f'lloseyulus), oqqanot (enkarziya), Kolorado qo‘ng‘iziga (perillus, podizus) qarshi har xil mikrobiologik preparatlar yaratish uchun shtammlar izlab topish va ulardan foydalanish borasida ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xususan. V.A. Shepetilnikova, N.A. Meyer va keyinchalik X.K. Mirzaliyeva, Z.K. Odilov. S.N. Alimuhamedov, A. Hamroyev. B.P. Adashkevich, X.X. Kimsanboyev. B.A. Sulaymanovlar biousulni rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. Olmaning ashaddiy zararkunandasi qon biti tekinxo‘ri afclinus l926-yilda ltaliyadan keltirib iqlimlashIin'lishi natijasida olma qon biti keskin kamaygan. Shuningdek, yirtqich xonqizi rodoliya Avstraliyadan keltirib iqlimlashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining bahor-yoz-kuzgi yuqori haroratli tabiiy-iqlim sharoiti bilan amalda yil bo‘yi ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari mahsulotlarini yetishtirilishini ta’minlaydi. Ammo yozgi-kuzgi davrda oziq-ovqat ekinlari – boshoqli, sabzavot-poliz, bog‘, mevali hamda texnik ekinlari – g‘o‘za, kanop va boshqalarga zararli bo‘g‘imoyoqlilar yetkazadigan talafot ancha sezilarli bo‘ladi. Dastavval respublikadazararkunandalarga qarshi kurash kimyoviy usulda amalga oshirilgan. Ammo zaharli ximikatlarni, yuqori toksik moddali birikmalarni keng qo‘llash atrof-muhitga tuzatib bo‘lmaydigan darajada talafot yetkazdi, suv havzalari ifloslanishi, foydali bo‘g‘imoyoqlilar va boshqa jonivorlar sonikeskin kamayishi, qishloqlarda ekologik vaziyat keskinlashuvi va aholi orasida kasalliklar o‘sishiga olib keldi (Habibullayev, 1996; Azimov, Hamrayev, Abdunazarov, 1998). Yuzaga kelgan ahvolni hisobga olgan holda ilmiy muassasalar oldiga atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lgan va o‘simliklar uyg‘unlashtirilgan himoyasining asosi hisoblangan biologik usulning ilmiy asoslarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga keng joriy qilish masalasini tezlashtirish maqsad qilib qo‘yildi. 1974-yili Toshkent qishloq xo‘jalik institutida (hozirgi Toshkent Davlat agrar universiteti) sobiq ittifoqda birinchi va yagona hisoblangan o‘simliklar biologik himoyasi kafedrasi tashkil qilinishi nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa respublikalarda ham biologik himoya usuli rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Respublikamizda qisqa muddat ichida biologik himoya usuli yechimlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga keng joriy qilish sohasida ma’lum yutuqlarga erishildi. Jumladan, dastlab (1971 y.) bu usul 2,6 ming ga maydonda joriy qilingan bo‘lsa, 1985-yili – 1416,1 ming, 1986 y. – 4503 ming, 1987 y. – 5227 ming, 1993 y. – 5900 ming ga, 2000 y. 7600 ming gektarni tashkil qilgan va2008-yilga kelib, uni qo‘llash hajmi 14 mln. gektardan oshib ketdi. Shunga mos ravishda biolaboratoriya va biofabrikalar soni ham keskin o‘sdi. 1972-yili ular soni 18 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1987 y. -730, 1995 y. – 769, 2000-yilda 790, 2008-yilga kelib esa 900 ga yaqin biolaboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikada entomo-akarifaglar turlar tarkibini, ularning bioekologik xususiyatlari, muhofazasi, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashdagi samaradorligini oshirish kabi ilmiy tadqiqot ishlariga katta e’tibor berildi. Mustaqillik yillarida o‘zbek va xorij olimlariva mutaxassislarining o‘simliklarni biologik himoyalash sohasidagi ilmiy-amaliy aloqalari sezilarli darajada kengaydi.