A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


-BOB. O’SIMLIK HAYOTIDA BIOTSENOZDAGI ORGANIZMLAR ORASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR O’RNI



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/12
tarix08.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#126885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Usanov A

1-BOB. O’SIMLIK HAYOTIDA BIOTSENOZDAGI ORGANIZMLAR ORASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR O’RNI.
1.1 Organizmlarning biosenotik zanjirda bir-biriga bog‘liqligi va o‘zaro simbioz munosabatlar.

    1. Organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro yiritqichlik munosabatlar

    2. Organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro parazitizim munosabatlar

2-BOB. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI ZARARKUNANDALARINING ENTOMOFAGLARI VA AKARIFAGLARI HAQIDA MA’LOMOTLAR.
2.1 O’simliklarni zararkunandalardan himoya qilish sohasining vujudga kelishi bu sohaning O’zbekistonda rivojlanishi.
2.2 Introduksiya va iqlimlashtirish hamda Areal doirasida tarqatish va mavsumiy kolonizatsiyalash
2.2 O‘zbekiston sharoitida uchraydigan foydali hasharotlarni himoya qilish va ularning turlarini tatibga solib turish.choralari shuningdek ularning oilalari haqida ma’lumotlar

XULOSA.
FODALANILANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH.
PODSHOH O’Z QARORIDA QATIY BO’LSIN,YA’NI HAR QANDAY ISHNI QASD QILAREKAN, UNI BEKOR ETMASIN VA TO BITURMAGUNCHA UNDAN QO’L TORTMASIN(6)
AMIR TEMUR

Zararkunandalar xurujimi va turli kasalliklar yer yuzida ulkan ofat hisoblanib, ular qishloq xo‘jalik o‘simliklari rivojlanishi davrida va mahsulotlarni saqlash davomida hosilning juda katta qismi yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Ba’zi yillar izararli organizmlar hosilning 60-80% ni nobud qilibgina qolmay, o‘simliklar, hayvonlar va insonlarda turli xavfli yuqumli kasalliklarni ommaviy ravishda keltirib chiqarishga ham sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ham zararkunanda va kasalliklarga qarshi kimyoviy kurash keng qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari va kasallik qo‘zg‘atuvchilari, begona o‘tlaming tarqalishi, rivojlanishi, zararlik darajasi tuproq-iqlim sharoitlari va yetishtirish agrotexnikasi hamda yetishtirilayotgan ekin naviga bog‘liq. Shu sababli ishlab chiqarishga zararkunanda, kasalliklarga chidamli serhosil ekin navlarini, almashlab ekish tizimini, zararli organizmlar (kasallik, zararkunanda va begona o‘tlar)dan himoya qilishning ilg‘or usullarini joriy etish zarur.


Zararkunanda hasharotlar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga qarshi kurashda kimyoviy usul jahon tajribasida keng qo‘llanilsada, ammo bunday insekto-akaritsidlar yetarli darajada tanlab, ta’sir etish xususiyatiga ega emasligi aniqlandi, ya’ni pestitsidlar biologik agentlarni, birinchi navbatda zararkunandalar ommaviy rivojlanishining oldini oladigan tabiiy kushandalari hisoblangan entomofag hasharotlar, hasharotxo‘r qushlar va boshqalarni qirib yo‘qotadi (Veyzer, 1972). Bundan tashqari, ko‘pchilik zararkunandalar pestitsidlarga chidamlilik hosil qilishi tufayli agrobiosenozlarning fitosanitariya holatiga va qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa noan’anaviy guruhlar, yangi moddalar birikmalari hisobiga kimyoviy kurash vositalari arsenalini to‘ldirib borishni va mos ravishda pestitsidlar ishlab chiqarish narxi eksponensial o‘sib borishini talab qiladi (Metcalf, 1980). Ammo yangi pestitsidlar chaparasta (perekryost) va guruhli chidamlilik paydo bo‘lishi tufayli amaliyotda qo‘llanishdan oldinroq ham o‘z samaradorligini yo‘qotishi mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda (Georghiou, Mellan, 1983) yer yuzida 428 turdagi bo‘g‘imoyoqlilar turli guruh pestitsidlariga chidamlilik hosil qilgan bo‘lib, ulardan 260 tasi qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalaridir. Bizning mintaqamizda birgina g‘o‘zaning o‘sish duvrida 217 turdagi hasharotlar va kanalar unga zarar yclkazadi. Bu zararkunandalarning asosiy turlariga qarshi har yil o‘na hisobda 5500 ming gcktar paxta maydonida biologik kumsh chomlan' amalga oshiriladi. Biologik kurash usuli bilan o‘simliklarni zamrkunzmdalardan himoya qilish maydonlari yildan yilga onib bormoqda. Masalan. l999-2002-yillarda bu usul 6700 ming gcktar maydonni lashkil qildi. shu jumladan. kuzgi tunIamlar va ko‘sak qunining quumiga qarshi Irixogramma 11000 ming gektar. ko‘sak quniga qarshi bmkon 2000 ming gcktar. o‘simlik billari va o‘rgimchakkanaga qzmhi oltinko‘z 700 ming gcktar maydonda yuqori natijalar bilan qo‘llanilgan. Bu zararkunanda hasharotlardan va o‘rgimchukkanzllardan kcladigan zamrlarni chcgamlabgina qolmay. balki labialdagi mavjud bo‘lgan foyduli jonzotlarni saqlab qolishda. ularning ommaviy ko‘payishiga imkoniyat yaratishda va atrof-muhitni zaharlanishdan saqlab qolishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu kunga qadar g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlurining asosiy zararkunandalariga qarshi kumshda kimyoviy prcparatlarni qo‘llash alohida o‘rin tuladi.
Bularning hammasi o‘simliklarni himoya qilish sohasi mutaxassislarida biologik himoyaga nisbatankeskin qiziqishuyg‘otib, bunda ta’sir etuvchi omillar tariqasida qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari miqdorini chegaralaydigan yirtqichlar, parazit yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni alohida qayd qilish o‘rinlidir. O‘simliklarning biologik himoyasi keng ma’noda – bu zararkunandalar va kasallik qo‘zg‘atuvchilar keltiradigan zararni kamaytirish maqsadida, ularning populatsiyalari miqdorini kamaytirishda tirik organizmlar, ularning faoliyati tufayli hosil bo‘lgan moddalar yoki sintetik analoglaridan foydalanish tushuniladi. Tor ma’noda esa klassik biologik usul zararli organizmlarga qarshi kurashda tirik organizmlar: parazitlar, yirtqichlar va patogen mikroorganizmlardan foydalanish, demakdir. Biologik himoya usulining mohiyati tabiatda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari bilan ularning parazitlari va yirtqichlari (entomofaglar va akarifaglar), ayniqsa hasharotlar, kanalar va zararkunandalar bilan bakterial, zamburug‘, virus va kompleks kasalliklar orasida vujudga kelgan antogonistik munosabatlardan aniq maqsadda foydalanishdir.
Endilikda o‘simliklarni qishloq xo‘jaligi zararkunandalar. kasalliklari va begona o‘tlardan himoya qilishda hasharot kushandalar (entomofaglar) va mikroorganizmlardan (bakteriyalar, zamburug‘ v. viruslar) atroflicha foydalanilmoqda. Zararli organizmlarga qarsh kurash usuli hozirgi vaqtga kelib to‘la yo‘lga qo‘yilgan va har bi. zararkunanda turining rivojlanish fenologiyasi amalda joriy etilgan. Zararkunanda va kasalliklar hamda begona o‘tlaming mavsum davomida rivojlanishi, tarqalishiga nisbatan uyg‘unlashgan himoya tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bulardan biologik va mikrobiologik kurash vositalari katta ahamiyatga ega. Shu kungacha respublikamiz viloyatlari xo‘jaliklarida 780 biolaboratoriya va biofabrikalarda trixogramma, brakon, oltinko‘zlar ko‘paytirilib, zararkunandalarga qarshi qo‘llanilmoqda. Zararli hasharotlar va kanalarning agrobiosenozdagi o‘zaro munosabatlarini bilib olish biologik agentlarning ahamiyatini ancha oshiradi va zararli hasharotlarga qarshi biologik kurashda eng oqilona hamda samarali usullarning yaratilishini jadallashtiradi.

Kimyoviy moddalardan foydalanish oqibatida ular nafaqat tashqi muhitga, balki tuproq va havodagi foydali mikroorganizmlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada o‘simliklarda foydali mikroorganizmlar o‘miga zararli kasalliklar ko‘payadi.


Hasharotlar tuproq paydo boʻlishida ham ishtirok etadi (mas, birlamchi qanotsiz hasharotlardan oyoqdumlilar). Koʻpgina hasharotlar tuproq qatlamini organik moddalar bilan boyitadi (tuproqda yashovchi chumolilar, termitlar, chuvalchanglar va baʼzi qoʻngʻizlar).
O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda ularning kushandasi hisoblangan bakteriyalar, aktinomitsetlar, antibiotiklar va zamburug‘lardan foydalanish maqsadga muvoflqdir. Respublikamizdagi O‘simliklami himoya qilish ilmiy tekshirish institutida olib borilgan tajribalar asosida tuproqda tarqalgan fuzarioz, vertisillioz, ildiz chirish, unshudring kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larga qarshi kurashda ulaming kushandasi bo‘lgan trixoderma, trixotetsin, fnolavin-IOO, fitobakteriomitsin, arinin kabi preparatlar qo‘llanilmoqda.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin