Introduksiya va iqlimlashtirish Bio usulni rivojlantirishda bir qator usullardan foydalaniladi. Areal ichra tarqatish, oldindan ko‘paytirib tabiiy sharoitda qo‘yib yuborish (kolonizatsiya barpo ctish), enlomofaglarning tabiiy sharoitda ko‘proq bo‘lishi uchun qulaylik tug‘dirish, entomofaglar uchun ta‘siri kam bo‘lgan kimyoviy preparatlardan foydalanish shular jumlasidandir.
Chetdan keltirilgan tur (introduksiya) va iqlimlashtirish. Bu usulda tabiiy kushandalar zararkunandalarni o‘z joyida kamaytirib turadi. Tabiiy kushandalar bo‘lmagan yangi geograflk tumanlarda esa zararkunandalar ko‘payib ketadi. Yinqich yoki tekinxo‘rning yangi turini keltirishdan oldin shuni hisobga olish kerakki, ularning o‘z vatanidagi tabiiy sharoit keltirilayotgan mamlakat iqlimiga mos kclishi kerak.
Biron-bir Chet yundan olib o‘tish uchun (introduksiya) muayyan bir turga ixtisoslashgan hasharot kushandalarini (entomofaglar) iqlimlashtirish yaxshi samara beradi. Hozirgi kunga kelib qon bitiga qarshi qo‘llaniladigan tekinxo'r afelinus komstok qunini yo‘qotish uchun keltirilgan tekinxo‘r psevdaflkus O‘zbekistonda iqlimlashtirilgan va muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Koksinellidlardan Rodolia cardina/is Qora dengiz bo‘ylaridan keltirilib, har xil koksidlarga qarshi qo‘llanila boshlandi. Natijada bu yinqich hasharot sharoitga moslashdi va hozirgi kunda undan to‘liq foydalanilmoqda.
Bundan tashqari. Qozog‘istonning janubiy tumanlari va Tojikistonga Exoshomus undulalus soxta qalqondorlarning yinqichi va bitlarning tabiiy kushandasi Calvia punctata keltirilgan. Ularning hozirda to‘liq iqlimlashtirilgan Iurlari uchraydi. Sariq kokofagus. sitrusli mumg‘ubor quni. ashersoniya zamburug’i siIrus oq qanoliga qarshi kurashda keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda. Ko‘plab foydali hasharotlarning ba’zi bir turlari laboratoriyalarda ko‘paytirilib, zararkunandalarga qarshi kurashda qo‘llanilmoqda.
Areal doirasida tarqatish va mavsumiy kolonizatsiyalash Hasharot kushandalaridan telonomus turi Boshqirdiston, Krasnodar o‘lkasi, Ukraina janubida tarqalgan halqali ipako‘rovchisiga qarshi kurashda yuqori samara bergan. Qirg‘izistondan keltirilgan ageniaspis esa Farg‘ona vodiysida (olma. nok. yong‘oq) olma kuyasiga qarshi qo‘llanilganda ular bir necha yil davomida to‘liq sharoitga moslashgan.
Stelorus yinqichi bog‘ o‘rgimchakkanasiga nisbatan yuqon' samaraga ega. Lckin bu tur janubiy mintaqalarda o‘rgimchakkanalaming nufuzini (sonini) bir me'yorda tutib tungan bo‘lsa, hozirga kclib ularning samarasi asta-sekin kamayib bonnoqda. Buning uchun stetorusni tog‘ va tog‘oldi bog‘laridan ko‘plab keltirish hamda zararli hasharotlami va kanalaming turli gcograflk mintaqalarda ko‘payish dinamikasiga to‘g‘ri baho berish ishlarini yagona uslub asosida olib borish kerak.
Qolaversa, tabiiy kushandalardan foydalanish lozim. Bu esa qo‘shimcha kimyoviy kurash ishlarining kamayishiga olib keladi. Buning uchun bahorgi mavsumda shiralarga nisbatan afldofagning 1:15; yozda 1:25; o‘rgimchakkana uchun (akarifagning o‘ljaga nisbatan) l:50; yozda 1:25: kuzgi va boshqa kemiruvchi tunlamlar uchun (tabiiy kushandaning zararkunandaga nisbati) 1:10: g‘o‘za tunlami uchun l:5 bo‘lishi kerak.
Ma‘lumki, muayyan ekologik sharoitlarda tabiatdagi tabiiy kushandalar, zararkunandalar nufuzini o‘zlari mustaqil iqtisodiy zararsiz holatda tutib tura olmaydilar. Shu bois tabiatdagi Iabiiy kushandalami saqlash uchun mavsumiy kolonizatsiyalash. biolaboratoriyalarda urchitilgan kushandalarni vaqt-vaqtida chiqarib turish yoki mikrobiologik preparatlami qo‘llash kerak bo‘ladi.
Mavsumiy kolonizatsiya entomofaglarni oldindan ko‘paytirish. so‘ngra ular hisobiga tabiiy sharoitni boyitish usuli o‘simlikdagi entomofaglaming ko‘proq bo‘lis`higa qaratilgan.