A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro yiritqichlik munosabatlar



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/12
tarix08.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#126885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Usanov A

1.2 Organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro yiritqichlik munosabatlar
Yirtqichlik
Yirtqichlik – bunda bir simbiont (yirtqich) oziqlanish maqsadida bir yoki bir necha boshqa turlarning bitta yoki bir nechta zotlariga (o‘ljalarga) hujum qilib, ularning aksariyatini qisqa vaqtda halok qiladi. Yirtqichlar o‘z o‘ljasi bilan bir necha marta oziqlanishi ham mumkin.
Agrobiotsenozlarda yashaydigan hasharot va kanalardan yirtqichlikka misol bo‘la oladiganlari birmuncha, jumladan, stetorus qo‘ng‘izi o‘rgimchakkanaga qiron soladigan yirtqich bo‘lsa, oltinko‘zlar o‘simlik bitlari, o‘rgimchakkana va yana bir talay boshqa hasharotlarning tuxumlari va lichinkalarini qiradigan yirtqichlardir.
Yirtqich kanalar O‘zbekistonda o‘rgimchakkanani yo‘qotadigan faol akarifaglar hisoblanadi. Biologiyasi jihatidan tuproq bilan bog‘langan va tuproqda yashab zararkunandalarning tuxumlari, lichinkalari, ba’zan esa g‘umbaklarini ham keskin kamaytiradigan yirtqichlardan vizildoq (toshxol) qo‘ng‘izlari (2-rasm), stafilinidlar, (3-rasm) chumolilar va o‘rgimchaksimonlar ham bunday simbiozning yirtqichlik shakliga yaqqol misol bo‘la oladi.

Ikki xil – fatal va nofatal yirtqichlik mavjud. Fatal yirtqichlik shakli keng tarqalgan bo‘lib, bunda o‘lja albatta yirtqich hujumidan halok bo‘ladi. Masalan, xonqizi qo‘ng‘izlari, ularning lichinkalari hamda ging pashshalarining lichinkalari (sirfid) o‘simlik bitlari bilan oziqlansa, gulbadan vizildoq qo‘ng‘izi lichinkalari tengsiz ipak qurti lichinkalari bilan oziqlanadi va h. Nofatal yirtqichlik ro‘y berganda esa o‘lja halok bo‘lmaydi. Ularning misollari – qon so‘ruvchi qandalalar, pashshalar va burgalar.



Yirtqichlik shakllari orasida kannibalizmni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin, bunda yirtqichlar o‘z turining zotlarini yeb qo‘yadi. Кannibalizm ko‘pincha oltinko‘z lichinkalari, yirtqich qandalalar, xonqizi qo‘ng‘izlarining birinchi yoshdagi lichinkalari va g‘o‘za tunlami qurtlari orasida kuzatiladi.
1.3 Organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro parazitizim munosabatlar

Parazitizm –bunda bir simbiont (parazit) ikkinchi simbiont (xo‘jayin) tanasida yashab oziqlanadi yoki parazit lichinkasi oziqlanishining butun davri davomida xo‘jayin tanasida hayot kechiradi. Parazitizm xo‘jayinning halok bo‘lishiga yoki batamom ozib ketishiga olib keladi. G.A.Viktorov (1976) ta’kidlashicha,parazitizm bir organizmning boshqasida o‘z hayotining ko‘p yoki oz qismi davomida ozuqa manbai va yashash muhiti sifatida foydalanishidir. Parazitizm ko‘rinishi hasharotlar sinfida juda keng tarqalgan. To‘liq rivojlanadigan hasharotlarning beshta turkumida,ya’ni pardasimonqanotlilar, qo‘shqanotlilar, qattiqqanotlilar,yelpig‘ichqanotlilar va tangachaqanotlilar turlari orasida parazitlar ko‘plab uchraydi. G‘o‘zani zararkunandalardan biologik usulda himoya qilishda, ayniqsa, pardasimonqanotlilardan (trixogramma, brakon) keng foydalaniladi. Tekinxo ‘rlik -Parazirizm turli xil organizmlar orasidagi o‘zaro munosabat shakllari. Har xil turlarga aloqador bir tekinxo‘r boshqa turdagi xo‘jayinlardan oziqa va yashash joyi manbayi sifatida foydalanadi. Shuningdek, xo‘jayin hasharotning asta-sekin nobud bo‘lishiga olib keladi. Tekinxo‘rlikning yuzaga kelishi yirtqich hasharotlarga qaraganda o‘ziga xos bo‘lib, faqat hasharotlaming besh turkumida uchraydi. Hasharotlarda tekinxo‘rlik hayot tarzini faqat lichinkalar davom ettiradi. Tekinxo‘rlik shakllari turli-tuman bo‘lib, ularning belgilari bo‘yicha tasnifl quyidagicha:


otekinxo‘ming yashash joyiga ko‘ra ichki va tashqi;
majburiyat darajasiga qarab-zaruriy (obligat), ixtiyoriy (fakultativ), tasodifly;
xo‘jayin hasharotlaming muntazam ravishda kelishiga qarab dastlabki;
. tekinxo‘rlaming bitta xo‘jayinda rivojlanishiga ko‘ra yakka, guruhli;
o‘ta zararlash (supenekinxo‘rlik) va ko‘plab tekinxo‘rlik;
ularning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan xo‘jayinlarning miqdori bo‘yicha monoksenli va geteroksenli bo‘ladi.
Mulliparazitizm bitta xo‘jayinning bir vaqtning o‘zida bitta yoki bir nechta tekinxo‘rlar tomonidan zararlanishi. Bir vaqtning o‘zida bitta hasharotni, bitta yoki o‘ndan ortiq turga mansub tekinxo‘rlami zararlashi mumkin. Oziqlanishi davrida esa tekinxo‘rlaming lichinkalari oziqa bo‘yicha bir-birlari bilan raqobatda bo‘ladi. Natijada lichinkalaming bir qismi yetilmay qolishi mumkin. Odatda, bitta tur individ o‘ziga nisbatan faolligi kamroq bo‘lgan turni yo‘qotadi. Ko‘pgina tekinxo‘rlar paydo bo‘lishiga ko‘ra ikki toifaga ajratiladi. Birinchisi, haddan tashqari zararlash (superparazitizm) bir turga mansub bo‘lgan xo‘jayin hasharotni zararlash va ko‘plab tekinxo‘rlik (multiparazitizm) birgalikda uchraydigan tekinxo‘rlarga entomofaglaming har xil turlari taalluqlidir. Ko‘pchilik tekinxo‘rlar molluskalarda qayd qilingan. Kanadada chig‘anoqlar populatsiyasi (Lumnata stagnalis) bir vaqtning o‘zida oltita serkariyev turini zararlaydi. Multiparazitizmda ikkilamchi ixtiyoriy tekinxo’rlik uchraydi. Agar yosh lichinkalar boshqa bir turning voyaga yetgan lichinkasini qanchalik ko‘p nobud qilsa, shunchalik o‘sha lichinka bilan oziqlanadi (masalan. ba‘zi bir xalsidlar). Ayniqsa, ba‘zi bir multiparazitizm guruhlari har xil individ turlarning xatti-harakatlarining oldini oladi. Taxina-Exorixta Iarvarumning 4-5 yoshlarini zararlaydi va rivojlanish davrini g‘umbakda tamomlaydi. Kompsilura (Compsiliura concinala) esa tengsiz ipak o‘rovchilarning 1-3 yoshlarini zararlaydi va rivojlanishini 5 yoshdagi qurtlarda tamomlaydi.

Tekinxo‘r(Parazit)-bir organizmning boshqa organizm (xo‘jayin) hisobiga yashab unga ziyon yetkazishidir. Keyingi vaqtlarda tekinxo‘r hasharotlami aniqlash uchun parazitoid atamasi qo‘llanilmoqda. Parazitoidlaring haqiqiy tekinxo‘rlardan farqi shuki, lichinkasining yashab chiqishi uchun kerakli sharoit xo‘jayin hisobidan bo‘ladi. Natijada har doim o‘z xo‘jayinining nobud bo‘lishiga olib keladi va yetuk zot bosqichida erkin yashaydi.
Hasharotlar sinfming tekinxo‘r shakllaridan beshta turkumi, ya‘ni tangaqanotlilar, pardaqanotlilar, qattiqqanotlilar, yelpig‘ichqanotlilar va ikkiqanotlilarga qarashli tekinxo‘rlar mavjud. Ulardan ikkiqanotli va pardaqanotlilar amaliy ahamiyatga ega.
Endofag, Endoparazit-lchki, ichki tuna, ichki Iekinxo ‘r o‘z xo‘jayini tanasi ichida yashaydi. O’z xo‘jayinining tana qismining xohlagan joyiga tuxum qo‘yadi. Lichinkasi xo‘jayin ichidagi oziqa bilan oziqlanadi. lchki tekinxo‘rlarga quyidagilar kiradi: qon biti tekinxo‘ri afelinus, komstok qurtining lichinkalari va yosh urg‘ochi qurtlar tekinxo‘ri psefdafnkus. Shuningdek, ko‘pchilik tangaqanotli hasharotlarning Iekinxo‘ri trixogramma hisoblanadi. lchki tekinxo‘rning rivojlanishi tugagunga qadar xo‘jayin nobud bo‘lmaydi. lchki tekinxo‘rlar uchun xo‘jayin hasharot nafaqat oziqa manbayi, balki ular uchun yashash muhiti ham hisoblanadi.
Ekzoparazittashqi, tana usti tekinxo‘ri xo‘jayin tanasi sirtida yashovchi tekinxo‘r organizm sanaladi. Odatda. tashqi muhitning ta‘siridan xo‘jayin lichinkalari maxsus to‘siqlar bilan himoyalanadi (afltislar). Soxta pillalarda (aleoxaraning lichinkalari) yoki ulaming xo‘jayinlari yoriqlarda, chuqur uyalarda barglarga o‘ralgan holda yashaydi. Tashqi tekinxo‘ming lichinkalari o‘z xo‘jayini tana qismini teshib ichidagi oziqani so‘radi. Odatda, to‘liq o‘zgaruvchan hasharotlarning lichinkalari xo‘jayin hisoblanadi. Qisman tekinxo‘rning lichinkalari esa g‘umbaklarni zararlaydi. Tashqi tekinxo‘rlarga Preromalidae, Callimomidae, Eulophidae va boshqa oilalarning vakillari misol bo‘ladi.

lkkilamchi tekinxo'r boshlang‘ich tekinxo‘r hisobiga yashaydi. Entomologiyada takroriy tekinxo‘r deb zararlovchi tekinxo‘r pashshalar va yaydoqchilarning turlariga aytiladi. Tekinxo‘rlaming bu turlarini zararlashda ular boshlang‘ich tekinxo ‘r deb ataladi. Ammo zararkunandalarning nufuzining kamayishida, boshlang‘ich tekinxo‘r turlarning iqtisodiy ahamiyatini nazarga olganda, ular takroriy tekinxo‘r turlari bilan teng baholanadi. lkkilamchi tekinxo‘rlar afclinidlarda ko‘proq uchraydi. Ba‘zi bir afelinidlar faqat koksidlarda ikkilamchi tekinxo‘rlar kabi rivojlanadi. Tabiatda hasharotlar alohida emas, balki hasharotlarning boshqa turlari. o‘simlik va mikroorganizmlar bilan birga, biologik jamlanma, biosenoz holida yashaydi. M.S. Gilyarov va V. Tishler biosenozni organizmlarning birgalikda uchrashuvi. yashash qobiliyatlari va o‘zaro bir-biriga bog‘liq holda jamlanmalar hosil qiluvchi sifatida xarakterlaydilar. Hasharotlarning oziqlanishi ozmi-ko‘pmi oziqa bog‘lami bilan bog‘langan. Ayniqsa, monofag va oligofaglaming bu bog‘lami mustahkam.Ko‘pincha, iste‘mol qiluvchilar boshqa organizmlar uchun oziqa manbayi bo‘lishi mumkin. Natijada bir necha tur individ organizmlarning bir-biriga qo‘shilishi tufayli oziqlanish zanjiri vujudga keladi.


OZiqlanish zanjiri o‘simlik va o‘lik organik moddalardan boshlanadi va yinqich hayvonlar yoki tekinxo‘rlar (parazit) bilan tugallanadi. Masalan: bug‘doy, g‘o‘za, bedazorlar, bog‘lar va boshqa ekinlar dastlab zararlanadi. so‘ngm ulaming yinqichlari va tekinxo‘rlan' oziqlanadi, o‘zlari esa qushlarga yem bo‘ladi. Natijada oziqlanish bog‘lami va oziqlanish zanjiri Iurli xil organizmlarni bir-biri bilan bog‘lab, ular o‘rtasidagi murakkab va mustahkam munosabatlarni hosil qiladi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin