+Yana bir xotirangizni va tezkor o‘rganishning muhim qadami bo‘lib bu sizning o‘zingizning eng yaxshi o‘rganish odatlaringiz va usuingizni bilishdir. Bu sizga optimal darajadagi natija beradi , albatta. Bu haqida juda ko‘plab teoriyalar chop etilgan. Ulardan biri Hovard Gardnerning Ko‘p sonli intellekt to‘g‘risidagi teoriyasi yoki Karl Yungning turli xil o‘rganish stillari to‘grisidagi fikrlari o‘rganishda ajoyib strategiya bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Yuqoridagi mavzular bo‘yicha ham kelasi postlarda xabar berib boraman. Eng muhimi shuki, o‘zingizga y oqqan usulda rivojlanishingiz kerek.
9. Testlarni yechish o‘rganishni tezlatadi
Test yechishlar faqatgina o‘qishdan ko‘ra ancha foydaliroq bo‘lar ekan. Aslida, bu ozgina intuitsiyaga teskari bo‘lib aytishingiz mumkinki ko‘p vaqtni o‘qish bilan sarflash o‘rganishni eng yuqori darajaga olib chiqadi deb, ammo bir qancha manbalar quyidagi natijalarga olib keldi : mavzuga oid test yechish siz o‘rgangan materialni eslab qolishda o‘z foydalarini ko‘rsatadi . Bir tadqiqotda studentlarga o‘qishga vaqt beradi va keyin test ishlatadi, natijada ushbu gruppa vakillari uzoq muddat davomida materialni eslab qolishgan. Bu natija boshqa studentlar o‘rtasida o‘tkazilganda, va ularga qo‘shimcha vaqtlarda ko‘proq o‘qigan bo‘lsa ham ular birinchi gruppadan pastroq natija ko‘rtatibdi. Ochig‘i, bu usul menga ozmuncha tanishdir, haligacha esimda abiturientlik paytimda barcha abiturientlar kabi 1 yil davomida juda katta hajmdagi xabarni eslab qolishimga to‘g‘ri kelar edi, va repetitorimning ajoyib tavsiyasiga muvofiq adabiyot fanidan tayyorlanganda barcha studentlar savol va test tuzib kelardi , keyin esa bir birimizga tarqatilar edi. Oqibatida esa biz ikki tomonlama foyda olar edik : ham o‘zimiz bevosita savol tuzishda qatnashardik va boshqalarning savollariga javob berar edik. Javoblarni ham tekshirish oson kechardi.
1 0. Ko‘p mashqlarni bir vaqtda bajarishni to‘xtating
+Juda ko‘plab yillar mobaynida , biz kimda kim maltitasking(maltitasking-ko‘p vazifalarni bir vaqtda qilsa) u boshqalardan ko‘ra ustunroq bo‘ladi deb tasavvur qilganmiz.Hamma yaxshi biladi Sezar, Lenin va Leonardo Davinchilar ushbu ajoyib qobilyatga ega deb bilganmiz. Lekin so‘ngi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, multitasking qiladigan shaxslar aslida kamroq effektiv bo‘lar ekan. Bu noto‘g‘ri tushuncha aslida miyamiz bir vaqtning o‘zida bir vaziyatga e'tibor qila olishi bilan xarakterlanadi. Alal oqibat, effektiv o‘qishning asosi bo‘lib bir vaqtda bir mashqqa e'tiborni qaratish hisoblanadi .Axir aytiladiku, ikki quyonni ortidan quvlaguncha, bittasini tutgan afzalroq.