Savollar: 1.Bo’shliqichlilar tanasi qanday tuzilgan?
2.Bo’shliqichlilarning tana bo’shlig’i qanday tuzilgan va qanday vazifani bajaradi?
3.Bo’shliqichlilarning tashqi tuzilishi va yashash muhiti haqida gapiring.
4.Gidraning anatomik tuzilishi haqida gapiring.
5.Gidraning tana simmetriyasi haqida gapiring.
6.Gidraning nerv sistemasi va uning o’ziga xos tuzilishi, refleksning hosil bo’lishi.
7.Gidraning entoderma qavat hujayralariga qaysilar kiradi.
8.Gidraning entoderma qavat hujayralari qanday vazifani bajaradi?
Foydalanilgan adabiyolar:
10- MA’RUZA Mavzu: Yassi chuvalchanglar (Plathelmintes) tipi. Kiprikli yassi chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi. Reja: Yassi chuvalchanglarning tuzilshi va umumiy tasnifi.
Kiprikli chuvalchanglarning klassifikatsiyasi.
Kiprikli chuvalchanglarning ichki tuzilishi va axamiyati.
Mavzuga oid tuchuncha va atamalar:Yassi chuvalchang, oq planariya, germafrodit, yetilgan bo’g‘imlar, teri-muskul xaltasi, mezoderma, nerv nayi, asosiy va oraliq xo’jayinlar, parenxima, so’rg’ichlar, protonefridiya, urug’don, uchi berk ichak, ektoderma, entoderma, epiteliy, tuxumdon, gangliyalar, oq planariya, ikki tomonlama simmetriya, paypaslovchilar, robdit tanachalar, pilla, turbellariya, jinsiy kloaka.
Mavzuning maqsadi va vazifasi: 1.Quyida keltirilgan atama va tuchunchalarni izohlash, ularni o’zaro bog’lab tuchuntirish: ikki tomonlama simmetriya, teri-muskul xaltasi, parenxima, muskul, ovqat hazm qilish, ayirish va jinsiy sistemalar; epiteliy, uch qavatli muskul tolalar; ichakning old va orqa qismi; protonefridiyalar, yulduzsimon hujayralar, kiprik, naychalar; germafrodit, urug’don, urug’ yo’li, tuxumdon; rivojlanish sikli, asosiy va oraliq xo’jayinlar. Yassi chuvalchanglar tipining umumiy ta’rifi va ularning aromorfoz (yo`qsalish) belgilarini tuchuntirish. 3. Kiprikli chuvalchanglar sinfini oq planariya misolida tuchuntirish. 4.Yassi chuvalchanglarning parazitlikka adaptatsiyalashgan (moslashgan) belgilarini tushuntirish. So’rg’ichlilar sinfini jigar qurti misolida izohlash. Tasmasimon chuvalchanglar sinfini qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglarning rivojlanish sikli misolida izohlash.
Yassi chuvalchanglarning qorin-yelka yo’nalishida yapaloqlashgan tanasida bosh va dum tomoni, o’ng - chap qorin va yelka (orqa) tomonlari yaxshi ajralgan bo’lishi, ikki simmetriya va bosh tomoni bilan oldinga qarab harakat qila olishi xarakterlidir. Tanasining ustki qismi silliq yoki kiprikchalar bilan qoplangan. Og’iz-qorin tomoni tananing o’rta tomonida joylashgan bo’lib, anal teshigi bo’lmaydi. Erkin yashovchi avlodlarining bosh tomonida paypaslagichsimon o’simtalar va ko’zchalar rivojlangan. Tanasi bir butun yoki bir necha qismlardan tuzilgan. Ektodermadan rivojlangan epiteliya (teri) ko’ndalang va cho’ziq yo’nalishda joylashgan muskullar bilan birikkan holda teri – muskul xaltasini hosil qiladi. Sodda tuzilgan to’g’ri yoki shoxlanuvchi ichak bilan teri-muskul xaltasining oralig`i (birlamchi tana bo`shlig`i) parenxema tipidagi g`ovak biriktiruvchi to`qima hujayralari bilan qoplangan bo`lib, tana bo`shlig`i yo`qolgan. Nafas olish yoki qon aylanish sistemalari rivojlanmagan. Ayirish organlari maxsus hujayralardan boshlanuvchi shoxlangan naychalar – protonefridiya sistemasi shaklida tuzilgan.
Yassi chuvalchanglarning hamma avlodlari deyarli ikki jinsli – xunasa (germafrodit); jinsiy organlari (xususan parazit formalarida) juda yaxshi rivojlangan. Bir juft bosh nerv tugunlari (gangliyalar) yon nerv iplaridan tarkib topgan nerv sistemasi; erkin yashovchi formalarda esa muvozanat organi, ko`zchalar kabi sezuv organlari rivojlangan. Yassi chuvalchanglarning 12000 dan ortiq turi ma'lum.
Yassi chuvalchanglar - Platelmintes tipiga mansub bo’lgan hayvonlar o’rtasida dengiz va chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki turbellarillar, boshqa hayvonlar va insonning tanasida parazitlik bilan hayo kechiruvchi juda ko’p xilma-xil tur va guruhlar mavjuddir. 12 500 dan ortiq turni o’z ichiga olgan mazkur tip :
Kiprikli yassi chuvalchanglar sinfi – Turbellaria. Asosiy vakili: Oq planariya.
So’rg’ichli yassi chuvalchanglar sinfi – Trematoda. Asosiy vakili: Jigar qurti.
Monogеnеyalar - Monogeniodea
Tasmasimon yassi chuvalchanglar yoki gijjalar sinfi – Cestoidea.
Tsеstodsimonlar sinfi-Cestodaria.
Kiprikli chuvalchanglar sinfi - vakilarining tanasi mayda kipriklar bilan qoplangan cho`ziq bargsimon shaklida bo`ladi. Dеngiz yoki chuchuk suvlarda ham yashaydi, ayrim turlari quruqlikla xam uchraydi.
Oq planariya (Dendrocoelum lacteum) 2-3 mm uzunlikdagi yassi chuvalchang. Tanasi esa ikki tomonlama simmetriyali tuzilishga ega. Uni ba’zi ko’llar, kichik havzalar yoki kichik daryolar, toshlar ostida, barg va chirindilar ustida uchratish mumkin. Oq planariya tanasining oldingi ”bosh” tomoni ko’ndalang kesik shaklda, birmuncha kengaygan. Uning oldingi ikki yon qismida ikkita kalta o’simtalar –paypaslovchilar va ikkita juda kichik nuqta – ko’zchalar joylashgan. Planariya bargsimon tanasining ustida juda mayda, nozik kiprikchalar bilan qoplangan. U mana shu kiprikchalar yordamida sekin sirg’anib harakat qiladi. Ostki – qorin tomonining o’rta qismida og’iz joylashgan; chiqarish (anal) teshikchasi yo’q; og’iz hazm bo’lmagan oziq qoldiqlarini chiqarishga ham xizmat qiladi.
Epiteliy hujayralarining ostida, shu qavatga birikkan bir necha yo’nalishdagi halqali, cho’ziq, qiya va orqa - qorin yo’nalishdagi muskul tolalari joylashgan. Bular hammasi epiteliya bilan birgalikda teri - muskul xaltasini hosil qiladi. Epiteliy qavati oralig’ida bezli hujayralar va robdit tanachalari deb atalgan hujayra mahsuloti bo’lishi xarakterlidir. Teri-muskul xaltasining o`rtasi parenxima qavati bilan to`lgan bo`lib, bu g`ovak qavatda o`simtali biriktiruvchi to`qima (mezenxima) hujayralari va hujayralararo suyuqligi bo`ladi. Hazm organi, ayirish sistemasi, nerv va jinsiy organlar sistemasi shu qavatda joylashgan.
Og’iz teshigi halqum bilan tutashgan. Halqumdan bosh tomonga yo’nalgan 1ta, dum tomonga yo’nalgan 2ta ichak kanallari ajralgan bo’lib, bularning har biri o’z navbatida, juda ko’p yon shoxchalari (o’simtalar) hosil qiladi. Bu shoxchalar orqali hazm bo’lgan oziq butun tanaga tarqaladi. Ayirish organlari protonefridiya yoki terminal hujayralari deb ataladigan maxsus parenxima hujayralarining ichki qismidan boshlanadi. Terminal hujayra naychasining boshlangan joyida bitta harakatchan xivchin bo’lib, u ajralgan suyuqlikni naychalarga o’tkazib berishga xizmat qiladi. Shu xildagi 100 larcha naychalar tananing 2 yon tomonidagi ayirish kanallariga tutashgan. Ular esa dum tomonda tashqariga ochiladi. Ayirish mahsuloti hisoblanadigan ortiqcha suv va tuzlar shu kanallar orqali tashqariga chiqariladi.
Planariya 2 jinsli (xunasa-germafrodit). Jinsiy organlari kuchli rivojlangan. Uzum boshiga o’xshagan bir juft urug’donlar 2ta urug’ yo’liga tutashgan. Ular birlashib urug’ qopchig’iga birikkan. Bu qopchiq esa urug’ chiqarish kanali orqali jinsiy kloakaga ochilgan. Urug’ chiqarish kanalining muskulli devori qo’shilish vaqtida tashqariga qayrilib chiqa oladi va erlik qo’shilish organi vazifasini o’taydi. Bir juft tuxumdonlar bosh tomonda joylashgan bo’lib, ular tananing yon qismidan o’tgan 2 ta tuxum yo’llari bilan tutashgan. Tuxum yo’llariga juda ko’p sariqlik bezlari birlashgan (ular otalangan tuxumga oziq yetkazib beradi). Bulardan tashqari jinsiy kloakaga, boshqa chuvalchangdan o’tgan spermatozoidlarni qabul qilib oluvchi pufakcha ham tutashgan.
Planariyalar xunasa bo`lsa ham spermatozoidlarini almashtirib urchiydi. Boshqa chuvalchangdan o`tgan spermatozoidlar ma`lum vaqt urug` qabul etuvchi qopchiqda saqlanib, keyinchalik tuxum yo`liga ko`tariladi va yetilgan tuxumlarini otalantiradi. Otalangan tuxumlar sariqlik (oziq) bilan o`ralgach, pilla ichiga joylashadi. Planariyalar o`z pillalarini suvdagi substratlarga ilashtirib qo`yadi.
Planariyaning nerv sistemasi oldingi (“bosh”) tomondagi bir juft asosiy nerv tugunlari va ulardan pastga qarab yo`nalgan yon nerv iplaridan tarkib topgan. Bulardan tashqari cho`ziq va ko`ndalang (komissura) nerv tolalari bor. Bosh nerv bo`g`imlari – ko`zchalar va paypaslovchilarni, teri sezuv va kimyoviy sezuv organini nervlashtiradi. Ko`zcha ektodermadan rivojlangan, pigmentlashgan botiq organ bo`lib, uning asosida yorug`lik sezuvchi hujayralar joylashgan.
Turbellariyalarning ko`pchiligi mayda hayvonlar bo`lib, bir hujayralilar, kolovratkalar, qisqichbaqasimonlar, ba`zilari mayda hasharot lichinkalari, suv o`tlari, chirindilar (detrit) bilan ovqatlanadi. Nam-tropik o`rmonlarda yashaydigan kata turbellariyalar yirtqich. Ular halqali chuvalchanglar, hasharot qurtlari kabi jonivorlar bilan ovqatlanadi.
Turbellariyalarning ko`pchilik turlari jinsiy ko`payadi. Jinsiy ko`payishda ular spermatozoidlarini almashtrib urchiydi. (O`z spermasi bilan otalantirish hodisasi kam uchraydi.) Ko`pchilik turbellariyalarning rivojlanishida lichinka davri bo`lmaydi. Dengizda yashaydigan turlarining rivojlanishida myuller lichinkasi deb nomlangan sakkizta o`simtasi bo`lgan kiprikli lichinka yetishadi. Keyinchalik mazkur lichinka – so`nggi rivojlanish bilan voyaga yetadi.
Turbellariyaning embrion rivojlanishi bir tomondan taroqlilarning taraqqiyotiga o`xshasa, ikkinchi tomondan (blastomerlarning spiral maydalanish asosida bo`lishi jihatidan) halqali chuvalchanglarning rivojlanishini eslatadi. Bundan tashqari embrionida ekto va entodermalardan tashqari oraliq qavat hujayralaridan parenxima hosil bo`lishi xarakterlidir.
Ba`zi turbellariyalar (jumladan, planariyalar) jinssiz, bo`linib ko`payish xususiyatiga ham ega. Ularda regeneratsiya (yo`qolgan qismini tiklash) xususiyati kuchli taraqqiy etgan. Noqulay sharoit tug’ilganda (suvning harorati oshganda yoki suvda kislorod yetishmay qolganida) planariya mayda bo’laklarga bo’linib ketib, qulay sharoit tug’ilganda yana har bir bo’lakdan alohida organizm rivojlanishi mumkin. Ular ba`zida 279 dan bir qismidan ham bir butun chuvalchang holda “tiklana” oladi.
Kiprikli chuvalchanglar 12 ta turkumga bo`lindi. Ayrimlarini kеltirib o`tamiz:
Ichaksizlar (Aeoela) – tuban tuzilgan, asosan dеngizlarda yashovchi mayda chuvalchanglar. Ichagi va protonеfridiylari bo`lmaydi. Nеrv va jinsiy sitеmasi sodda tuzilgan. Parеnxima hazm qilish vazifasini bajaradi.
To`g`ri ichaklilar (turkumi – 0,5-5mm li chuvalchanglar bo`lib, tanasi bir oz yassi, slindrga o’xshaydi. Ichagi naysimon, uchi bеrk bo`ladi. Og`iz tеshigi tanasining oldingi qismida joylashgan. Ayrimlari molyuskalar va boshqa umurtqasizlarda parazitlik qiladi. Filogеnеtik axamiyatga ega.
Uchshoxlilar, ya'ni planariyalapr (Tricladida) sinfi. Ba'zi quruqlik formalari 30 sm gacha kеladi. Tanasi bargsimon yoki tasmasimon, o`rta ichagi uch shoxdi bo`ladi.
Makrostomidlar (Mokrostomida) turkumi – Dеngiz va chuchuk suvlarda yashaydi. Sodda tuzilgan, ichagi xaltaga o`xshaydi.
Ko`pshoxlilar (Polycladida) turkumi – Ancha yirik, bargsimon chuvalchanglar. Dеngizlarda hayot kеchiradi.