Oziqlanishi - qoramol tasmasimon chuvalchangining hazm qilish organlari rivojlanmagan. U odam ichagida hazm bo'la boshlagan oziqni tana yo`zasi bilan shimib oladi.
Jinsiy sistemasi - boshqa tasmasimon chuvalchanglar singari qoramol tasmasimon chuvalchangi ham germafrodit hayvon. Jinsiy organlari tanasining hamma bo'g'imlarida ko’p marta takrorlanib turadi. Har bir bo'g'imda bir juft tuxumdon, bachadon va juda ko'p urug'donlar bo'ladi. Bachadoni tuxumlarga to'lgach, bir necha bo'g'imlari tananing keyingi qismidan uzilib, ichak bo'shlig'iga tushadi va axlat bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Kasal odam ichagidan bir kecha-kunduz davomida 5000 000 ga yaqin parazit tuxumi chiqishi mumkin. Tashqi muhitda tuxum ichida olti ilmoqli lichinka rivojlanadi.
Chuvalchang tuxumlari odam axlati bilan ifloslangan oziq yoki qo'l orqali qoramollarga yuqadi. Ichak bo'shlig'ida tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qonga o’tadi. Lichinkalar qon bilan birga harakatlanib jigar, muskul va boshqa organlarga borib o'rnashib qoladi. Lichinkalar organlarda biroz rivojlangach, yupqa pardaga o'ralib, pufaklik davriga o'tadi. Suyuqlik bilan to'lgan bunday pufakcha finna deyiladi. Qoramol tasmasimon chuvalchangi finnasining kattaligi moshdek keladi, finna va parazitning mikroskopik kattalikdagi so'rg'ichli boshchasi joylashgan. Qoramol tasmasimon chuvalchangi odam organizmiga finna orqali yuqadi. Finnali go'sht yaxshi pishirilmasdan iste'mol qilinsa yoki go'sht qiymasi tatib ko'rilsa, odam ichagida parazitning boshchasi pufakchadan buralib chiqadi. Bu boshcha so'rg'ichlari yordamida ichak devoriga yopishib olib o'sa boshlaydi. Bo'yinchadan yangi bo'g'inlar hosil bo'ladi. Parazit tez o'sib, 15-20 kun terida voyaga yetadi.
Shunday qilib, qoramol tasmasimon chuvalchangi ikkita xo'jayinda rivojlanadi. Odam uning asosiy xo'jayini, qoramollar esa oraliq xo'jayini hisoblanadi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi odam ichagida zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Chuvalchang bilan zararlangan odamning qorni og'rib, ichi bo`ziladi. Zaharli moddalar qonga o'tib, butun organizmini zaharlaydi. Natijada kishining asabi buziladi, unda kamqonlik kasali paydo bo'ladi.
Tanasi tasmaga o'xshash uzun va juda ko'p bo'g'imlarga bo'lingan parazit yassi chuvalchanglar tasmasimon chuvalchanglar sinfini tashkil etadi. Voyaga yetgan chuvalchanglar bosh qismida joylashgan har xil shakldagi so'rg'ichlar va ilmoqchalar yordamida turli umurtqali hayvonlar va odam ichagi devoriga yopishib olib parazitlik qiladi. Lichinkasi umurtqalilar va ayrim umurtqasiz hayvonlarning ichki organlarida parazitlik qiladi.
Jinsiy organlari. Gijjalrning jinsiy organlarini faqat “o`rta” proglottidlardagina ko`rish mumkin (chunki “yetilgan” proglottidlarda ular o`zgarib ketadi). To`g`ri tortburchak shakldagi o`rtacha proglottidlarning hamma qismi jinsiy organlar bilan deyarli band. Unga qaralganda juda ko`p yumaloq urug`donlar ko`zga tashlanadi. Ularning naychalari birikib, ko`ngalang joylashgan urug` chiqarish kanaliga tutashgan. Mazkur kanalning muskullashgan uchi (tashqariga qayrilib chiqa oluvchi qo`shilish organi-sirrus) proglottidning yon qirg`og`idagi jinsiy kloakkaga ochilgan.
Bularda ham ootip urg`ochi jinsiy organlarining “markazi” bo`lib, ajralgan tuxum shu organda otalanib yetishadi. Ikki qismdan tuzilgan tuxumdonning yo`li va sariqdonning naychasi ootipga ochilgan. Ootip qin kanali orqali jinsiy kloaka bilan tutashgan. Ootip yuqoriga yo`nalgan shoxlanmagan bachadon bilan ham tutashgan. Mana shu xilda tuzilgan jinsiy organlar har bir o`rtacha proglottidda alohida bo`lib, gijjalar jinsiy organlarining naqadar ko`p va kuchli rivojlanganini ko`rsatadi.
Spermatozoidlar bilan tuxumlar ootipda otalanadi va sariqlik moddasi (oziq) bilan ta`minlanib, qalin qobiq bilan o`raladi (qobiqni ootipning atrofidagi Melis tanachalari – bezlar ishlab chiqaradi). Shu xilda yetilgan tuxumlar bachadonga o`tib to`plana boshlaydi. Tuxum ko`plab to`plangan sari bachadon ikki yon tomondan shoxlanib kengayadi (hatto bachadonda tuxum to`planib kengaygan sari proglottid ham bo`yiga “o`sib” kattalashadi). Nihoyat boshqa jinsiy organlar yo`qolib, butun proglottidda faqat shoxlangan va minglarcha yetilgan tuxum bilan to`la bachadongina qoladi. Mana shunday “yetilgan” proglottidlar bittadan yoki 2-3-4 tadan bo`lib uzilib turadi va undan bemor odamning ichagida tushib, uning axlati bilan tashqariga tarqaladi.
Rivojlanishi va tarqalishi. Gijja tuxumining rivojlanishi proglottiddagi bachadonda boshlanib, natijada 6 tirnoqli onkosfera lichinkasi yetishadi. Lekin, uning so`nggi rivojlanish oraliq xo`jayin – qora mollarning tanasida kechadi. Odamning axlati bilan tashqariga chiqqan – yetilgan proglottidlar ichidagi tuxumlar tuproq yoki xashakka ilashib molning hazm organlariga o`tadi va ichakda tuxum qopqoqchasi “ochilib” undan onkosfera ajralib chiqadi. Onkosferalar tirnoqchalari yordamida ichak devorini teshib qonga o`tadi va qon oqimi bilan molning bosh tomonidagi biror organ (jag` muskullari, til, ko`krak yoki yurak) muskullari orasiga kelib to`xtaydi (agarda tuxum boshqa hayvon yoki odamga o`tsa rivojlanmaydi). Bu yerda onkosfera “tirnoqcha” larini yo`qotib o`sadi va o`rtacha mosh donasi kattaligidagi pufakcha – “finna ”ga aylanadi (ko’p tuhum yuqqan hodisalarda go’sht orasida yuzlab finnalar bo’ladi.) So’ngra finna devorining ichki (suyuqlik to’lgan ) qismida ichga qayrilgan boshcha va 4 ta so’rg’ich yetishadi. Bu bo’lg’usi gijjaning boshchasidir.
Mana shunday finnalar “ saqlovchi ” mol go`shti (“ finnoz go’sht ”) ni yaxshi pishmagan holda (masalan, kabob va boshqa ovqatlar ) odam iste’mol qilsa o`nga gijja yuqadi. Odamning oshqozoni yoki ichagida finnadagi boshcha va bo’yin qayrilib chiqib, tez o’sadi va 15-20 kun mobaynida katta gijjaga aylanadi. Shunday qilib, mol gijjasi oraliq xo’jayin ( qora mollar ) ning go’shti orqali asosiy xo’jayin –odamga o’tadi.
Tasmasimon chuvalchanglarnig zarari odam va hayvonlarga zarar kеltirishi bilan bеlgilanadi. Kasallik tug`diruvchi ko`pchilik chuvalchanglar---- va --- turkumi vakillariga kiradi. Birinchi turkumdan ichak lagulasi baliqlarga katta zarar kеltiradi. Uzunligi 50-80 sm bo`lib, karpsimon baliqlar tana bo`shlig`ida parazitlik qiladi. Kasal baliqlar o`sishdan qoladi, xalok bo`ladi. Voyaga yеtganlarining uzunligi 1m ga yaqin bo`ladi. U suvda suzuvchi va suv bo`yida yashovchi qushlarning ichagida parazitlik qiladi. Tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan, biroq gеrmofrodit bo`g`in tanasi bo`ylab ko`p marta takrorlanadi. Qush ichagdan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq xo`jayin qisqichbaqa tana bo`shlig`iga o`tadi. Ularni ikkinchi oraliq xo`jayin baliqlar diaptomus qisqichbaqasini yеb zararlanadi. Qushlar esa kasallangan baliqlarni yеb zaralanadi.
Odam va sut emizuvchi hayvonarga exnokok miya qurti, koramol va chuchqa tasmasimon chuvalchanglari katta ziyon kеltiradi. Shuningdеk, yosh bolalarda uchi kalta zanjirsimon chuvalchang---- katta zarar kеltradi. Bu parazitnnig uzunlgi 1-4,5 sm ga еtadi. Tanasi 100-200 ta mayda aproglotidlardan iborat. Kalta zanjirsimon odam ichagida yashaydi. Uning onkosfеrasi dastlab ichak vorsinkasiga kirib olib, sistoid tipidagi finnaga aylanadi. Sistotsеrkoid ichak bo`shlig`iga chiqib voyaga yеtadi va tuxum quya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 19 kun voyaga yеtadi. Parazit tuxumlarini odam iflos qullari orqali o`zidan o`ziga yoki ifloslangan oziq ovqatdan yuqtirib olishi mumkin. Bu bilan kasallangan bolalarda qorni og`riydi. Ichi kеtadi yoki aksincha ichi qotishi mumkin. Chuvalchangning zaxari bolalar nеrv sistеmasiga ta'sir etishi mumkin.
Parazit chuvalchanglardan monеziya muhim iqtisodiy axamiyatga ega. U otlar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og`ir ichak kasalliklarini paydo qiladi. Monеziyaning mayda finnalari so’vo`tli kanalarning tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o`t bilan yutib yuboradilar.
Tsistodasimonlar sinfi –tasmmasimon chuvalchangdarga o`xshayli va hazm qilish sistеmasi bo`lmaydi. Ularda likofora lichinkasida 6 ta emas, 10 ta embrional ilmoqlar bo`ladi. Lichinka sеrkomеrasi ko`pincha voyaga yеtgan davrida saqlanib qoladi. Hamma sеstodsimonlarning tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan.
Yassi chuvalchanglar kelib chiqishi bo`shliqichlilarning eng qadimgi ajdodlari bilan bog`liq. Yassi chuvalchanglar orasida eng qadimgisi ichaksiz kiprikli chuvalchanglar kelib chiqqan chuvalchanglar hisoblanadi. Ularning tuzilishi bo`shliqichlilarning lichinkasiga o`xshash bo`ladi. Keyinchalik kiprikli chuvalchanglarni parazit yashashga moslashishi tufayli ularning tuzilishi soddalashib borgan va ulardan so`rg`ichlilar hamda tasmasimon