Savollar:
1.So`rg`ichllilarga xos umumiy bеlgilarni ayting.
2. So`rg`ichlilarning parazitlikka moslashgan qanday bеlglari mavjud?
3. So`rg`ichlilarning ichki tuzilishi qanday tuzilgan?
4. Jigar qurtining rivojlanishi siklini tushintirib bеring.
5. So`rg`ichlilarning qanday vakillarini bilasiz?
6. So`rg`ichlilarning qanday patogan axamiyati bor?
Foydalanilgan adabiyotlar:
12-МАЪРУЗА
Mavzu: Tasmasimon yassi (Cestoidea) chuvalchanglar sinfi. Reja: Tasmasimon chuvalchanglar sinfi va ularning xilma-xilligi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangining ko’payish va rivojlanish sikli.
Tsistodsimonlar sinfi xaqida.
Yassi chuvalchanglarning kelib chiqishi.
Mavzugu oid аsosiy tushuncha va atamalar:Tasmasimon chuvalchanglar, endoparazit, strobila, proglottid, onkosfera, bachadon, finna, exinokok, mol gijjasi, skoleks, cho’chqa gijjasi yoki qurolli tasmasimon chuvalchang, exinokokkoz
Mavzuning maqsadi va vazifasi: Tasmasimon chuvalchanglarning umumiy tuzilishi va parazitlikka moslashishdagi bеlgilari. Tanasinig proglotidlarga bo`linganligi. Hazm sistеmasining rеduktsiyalanganlgi Ayirish, nеrv va jinsiy sistеmalari. Qoramol tasmasimon chuvalchangli tuzilishi va yashash tarzi. Tasmasimonlarning ko`payishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglarning cho`chqa, sеbar, qo`y miya va exinoqon kabi turlari. Tasmasimon chuvalchanglarning zarari va patogеn axamiyati. Sеstadasimonlar vakili amfilinaning tuzilishi. Yassi chuvalchanglarning kеlib chiqishi.
Gijjalar uzun tasma (kamar)ga o`xshaganligidan shu nom bilan atalgan. Endoparazitlikka to`la moslashgan. Bu chuvalchanglarda og`iz va hazm organlari yo`qolgan, tanasi boshcha yoki skoleks, “bo`yin” va strobila (proglottidlar) deb nomlanuvchi qismlardan tuzilgan, ko`pchiligi ikkilamchi (oraliq) xo`jayin orqali rivojlanib, nasl tarqatadi. Ikki jinsli (xunasa) bu parazitlar jinsiy organlarining kuchli rivojlanganligi, nihoyatda ko`plab ko`payishi, nasl tarqatishga moslashganligi bilan ham boshqalardan farq qiladi. Voyaga yetgan gijjalar hamma umurtqali hayvonlarda va odamning turli organlarida hayot kechirsa, lichinkalari umurtqasiz hayvonlarda, ko`pincha baliqlar, qushlar va so`t emizuvchilarda rivojlanib, shular vositasida tarqaladi. Tasmasimonlarning 100 dan ortiq turi chorva mollari va inson tanasida parazitlik qilib xalq salomatligi va chorva xo`jaligiga katta zarar yetkazadi.
Mol gijjasi (Taeniarhynchus saginatus). Voyaga yetgan mol gijjasi odamning ingichka ichagida, boshchasidagi so`rg`ichlari yordamida ichak devoriga mahkam yopishib, hayot kechiradi. Gijjaning tasmasimon oqish tanasi 10-30 m bo`lib, ingichkalashgan oldingi tomonining uchida kichkinagina boshcha yoki skoleks, uning ustki qismida esa to`rtta yuqoriga yo`nalgan so`rg`ichlari bo`ladi. Boshcha – “bo`yin” bilan tutashgan. Bo`yin qismining doimiy o`sishi natijasida pastki – strobila yetishadi. Strobila – turli hajmdagi proglottidlar (“bo`g`imlar”) dan tuzilgan bo`lib, uning eng mayda (ensiz) proglottidlari bo`yinning ostida joylashgan. Bo`yindan pastga tushgan sari proglottid (“bo`g`im”) lar yiriklasha boradi. Yana ham pastroqda jinsiy organlarni farq qilsa bo`ladigan o`rtacha proglottidlar; strobilaning eng pastki qismida esa yirik (1,5 – 2 sm li) yetilgan proglottidlar joylashgan. Ko`pchilik gijjalar kabi mol gijjasining pastdagi yetilgan proglottidlari doimo bittadan yoki 2-3 tadan bo`lib o`zilib, odam ichiga tushib turadi. Bularning “o`rniga” esa bo`yin qismidan “yosh” proglottidlar yetishadi. “Yetilgan” proglottidlar ko`p miqdorda otalangan tuxumga ega bo`lib, gijja naslini tarqalishiga xizmat qilgan.
Gijja tanasining ustki – qalin kutikula qavati bilan qoplanib, u teri-muskul xaltasi bilan tutashgan. Mazkur “xalta”ning ichki qismi paranxima hujayralari, hujayralararo modda va zapas oziq (yog`, glikogen) bilan to`lgan. Gijjaning hazm organlari yo`qolganligi uchun ichakda oson bo`ladigan oziqni terisi bilan “shimib” ovqatlanadi. Protonefridiya tipidagi ayirish organlarining minglarcha naychalar tananing ikki yon tomondagi ikkita yon kanallarga, ular esa oxirgi proglottidlar orqali tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi boshchada joylashgan bir juft nerv tugunlari ikkita eng katta “ip” lari tananing ikki yon tomonida joylashgan.
Cho’chqa gijjasi yoki qurolli tasmasimon chuvalchang (Taenia solium) ham voyaga yetgan davrida odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. 5-7 m o`zunlikdagi bu parazitning boshcha qismida yon tomonlarga yo’nalgan to’rtta bo’rtma – so’rg’ichi, ustida esa 22 - 30 ilmoqchali plastinka bo’ladi. Yetilgan proglottidlar kaltaroq (1-1.3 sm) bo’lib, undagi bachadon ko’p shoxlanmaydi.
Qurolli gijjaning tuxumi rivojlanishi va tarqalishi uchun proglottid va tuxumlar oraliq xo`jayin – cho`chqaga o`tishi kerak (cho`chqalarga ular tuproqqa aralashgan gijja tuxumlari orqali o`tishi mimkin; tuproqda gijja tuxumi 6 oylab o`lmay saqlana oladi). Cho`chqaning ichagida tuxumdan ajralgan onkosfera lichinkasi tezda qonga o`tib, cho`chqa go`shti oraliqlariga joylashadi va finnaga aylanadi. Odamga qurolli gijja shunday – finnali cho`chqa go`shtini yaxshi pishmagan holda iste`mol qilish orqasida yuqadi. Cho`chqa gijjalarining tuxumi odamda ham rivojlanib, finnaga aylana olishi xarakterlidir. Gijjaning tuxumi ifloslik natijasida yoki sabzavot bilan odamga o`tishi mumkin. Ba`zan ichagida katta gijja bo`lgan bemor qayt qilganda uzilgan (ichi tuxumga to`la) proglottidlar bemorning oshqozoniga ko`tarilib, minglab tuxumlar ajralib chiqishi mumkin. Bunday hollarda tuxumdan ajralgan onkosferalar bemor ichagini teshib qonga o`tgach, turli organlar – yurak, muskullar, o`pka, ko`z, hatto miyaga borib joylashadi; natijada bemorda eng og`ir – xavfli kasalliklar sodir bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda cho`chqa gijjasi eng xavfli parazitdir.
Exinokoklar (Echonococcus granulosus) voyaga yetgan davrida it, tulki va bo`ri kabi yirtqich hayvonlarning ichagida parazitlik qiladi. Juda mayda (0,3-0,6 sm), ko`rinishi tasmasimon. Ularning tanasi; to`rt so`rg`ichli va ilmoqli xartumcha bilan qurollangan boshqa (skoleks), kalta bo`yin va 5-6 tagina proglottid (strobila) dan tarkib topgan. Pastdagi proglottidlarida erkak va otalangan tuxum bilan to`la kattagina bachadon bo`ladi. Oxirgi proglottidi uzilib, itning tezagi bilan yoki o`zicha tashqariga chiqadi va parazit tuxumlarini tarqatadi. Exinokoklarning tuxumi oraliq xo`jayini – qo`y, qora mol, tuya va ot kabilarning tanasida rivojlanib, nasl tarqatadi. Ularning tuxumi odamda ham rivojlanib, juda xavfli exinokokkoz kasali qo`zga`tadi. O`tx`or hayvonlar exinokok tuxumini (yoki tashqariga chiqqan tirik proglottidini) o`t-xashak bilan yutib, bu parazitni yuqtirib oladi. Mazkur hayvonlarning ichagida tuxumdan ajralgan onkosfera tezda ichakni teshib, qonga o`tadi va hayvonning o`pkasi, jigari yoki boshqa ichki organlarida juda sekin o`sib katta finna (exinok pufagi) ga aylanadi. Suyuqlik bilan to`lgan va qalin pardadan iborat bo`lgan bu pufak ichki tomondan ko`rtaklanib bir nechtalab ichki (“yosh”) pufakchalar yetishtiradi. Bularning ba`zilarida 3-4 tadan “ichga qayrilgan” so`rg`ichlik boshcha (bo`lg`usi chuvalchang) bo`ladi. Exinokok pufagi olmadek, futbol to`pidek, hatto tarvuzdek va undan ham katta bo`lishi, ba`zi mollarda 60 kg gacha og`irlikgacha o`sishi mumkin.
It, bo`ri, tulki va boshqalar kasal hayvonning ichki organlarini yeyish natijasida exinokok yuqtiradi. Odamga exinokok tuxumi parazit “saqlovchi” itdan, u bilan o`ynashgan yoki “erkalatgan” vaqtda yuqadi. Onkosferadan yetishuvchi exinokok pufagi (“finnasi”) ko`pincha odamning jigarida, o`pkasida, buyragi va ba`zi boshqa ichki organlarida joylashib, ko`p hollarda eng xavfli va tuzalishi qiyin kasalliklarga sabab bo`ladi. Exinokokdan bolalar, ba`zan kattalar nobud bo`lishi hodisasi uchrab turadi.
Parazitdan saqlanish uchun xonadondagi itlarni tekshirib turish, itga ortiqcha yaqin yurmaslik va ozodalikka katta rioya qilish zarurdir.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odamning ingichka ichagida, lichinkalik davrida esa qoramollarning muskullari, jigari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Shu sababli bu parazit qoramol tasmasimon chuvalchangi nomini olgan.
Qoramol tasmasimon chuvalchangining uzunligi 8-10 m bo'ladi. Tanasi kichkina bosh, ingichka bo'yin hamda o`zun va keng gavda va bo'g’imlardan iborat. Boshi tog'nag'ich boshidan sal kattaroq bo'lib, unda doira shaklidagi muskulli ikki juft so'rg'ichlar joylashgan. Tanasi bo'g'imlarga bo'lingan bo'lib, ularning soni 1000 taga yetadi. Bo'yin qismi ancha mayda yosh bo'g'imlardan iborat. Bo'yin qismida yangi yosh bo'g'imlar hosil qilib o'sadi. Yangi hosil bo'lgan bo'g'imlar dastlab juda kichik bo'ladi, ular tana bo'ylab surilgan sari o'sib, yiriklasha boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odamning ingichka ichagida, lichinkalik davrida esa qoramollarning muskullari, jigari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Shu sababli bu parazit qoramol tasmasimon chuvalchangi nomini olgan.