A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə13/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
Zoologiya majmua

Savollar: 1. G`ovaktanalilar tipining qanday umumiy bеlgilari mavjud?2. Tana tuzilishiga ko`ra qanday tiplari bor?3. G`ovaktanalilarning hujayra elеmеntlari nimalardan iborat?4. G`ovaktanalilarda fiziologik jarayonlar qanday sodir bo`ladi?
5. G`ovaktanalilar qanday ko`payadi va rivojlanadi?6. G`ovaktanalilarning ekologiyasi

9-MA’RUZA


Mavzu: Bo’shliqichlilar (Coelenterata) tipi.
Reja:

  1. Bo’shliqichlilar tipiga umumiy tavsif.

  2. Gidraning tashqi va icki tuzilishi.

  3. Gidraning ko’payishi.

  4. Dengiz bo’shliqichlilari.

  5. Bo’shliqichlilarning kelib chiqishi.

Mavzuga oid tuchuncha va atamalar: Bo’shliqichlilar, nursimon (radial) simmetriya, tana (gastral) bo’shliq, ektoderma va entoderma, mezogliya, paypaslagichlar, chuchuk suv gidrasi, tovon, sanchuvchi –otiluvchi hujayralar, sezuvchi maxsus o`simta – knidotsil, sochqin (tarqoq) nerv sistemasi, ko`rtaklanib ko’payish, jinsiy ko’payish, regeneratsiya, aktiniyalar, koloniya hosil qiluvchi poliplar, korall riflari, medo`za, ildizog`iz va aureliya meduzasi.
Mavzuning maqsad va vazifalari: Кeltirilgan atama va tuchunchalarni izohlash va ularni o’zaro bog’lab tuchuntirish: ko'p hujayralilik, hujayraning differensiallashganligi; tananing nursimon simmetriyasi; ektoderma, entoderma, mezogleya; ekto-entoderma hujayra tiplari; gastral bo'shliq, bo'shliq va hujayra ichida ovqat hazm bo'lishi; diffuz nerv sistema, ropaliyalar; jinssiz va jinsiy ko'payish, nasllar davomiyligi, poliplar, meduzalar, planula.Bo’shliqichlilar tipidagi aromorfoz (yo`qsalish)ni belgilari, ta’rifi. Bo’shliqichlilar tipi va sinfiga umumiy tavsif bera olish. Bo’shliqichlilar tipining ko’payish turlari va ularning o’zaro bog’liqligini tushuntirib berish. Bo’shliqichlilar tipining evolyutsion (rivojlanish) ahamiyatini tushuntirish. Bo’shliqichlilar tipini asosiy vakillarining to`zilishi va ahamiyatini tushuntirish.
Bo’shliqichlilar tanasi ikki qavat bo’lib joylashgan hujayralardan tashkil topgan bo’lib, 9000 turni o’z ichiga oladi. Tanasi nursimon (radial) simmetriyaga ega. Tanasining katta qismini egallagan markaziy bo’shliq bir vaqtning o’zida ichak va tana bo’shlig’i bo’lib xizmat qiladi. Ichak tana (gastral) bo’shlig’i – og’iz teshikchasi orqali tashqi muhit bilan tutashgan. Gastral bo’shlig’ining devori – tananing asosiy qismi – ektoderma va entoderma epiteliya to’qimasidan tuzilgan. Bularning oralig’ida turlicha rivojlangan mezogliya qavati joylashgan. Og’iz teshigi atrofida yoki tananing boshqa sirtqi qismida joylashgan paypaslagichlar oziqni ushlash va himoya vazifasini bajaradi. Nerv hujayralari tanada tarqoq (diffuz) holda joylashgan.
Ektodermada joylashgan maxsus otiluvchi hujayralar mazkur tip uchun xarakterli bo’lib, bulardan otilib chiqadigan zaharli ip – o’lja tutish va himoya vazifasini bajaradi. Bularning barcha vakillari suvda yashaydi.
Bo’shliqichlilar tipi quyidagi sinflarga bo’linadi;

  1. Gidrozoylar sinfi – Hidrozoa. Asosiy vakili: Chuchuk suv gidrasi.

  2. Sifamеduzalar sinfi - Sciphozoa. Asosiy vakili: Aureliya.

  3. Korall yoki marjon poliplar sinfi – Anthozoa. Asosiy vakili: Aktinia.

Endi quyida ularning asosiy vakillari bilan qisqacha tanishamiz.
Chuchuk suv gidrasi (Hydra) - tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida suv o’simliklari yoki mollyuskalar tanasiga yopishib, o’troqlik bilan hayot kechiruvchi hayvon uchraydi. Uni akvariumda ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5-7 mm bo’lib, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki ingichkalashgan (tovon) qismi suv o’simliklariga yoki mollyuskalar chig’anog’iga yopishishga xizmat qiladi. Tananing o`rta qismi bir oz yo`g`onlashgan. Ustki qismida esa 6-8 ta ancha uzun paypaslovchilarning o`rtasida og`iz teshikchasi joylashgan. Gidra tanasining ko`p qismini ichak – tana (gastral) bo`shlig`i egallagan bo`lib, u paypaslovchilarning ichki qismigacha borib kirgan. Mazkur bo`shliq – ichak va tana bo`shliq vazifasini o`taydi.
Og`izcha orqali gastral bo`shlig`iga doim kelib turadigan suv bilan oziq paypaslovchilar yordamida olinadi. Hazm bo`lmagan oziq qoldig`i va ayirish mahsuloti suv oqimi bilan yana og`izcha orqali tashqariga chiqariladi. Demak, boshqa kovakichlilar kabi gidralardagi og`izcha – og`iz va chiqarish (anal) teshikchasi vazifasini o`taydi. Ayrim hollarda (ko`pincha ovqat qidirganda) u bir necha marta o`zayib cho`zilishi yoki kuchli qisqarib, yumaloq shaklga kirishi mumkin. Sharoit bir oz yomonlashganda yoki ovqat yetishmagan vaqtda gidra “joyidan qo`zg`alib”, paypaslovchilar yordamida o`rmalab harakatlanadi. Boshqa “muvofiq joyga” borgach, yana biror o`simlikka yopishib yashay boshlaydi.
Gidraning tanasi va paypaslovchilari ikki qavat epiteliya to`qimasidan tashqi – ektoderma va ichki - entodermadan tarkib topgan. Bularning oralig`ida hujayrasiz mezogleya qavati joylashib, u tayanch vazifasini o`taydi.
Ektoderma zich joylashgan maydaroq hujayralardan tuzilgan. Ektoderma qavatida sanchuvchi – otiluvchi hujayralar bo`lishi xarakterlidir. Sezuvchi maxsus o`simta – knidotsilli bu maydaroq hujayralarning ichki qismida “kapsula” deb atalgan alohida organoid o`zida spiral shaklda “o`ralgan” otiluvchi zaharli tola saqlaydi. Otiluvchi hujayraning sezuv o`simtasi ta`sirlanishi bilan hujayra ichidagi spiral tola otilib chiqadi va yaqinlashgan hayvon (“dushman”) tanasiga sanchilib uni zaharlaydi. Himoya va hujum vazifasini o`taydigan bunday otiluvchi hujayralar ayniqsa paypaslovchilarda va og`izcha atrofida ko`p. Binobarin gidra “hujum” vaqtida birdaniga yuzlab zaharli tola “otib” chiqara oladi va shular vositasida hatto mayda baliq chavaqlarini ham zaharlab ushlashi va o`zlashtirishi mumkin. “Ishlatilgan” hujayralar o`rniga darhol yangilari yetishib turadi.
Bir qancha ektoderma hujayralarining ichki (mezogleyaga tutashgan) qismida qisqaruvchi muskul tolalari bo`lib, ular gidra tanasi bo`ylab, uzunasiga joylashgan. Bunday tolalarning qisqarishi natijasida gidra tanasi kichrayadi. Bularni epiteliya – muskul hujayralari deb nomlangan.
Bu hujayralarning tana devoriga botib kiradigan tomoni juda kengaygan bo`lib, unda muskul tolalari joylashgan. Teri-muskul hujayralari gidra tanasida zich joylashganligi tufayli muskul tolalari ham butun tana bo`ylab bir tekis tortilgan bo`ladi. Tananing qaysi tomonidagi muskul tolalari qisqarsa, gidra o`sha tomonga egiladi. Muskullarning xuddi ana shu yo`sinda qisqarishi tufayli gidra galma-gal paypaslagichilarida va tovonida turib “umbaloq oshib” harakatlanadi. Gidra “odimlab” ham harakat qiladi. Buning uchun u avval egib, paypaslagichlari bilan o`zi o`tirgan narsaga yopishadi. Shundan so`ng tanasining keyingi qismini tortib olib, bir “qadam” tashlaydi. So`ngra bosh tomonini oldinga surib, tovonini tortib oladi. Bu uning ikkinchi “qadam”i bo`ladi. Barcha teri-muskul hujayralaridagi muskul tolalari birdaniga qisqarganida gidra tanasi tortilib yumaloqlanadi.
Ektoderma qismida yana mayda, yulduzsimon shoxlangan tanachalar mavjud; bular nerv hujayralaridir. Bular sodda tipdagi sochqin (tarqoq) nerv sistemasini tashkil etib, o`z navbatida muskul hujayralari bilan va ektodermadagi maxsus sezuvchi hujayralar bilan tutashgan.
Bu hujayralar kam sonli bo`lib, ular gidra tanasida, juda siyrak joylashgan. Bir-biriga yaqin joylashgan nerv hujayralarining o`simtalari tutashib, nerv to`rini hosil qiladi. Nerv hujayralarining o`simtalari teri-muskul va o’tuvchi hujayralar bilan ham tutashadi. Nerv hujayralari yordamida gidra tashqi muhit ta`sirini sezadi. Agar gidra tanasiga nina tekkizilsa, ta`sirlanish sekinlik bilan hamma nerv hujayralariga va ularning o`simtalari orqali teri-muskul hujayralariga tarqaladi. Ta`sirlanishiga javoban muskul tolalari bir vaqtning o`zida asta-sekin qisqara boshlaydi. Buning natijasida gidra tanasini yig`ib olib, yumaloqlanadi. Nina olingandan so`ng ta`sirlanish to`xtatilgani tufayli gidraning tanasi asta-sekin yozilib, yana o`z holiga qaytadi.
Gidraning ta`sirlanishiga javoban tanasini yig`ib olish xususiyati refleks deb ataladi. Gidrada faqat bir necha xil oddiy reflekslar hosil bo`ladi. Murakkabroq tuzilgan hayvonlarda xilma-xil reflekslar hosil bo`ladi.
Entoderma – gidra ichak tana (gastral) bo`shlig`ini qoplagan bo`lib, g`o`lasimon yirik va xivchinli hujayralardan tarkib topgan. Entoderma xivchinlari suv oqimi harakatiga va shuningdek, gastral bo`shlig`iga kirgan oziqni ushlab olishga xizmat qiladi. Bu hujayralar ko`pincha yolg`onoyoq o`simtalari hosil qilib, tanaga kirgan ovqatni o`zlashtiradi. Oziq entoderma hujayralarining sitoplazmasida hazm bo`ladi.
Gidra – sodda hayvonlar, kolovratkalar, tuban qisqichbaqalar, mayda hasharot lichinkalari va ba`zan mayda baliq chavaqlari bilan oziqlanadi. Entoderma qavatida ham epiteliya – muskul hujayralari ko`p. Ularning mezogleya tomoniga yopishgan qisqaruvchi tolalari gidra tanasiga nisbatan ko`ndalang (halqasimon) joylashgan. Mazkur tolalar qisqarganda gidra tanasi cho`ziladi.
Gidraning ko’payishi - jinssiz, ya’ni bo’linish, ko`rtaklanish va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Ko`rtaklanib ko’payishda - gidra tanasidagi bo’rtma shaklida, ekto va entoderma ishtirokida yetishadi va uning ichki gastral qismi ona gidraning ichak – tana bo’shlig’i bilan tutashgan bo’ladi. Ko`rtak ona tanasi hisobiga oziqlanib, tez o’sadi va keyinchalik unda paypaslovchilar va og’iz teshikchasi hosil bo’ladi. Yetilgan ko`rtak ona tanasidan ajralib, mustaqil hayot kechirishga ko’chadi. Yashash sharoiti qulay bo’lib, oziq yetarli bo’lgan hollarda har bir ona gidra tanasida 2-3 tadan ko`rtak yetishadi. Gidralar bahordan ko`zgacha, asosan ko`rtaklanish yo’li bilan ko’payadi.
Jinsiy ko’payish - gidra ikki jinsli germafrodit (xunasa) bo’lib, har bir gidrada tuxum hujayrasi va spermatozoidlar yetishadi. Ba’zi turlari ayrim jinsli. Ko’pincha tuxum hujayralari tananing ektodermasida yetishib, ancha yirik va maxsus qobiq bilan o’ralgan bo’ladi. Spermatozoidlar esa og’izga yaqin qismida yetishadi. Xunasa turlar ham almashinib (boshqa gidraning spermasi bilan) otalanadi. Chunki, ularda sperma va tuxum har xil vaqtda yetishadi. Ko’pchilik turlarda jinsiy hujayralarning yetilishi va otalanishi kuz fasliga to’g’ri keladi. Lekin otalangan tuxum kelasi yil bahorida rivojlanib voyaga yetadi.
Tuban ko`p hujayralilar sifatida gidralarda regeneratsiya – zararlangan, yo`qolgan qismini qayta tiklay olish xususiyati kuchli rivojlangan. Gidraning bittagina uzilgan paypaslagichi yoki tanasining yuzdan bir qismi hamj ma`lum sharoitda o`sib, katta gidraga aylanishi mumkin. Gidralar uchun yakka holda yashash xosdir.
Bo`shliqichlilarning juda ko`p turlari dengizlarda hayot kechiradi. Ular orasida o`troq, yakka va koloniya bo`lib yashovchi poliplar hamda erkin so`zib yuradigan meduzalar bor.
Aktiniyalar – yakka va o`troq yashovchi poliplar hisoblanadi. Tana tuzilishi va shakli gidraga o`xshash bo`ladi. Lekin gidradan ancha yirik (tana diametri 0,5 m gacha) va qisman rangli bo`lishi bilan farq qiladi. Aktiniyalarning paypaslagichlari og`iz teshigi atrofida bir nechta qator bo`lib joylashgan. Hamma aktiniyalar suv tubidagi narsalarga yopishib yashaydi, ba`zan tovonida asta-sekin harakat qiladi. Gidra singari ular ham o`ljasini otiluvchi iplari bilan jarohatlaydi va paypaslagichalari yordamida og`ziga keltiradi. Aktiniyalarning ko’pchiligi turli hayvonlar, jumladan birmuncha yirik qisqichbaqasimonlar, hatto mayda baliqlar bilan oziqlanadi.
Aktiniyalar ayrim jinsli. Aktiniyalar jinssiz teng ikkiga bo`linish orqali va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Jinsiy a’zolari (gonada) gastral bo’shlig’ida devorida joylashgan. Tuxumning otalanishi (erkak aktiniyadan hosil bo’lib og’iz orqali kirgan sperma bilan qo’shilishi) va dastlabki rivojlanish ona tanasida boradi. Jinsiy ko`payganda urug`langan tuxumdan hosil bo`lgan yosh bo`g`ini –planula lichinkalari ona tanasidan suvga tarqalgach, bir necha vaqtdan so’ng suv tubiga cho’kadi, biror narsa (substrat) ga yopishib, o`troq polipga aylanadi va asta-sekin o’sib voyaga yetadi.
Bundan tashqari aktiniyalar ko`rtaklanib ham ko’payadi. Hosil bo’lgan ko`rtak – ona tanasidan ajralib, biror narsaga birikishi bilan o’sadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Aktiniya okean va dengizlarda ko’p tarqalgan. Janubiy issiq dengizlarda ularning bir muncha katta (30-70 sm), turli rangdagi va uzun paypaslovchili rangdor turlari ko’p uchraydi. Bularning hayoti uchun krablar tanasi ustiga joylashib simbioz holda hayot kechirishi xarakterli (krablar aktiniyalarni o’z ustlariga mingashtirib oladilar. Bu bilan ular o’zlarini “dushman” lardan yaxshi himoya qila olishi aniqlangan). Kovakichlilar o’rtasida aktiniyalar eng o`zoq yashaydigan hayvonlar bo’lib, 50-60 yilgacha umr ko’radi.

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin