A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Yüklə 7,2 Mb.
səhifə10/87
tarix11.10.2023
ölçüsü7,2 Mb.
#153898
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
Zoologiya majmua

­­ So`ruvchi infuzoriyalar (Suctoria) sinfi– o`troq organizmlar bo`lib, 10 dan ortiq turlarini o`z ichiga oladi. Bu infuzoriyalar uchun voyaga yetgan davrda kiprikchalar bo`lmasligi, bularning o`rniga bir nechta maxsus so`ruvchi o`simtalar – paypaslovchilar bo`lishi xarakterlidir. So`ruvchi paypaslovchilarning uchi bir oz yo`g`onlashgan: ular ovqatni ushlab olish va “so`rib” o`zlashtirishga xizmat qiladi. Agarda suktoriyaning yonidan birorta tufelka yoki infuzoriya suzib o`tgudek bo`lsa, so`ruvchi paypaslovchilar darhol uni ushlab (yopishtirib) oladi va shu holda uning tanasidagi hamma qismini so`rib, endolazmasiga o`tkazadi. Suktoriyalar – yirtqich infuzoriyalardir.
Suktoriyalarda makro va mikronukleus, ya`ni 2ta yadro bo`ladi. Ular ko`rtak hosil qilib, jinssiz ko`payadi. Ko`rtak suktoriyaning endoplazmasida ayrim tanacha shaklida yetishgach, ektoplazmadagi maxsus teshikcha orqali tashqariga chiqadi. Kiprikchalar bilan qurollangan bunday ko`rtakcha bir qancha vaqt suvda suzib yurib nihoyat bir narsaga borib, “joylashadi” va kipriklarini yo`qotib, o`troq yashashga o`tadi. Suktoriyalar ba`zi turlari umurtqali hayvonlarda parazitlik bilan hayot kechiradi.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar asosida infuzoriyalar sinfiga mansub tuzilganligi va xilma-xilligi to`g`risida tasavvur hosil etish mumkin.
Bir qancha xil umurtqali va umurtqasiz hayvonlarda hamda insonga parazitlik bilan hayot kechiruvchi infuzoriyalarning turlari nihoyatda ko`p bo`lib, bular har xil turkum va guruhlarga mansubdir.
Balantidiy (Balantidium coli) odamlarning ingichga yoki yo`g`on ichagida parazitlik qiladi.
Kattaligi 30-150mk keladi. U tekis kipriklilar turkumiga mansubdir. Tanasi loviyasimon bu parazit ingichka ichak devori hujayralariga o`tib, u yerda jarohat hosil qilishi bilan xavfli-qonli ichburug` kasalini vujudga keltiradi va qizil qon tanachani yutib ovqatlanadi. Balantidiy yo`g`on ichakda yashaydigan vaqtda odamga zarar yetkazmaydi. Lekin, bunday odamlar parazitning sistalarini tarqatadilar.
Balantidiy cho`chqa, sichqon, kalamush va odamsimon maymunlarning ichagida ham parazitlik qiladi. Odamga asosan cho`chqaning sistali tezagi orqali yuqadi. Bunday bemor tezda davolanishi lozim.
Ot, eshak va qoramollarning ichagida 100 ga yaqin turga mansub parazit infuzoriyalar uchraydi. Ular turli turkumlarning vakillari bo`lib, ko`pincha otning yo`g`on ichagida, ko`richak yoki ingichka ichagida yashaydi. Ba`zan otning ichida ko`payib, 1sm3 ichak suyuqligida 3 mln.gacha infuzoriya uchraydi. Ular otlarning oziqlanishi va hazm qilishini pasaytiradi.
Ofrioskoletsida (Ophryoscolesidae)lar qo’y, echki, qoramollar kabi hayvonlarning qornida hayot kechiradi. Bularda kiprikchalarning ko’pi yo’qolgan, bir qancha kiprikchalar o’zaro birikib sirrilar hosil qilgan bo’lib, bular tananing oldingi og’iz qismida joylashgan.
Mazkur infuzoriyalarning ko’pchiligi o’simlik mahsuloti, ba’zilari mikrob va zamburug’lar bilan oziqlanadi. Ba’zilari yirtqich. Bu infuzoriyalar bir hayvondan ikkinchisiga og’iz bo’shlig’i va so’lagi orqali yuqadi.
Ixtioftirius (Ichthyophthirius)lar karp, sazan (zog’ora baliq), gulmoy va boshqa baliqlarning terisida, so`zgichlari (yoki jabralari)da parazitlik qiluvchi yirik (0,5-1mm) infuzoriyalar bo’lib, baliqchilik xo’jaligiga katta zarar yetkazadi. Ixtioftirius 5 so`tka davomida o’sib, terida yirik jarohat hosil qiladi va baliqlarni ko’plab nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu parazit maxsus rivojlanishi – sistalanib ko’payishi orqali sog’lom baliqlarga yuqadi. Yetilgan parazit sistalanib, suv tubiga cho’kadi va sista ichida bo’linib, 1000 larcha mayda “kezuvchi” individlar hosil qiladi. Sistadan chiqqan mana shunday “kezuvchi” parazitlar sog’lom baliqlar terisiga kirib, kasallik vujudga keltiradi.
Trixodinlar (Trichodina) - ham baliqlarda parazitlik qiladi va baliqchilikka zarar yetkazadi. Bu kasalliklar O’zbekiston va Qoraqalpog’iston suv havzalarida uchrab turadi.
Entodiniomorfa (Entodiniomorpha) – kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida, ichagida, toq tuyoqlilarning yo’g’on ichagida yashaydi.
Infuzoriyalarning miqdori hayvon iste’mol qiladigan yem-xashakka ham bog’liq. Agar yem-xashak tarkibidagi uglevodlar va oqsillar miqdorini ko’paytirsak, ularning soni tez o’sadi.
Infuzoriya tufelka sinfning eng xarakterli vakili bo’lib, o’lchami 0.1 – 0.3 mm ga teng. Bularni chirindi, organik moddalar va mikroblari ko’p ba’zi kichik suv havzalari va ko’lmak suvlarda ko’plab uchratish yoki maxsus tayyorlangan suvli idishda ko’paytirib tekshirish mumkin.
Yassiroq tuzilgan tufelka tanasining oldingi qismi bir oz ensiz – to’mtoqroq, orqa tomoni serbarroq – qirrali bo’lib, tanasi umuman tufli tagcharmi shaklini eslatadi.
Tufelka tanasining bir tomonida kattagina botiqlik bo’lib, buni og’iz oldi qismi – peristom deyiladi. (shu tomoni tufelkaning “qorin” tomoni hisoblanadi.) Og’iz oldi botiqligining ostida hujayra og’izchasi – sitostoma joylashgan. Mazkur teshikchadan endoplazmaga tomon “halqumcha” – sitoforinks naychasi yo’nalgan.
Tufelkaning ektoplazma qismi bir necha qavatli va murakkab tuzilgan; u chidamli pellikula bilan qoplangan, uning ostki qismida kiprikchalarning bazal tanachalari, tayanch (skelet) tolalari va minglarcha cho’ziq tanachalar – trixosistlar joylashgan. Bu tanachalar himoya vazifasini bajaradi.
Infuzoriyalarga biror boshqa hayvon yaqinlashganda yoki u biror moddadan ta`sirlashganda trixosistlardan maxsus tolachalar otilib chiqib, uzun ipchaga aylanadi va “dushman” ni cho`chitadi yoki halok qiladi. “Ishlagan” trixosistlar o`rniga yangisi yetishib chiqadi.
Tufelka tanasining bir tomonida kattagina botiqlik bo`lib, buni og`iz oldi qismi - peristom deyiladi (shu tomoni tufelkaning “qorin” tomoni hisoblanadi).
Og`iz oldi botiqligining ostida hujayra og`izchasi – sitostoma joylashgan. Mazkur teshikchadan endoplazmaga tomon “halqumcha” – sitoforinks naychasi yo`nalgan.
Og`iz oldi qismi – peristomning ostidagi kiprikchalar yirikroq bo`lib, ular oziq zarralarini olishga xizmat qiladi. “Halqumcha” ning ichki devoridagi zich joylashgan kalta kiprikchalar esa to`lqinli harakatlanib, oziq zarrasini endoplazmaga o`tkazishga yordam beradi va “halqum” ning (sitoforinks) endoplazma bilan qo`shilgan joyiga, ya`ni halqum tubiga to`planadi. Tufelka asosan bakteriyalar bilan oziqlanadi (suv o`ti va chirindilar). To`plangan oziq moddalar uning ostida davriy ravishda hosil bo`lib turadigan sharsimon suyuqlik (pufakcha) oziq hazm qilish vakuolasiga beriladi. Endoplazmada 1 nechta hazm vakuoli hosil bo`lishi mumkin va ular asta aylanib harakat qila boshlaydi. Mana shu harakat davomida oziq vakuolidagi hazmga yordam beradigan suyuqlik (sekret) larning kimyoviy tartibi o`zaro borib, nihoyat oziq zarrasi hazm bo`lishi (erishi) bilan u endoplazmaga tarqaladi. Amyoba singari tufelkada ham oziq vakuol ichida hazm bo’lib, undan sitoplazmaga so’riladi. Ba’zi vakuollardan hazm bo’lmay qolgan zarralar hosil bo’lsa, ular peristomning qarshi (“yelka”) tomonidagi maxsus chiqarish teshikchasi (poroshitsa) orqali chiqarib tashlanadi. Shuni aytib o’tish zarurki, ular juda ochko’z hayvonlar bo’lib, oziq moddalarni hamma vaqt ham qabul qilishga tayyor turadi.
Tufelkaning nafas olishi va ayirishi ham amyobanikiga o’xshaydi. Kislorod suv bilan birga tana qobig`i orqali sitoplazmaga doimo sizib o`tib turadi. Ikkita qisqaruvchi vakuollari oldingi va keyingi tomonida joylashgan bo`lib, galma-galdan qisqarib turadi.
Har bir qisqaruvchi vakuola markaziy pufakcha va 5 ta keltiruvchi naychalardan tarkib topgan bo’lib, mikroskopda qaralganda yulduzga o’xshaydi. Ortiqcha suv va metabolizm mahsuloti dastlab mazkur naychalarga to’planib, keyin pufakchaga quyilgach, undan ektoplazma orqali tashqariga chiqariladi. Shuning uchun naychalar to’lgan vaqtda pufakcha kichkina bo’lib, suyuqlik pufakchaga o’tganda esa naychalar bo’shab ingichkalashadi. Ikki tomondan qisqaruvchi vakuolalar, odatda, navbatlashib ishlaydi, ya’ni birida pufakcha, esa naychalar to’lgan bo’ladi. Tufelka mazkur organoidlar yordamida har 45 minutda o’z tanasining hajmi barobarida suyuqlik ajratadi. Demak, qisqaruvchi vakuolalar osmoregulyatorlik vazifasini ham bajaradi.
Tufelka endoplazmasining o’rta qismida katta yadro-makronukleus va kichik yadro- mikronukleus bo’lishi xarakterlidir. Anchagina katta va loviya shaklidagi makronukleusning botiq tomonida, undan ko’p marta kichik mikronukleus joylashgan. Makronukleus o’zida juda ko’p xromosomalar (DNK) saqlaydi va shu tufayli u infuzoriya tanasida boradigan muhim tiriklik jarayonlari, jumladan, oqsil moddalari sintezlanish protsessini boshqarish vazifasini bajaradi. Mikronukleus karioplazmasida xromosomalar (DNK) uncha ko’p emas, u infuzoriyaning asosiy irsiy xromosomalarini (DNK) saqlab, irsiyat va jinsiy vazifasini bajaradi.
Tufelka ko'ndalangiga bo'linib ko'payadi. Dastlab mikronukleus mitoz, makronukleusning amitoz yo'li bilan ko'payib, so'ngra infuzoriya tanasi 2 ga bo'linadi. Yangi-yosh (kichik) tufelkalarda peristom, og'izcha va boshqa organoidlar yangidan yetishadi. Shu bilan birga kiprikchalarning bazal tanachalari ham 2 ga bo'linib, «ona» infuzoriyada bo'lgan miqdorda kiprikchalar vujudga keladi. Normal harorat va yetarli oziqlanish sharoitida bir kecha-kunduzda har-bir tufelka 2 marta bo'linib, 4 ta infuzoriya hosil qiladi.
Tufelkada jinsiy hodisa – qonyugatsiya hodisasi vaqti-vaqti bilan ro'y berib turadi. Qonyugatsiya boshlanishida 2 ta tufelka peristom va «og'izcha» tomonlari bilan bir-birlariga yopishib oladida oziqlanishni to'xtatadi va 11-12 soat so`zib harakat qiladi. Bu paytda ularning yadro apparatlarida o'zgarish ro'y beradi. Dastlab makronukleus mayda qismlarga bo'linib, asta-sekin yo'qolib ketadi. Mikronukleus mitoz yo'li bilan 2 marta bo'linib, har individda 4 tadan yadro hosil bo'ladi, ularning 3 tasi yo'qoladi. Shundan so'ng 1 tadan qolgan yadro yana 2 ga bo'linib, 2 xil yadro – pronukleuslar hosil qiladi. Bularning biri harakatsiz – statsionar bo'lib, ikkinchisi harakatchan migratsion pronukleuslardir. Bir oz muddat o`tgach, qonyugatsiyalashuvchi infuzoriyalar harakatchan yadrolarini almashtirib oladilar, ya`ni birinchi tufelkaning harakatchan yadrosi – ikkinchisiga, uniki birinchining endoplazmasiga o`tadi. Shundan keyin «sherik» infuzoriyadan o`tgan harakatchan yadro – mazkur tufelkaning statsionar yadrosi bilan qo`shiladi. Bu hodisa ikkinchi infuzoriyada ham sodir bo`ladi. Shunday qilib, qonyugatsiyalanuvchi tufelkalarda yangi-mushtarak yadro vujudga keladi, bu (yangi) yadro sinkarion deb nomlanadi.
Shu hodisadan keyin «sherik» infuzoriyalar bir-biridan ajraladi. Har birida yangi hosil bo`lgan yadro-sinkarion 8 taga bo`linib, ularning to`rttasidan – ko`p xromosomali (yangi) makronukleus, qolgan to`rttasining birikishidan esa mikronukleus hosil bo`ladi. Qonyugatsiya natijasida yadrolari yangilangan – yoshargan infuzoriyalar aktiv hayot kechirishga va tezlik bilan ko`plab, bo`linib ko`payishga kirishadi.
Yuqorida bayon etilganlardan ravshanki, qonyugatsiya vaqtida infuzoriyalar ko`paymaydi, binobarin bu hodisani «jinsiy ko`payish» deb bo`lmaydi. Lekin, u haqiqatan ham jinsiy protsessdir, chunki bu jarayon natijasida qonyugatsiyalanuvchi individlarning ikki xil yadrolari o`zaro qo`shiladi, ya`ni erkaklik va urg`ochilik gametalarning qo`shilishi – otalanish kabi hodisa ro`y beradi. Qonyugatsiya – ­jinsiy protsessining mohiyati – infuzoriyalarda yadro apparati (birinchi navbatda mikronukleus) ning yangilanishi – yosharishi va shu bilan birga, ikki individ irsiy moddalari (xromosoma va DNKlari) ning qo`shilishi tufayli ularning irsiy o`zgaruvchanlik qobiliyati ortishidan iboratdir. Irsiy o`zgaruvchanlik tufayli turli hayot sharoitiga moslashgan organizmlarning formalari kelib chiqadi.
Infuzoriyalar qonyugatsiyalashmasdan ham o`zoq muddat yashay oladi. Lekin, bunday sharoitda bitta tufelkaning o`zidagi “qarigan” makronukleus yemirilib ketadi-da bo`lingan mikronukleuslarning o`zaro qo`shilishi natijasida pronukleus yetishib undan yangi makronukleus va mikronukleuslar hosil bo`ladi.
Bir hujayralilarning filogеnеyasi. Evolyo`tsiya jarayonida bir hujayralilar eng dastlabki paydo bo`lgan hayvonlar xisoblanadi. Ularning turli xil yashash sharoitlariga moslashishi tufayli to`zilishi murakkablashib, turlarining soni xam ortib borgan. Xozirgi xivchinlilar va sarkodalilar barcha hayvonlarning dastlabki ajdodlari emas.
A.I. Oparin organik moddalarni tirik organizmlar paydo bo’lmasidan avval nobiologik yo’l bilan paydo bo`lgan dеydi. Dastlabki orgnaizmlar atrofdagi oganik moddalarni diffuziya yo`li bilan qabul qilib, oziqlanganlar dеydi. Shunga ko`ra, xivchinlilar va sarkodalilar juda sodda tuzilgan va xozirgacha saqlanib qolmagan, eng sodda tuzilgan eukariot organizmlardan kеlib chiqqan dеyiladi.
Savollar:
1.Kipriklilarning xivchinlilardan farqi va o`xshashligi nimada?
2.Tufelkaning harakatlanishi yashil evglenadan qanday farq qiladi?
3.Infuzoriyalarning tabiatda tarqalishi va ahamiyati qanday?
4.Infuzoriyalarning asosiy biologik xususiyatlari nimada?
5.Infuzoriyalarning klassifikatsiyasini bilasizmi?
6.Teng kipriklilar turkumini infuzoriya tufelka misolida batafsil gapiring.
7.Qorin kiprikli infuzoriyalar turkumini stilonxiya misolida tuchuntiring.
8.Har xil kiprikli infuzoriyalar turkumini karnaycha infuzoriyasi misolida tuchuntiring..
9.Doira kiprikli infuzoriyalar turkumini suvoyka infuzoriyasi misolida tuchuntiring.
10.So’ro’vchi infuzoriyalar turkumini suktoriyalar misolida tushunting.
11.Infuzoriyalarning qanday parazit turlarini bilasiz.
7-MA’RUZA

Yüklə 7,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin