72
tarqalgan ma‘lumotga ko'ra, bolalarning lug'at hoyligini bog'chagacha bo'lgan
davrda o'sishi qo'yidagi raqanilarni ko'rsatadi: 1 yosh-u 6 oyda —10—15 ta
so'z, 2-yilning oxiriga kelib — 300 ta so'z, 3 yoshga borganda — 1000 ta so'z.
Bola hayotining 3-yiliga kclib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi.
Awal bola o'z xohish va iltimoslarini bir so'/ bilan ifodalaydi.
Keyinchalik 1-2 ta so'zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‗la boshlaydi.
Uchinchi davr — maktabgacha bo'lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bo'lgan davrda bolalar birinchi navbatda
artikulatsion jihatdan oson
talafTuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari — p, b, m , f e va boshqalarni
o‗rganadilar. Artikulatsion jihatdan talaftu/. etish qiyin bo'lgan: shivirlovchi,
sirg'aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r•, l), til orqa (к, g) tovushlarini
talafFuz.ini egallashda qiynnladilnr. Sluining uchun
bolalar bu tovushlarni
nutqda noto'g'ri qo'llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
3—7 yoshgacha bo'lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu
esa bolaning o'z talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi.
Ba‘zi hollarda bola o‗z kamchiligini to'g'rilavdi. Unda foncmatik idrok
shakllanib boradi.
Bu davrda lug'at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 4—6 yoshida
lining aktiv lug'ati 3000- 4000 ta so'zgacha vctadi. Lug‗at bovligi usib borishi
bilan birgalikdn nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4-viliga kc lib, ular o'z nutqlarida
sodda va murakkab gaplarni
qo'llay boshlaydilar. 5 voshga kelib csa, qo'sluna gaplardan erkin tovdalana
oladilar. 5 yoshli bolalar qo'shimclia savollarsiz hikova va ertaklarni aytib
berish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada
rivojlanadi Bola awal unli
va undoshlami, so'ng sonor, shovqinli va sirg'aluvchi tovushlarni ajrata
boshlaydi.
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi,
unda foncmatik idrok
shakllangan bo'lishi lozim.
73
Bu vaqtga kelib tovushlarni to'g'ri talalTuzining shakllatiishi tugailanadi va bola
har tomonlama to'g'ri, aniq gapiradi.
To'rtinchi davr — maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha).Bu davming o'ziga
xos tomoni sliundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan
ongli ravishda ro'y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning
grammatik qonuniyatlamni egallaydilar.Bu davrda
nutqning yangi turi yozma
nutq yctakchi rol o'ynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib
boradi: chunki, agar, qachonki kabi bog'lovchilami ishlata boshlaydilar. Bu
bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda
o'z ifodasini topayotganligini ko'rsatadi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o'z vaqtida to'g'ri kcchishi uchun maxsus
sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
- bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog' bo'lishi;
— normal aqliy qobiliyatga ega bo'lishi;
— normal eshitishi va ko'rishi;
— yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo'lishi;
— gaplashish ehtiyojiga ega bo'lishi;
— to'g'ri nutq muhitiga ega bo'lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga
doimo yangi tushunchalami
o'zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasawurini kengaytirishga
imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning
rivojlanishi bilan uzviv bog'liqdir.