ajratib turadigan xarakterli belgi mehnatdir. Mehnat qurollar tayyorlashdan boshlanadi. Dastlabki qurollar ovchilik va baliqchilik anjomlari boigan. Ovchilik va baliqchilik o ‘simlik ovqatlari bilan bir qatorda go‘sht bilan ovqatlanishga o ‘tish uchun yo ‘1 ochdi. Bu esa odamning bunyodga kelishida yana bir qadam boiadi. Go‘shtli ovqatda odam organizmidagi moddalar almashinuvi uchun kerak 116
b o ‘ladigan eng zarur moddalaming hammasi deyarli tayyor holda
edi.
G o‘shtli ovqat iste’mol qilish ikki juda muhim yutuqni qo‘lga
kiritishga: olovdan foydalanishga va hayvonlami qo ‘lga o ‘rgatishga
olib keldi. Shulaming birinchisi hazm jarayonini yana-da k o ‘proq
qisqartirib qo‘ydi, ikkinchisi esa go‘shtli, shuningdek, sutli ovqatlar
zahirasining ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Inson xilma-xil ovqatlami yeyishga ko‘nikganidek, turli tuman
iqlim sharoitlai’ida yashashga ham o‘rganib oldi. Shu tufayli turar
joy, kiyim-kechak va boshqalarga ehtiyoj seza boshladi. Odamni
hayvondan tobora ko ‘proq uzoqlashtirib qo‘ygan mehnat sohalari
paydo bo‘ldi. Ovchilik bilan chorvachilik, dehqonchilik sohalari
qaror topdi. Kasb-hunarlar bilan birgalikda san’at va fan vujudga
keldi. Qabilalardan millatlar vadavlatlar shakllandi. Ularning o ‘zaro
munosabatlaridan huquq va siyosat bunyodga keldi. Lekin shu bilan
bir qatorda odam miyasida fantastik qarashlar ham rivojlanib bordi.
Fan va texnika rivojlanishining barcha sabablari miya faoliyatiga
bog‘liq ekanligi tobora m a’lum bo ‘la boshladi. Odamning mehnat
faoliyati munosabati bilan rivojlanib borgan ilm-fan asta-sekinlik
bilan takomillashib bordi. Muxtasar qilib aytganda, odamsimon
ajdodlarning odamga aylanishidagi jarayonlam ing asosiy omillari
qo‘yidagilar:
1) qo‘lning mehnat qurollarini yaratadigan a ’zoga aylanishi;
2) m a’noli nutqning rivojlanishi;
3) jam oa bo ‘lib yashash;
4) oliy nerv faoliyatining yuksak darajaga rivojlanishi.
Savollar: 1. Odam qaysi belgilari bilan antropomorf hayvonlardan farq
qiladi?
2. Odamning paydo bo‘lishiga olib kelgan jarayon mohiyatini
yoritib bering.
3. Tik holatda yurish odamning paydo boTishida qanday rol
o ‘ynagan?
117
4. Odamsimon ajdodlarning odamga ay lanishining asosiy
omillari nimaiardan i bor at?
5. Odamning paydo bo‘lishida mehnatning rolini ochib bering,
6. Nutq odamlarda qachon paydo boigan?