A. T. G 'o fu ro V, S. S. F a y z u lla y e V, A. K. R a X im o V, B. Z o X id o V a, F. I. M a tk a r im o V


Odam evolyutsiyasi haqida yangi nazariyalar



Yüklə 5,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/86
tarix16.09.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#144404
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86
G`ofurova A.T. Antropologiya.

Odam evolyutsiyasi haqida yangi nazariyalar:
• 35 million yil avval - maymunlar ibtidosi: antropoid 
Aegyptopithecus
• 5-7 million yil avval - odam va maymunlaring umumiy 
ajdoddan farqi
• 4 million yil avval - maymun odam: Australopithecus
• 2,4 million yil avval - uquvli odam: Homo habilis
• 1,9 million yil avval - ishga layoqatli odam: Homo Ergaster
• 1,8 million yil avval - tikka turuvchi odam: Homo eructus
• 0,5 million yil avval - qadimgi Homo sapiens
• 0,2-0,03 million yil avval - Homo neandertallar
• 0,2 million yil avval - Homo sapiens
Zamonaviy Homo sapiens tipidagi odamning kelib chiqishi va 
Yer yuzida tarqalishi haqida 2 ta raqobatdosh nazariya (model)lar 
mavjud.
Birinchi nazariya - o‘rin egallash modeli (Afrikadan tash-
127


qarida) Homo Sapienslar yagona ajdod bo'iganligini va bunday 
zamonaviy odamlar Afrikadan tarqalganligini ta’kidlaydi. Bundan 
esa odamlar bitta ajdoddan kelib chiqqan deb xulosa qilish mumkin.
Xristofer Stringer va Pitr Endryuvslaming o‘rin egallash 
modeli zamonaviy odamlar 200000—100000 yil oldin Afrikada 
qadimgi Homo Sapienslardan taraqqiy topgan va ulardan ba’zilari 
barcha Neandertallarning va boshqa oxirgi qadimgi Homo Sapiens­
lar o‘rnini bosib qadimiy dunyoning boshqa qismlariga migratsiya 
qilgan deb taxmin qiladi. Agar toshqotma bayonnomasi to‘g‘ri 
bo‘lsa, barcha zamonaviy odamlar zamonaviy Afrika ajdodlariga 
borib taqaladi. Olimlar fikriga ko‘ra Homo erectusdan meros bo‘lib 
qolgan odamlarning boshqa safdoshlari yo‘qolib ketgan. Bu fikrdan 
xulosa shuki, bugungi kunda odamlar orasida uchrayotgan hududiy 
anatomik farqlar keyingi rivojlanishlar hisoblanib, 50000-40000 
yillar oldin shakllangan.
Ikkinchi nazariya - k o ‘p hududiylik modeli zamonaviy 
odamlar qadimgi dunyoning barcha hududlarida mahalliy qadimgi 
Homo Sapienslardan taraqqiy topgan deb taxmin qiladi. Masalan, 
zamonaviy xitoyliklar xitoylik qadimgi Homo sapienslardan 
va oxirida xitoylik Homo erectusdan paydo bo‘3gan. Bu jarayon 
qadimiy dunyodagi xitoyliklar va boshqa odamlarda buyuk tarixiy 
o'tmishga ega degan ma’noni bildiradi. Bu modelning tarafdorlari 
barcha odamlar umumiy ajdodi million yillar oldingi Afrikadagi 
Homo Sapienslar deb ishonishadi. Bundan keyin, Yevropa, Afrika 
va Osiyo bo‘ylab reproduktiv izolyatsiya va aniq hududiy turlaming 
so‘nggi evolyutsiyasini himoya qiladigan yetarli gen oqimi borligi 
talimin qilingan.
K o‘p hududiylik inodeli zamonaviy Homo sapienslar Homo 
erectusning hududiy populyatsiyasidan paydo bo‘lgan qadimgi 
Homo sapienslar populyatsiyasining hududiy populyatsiyasidan 
rivojlangan.
128



Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin