Y xromosoma tahlilidan topiimalar natijalari
Jamlangan filogenetik daraxtda odamlar Afrikadan 0 ‘rta
Sharqqa, keyin janubiy va janubi-sharqiy Osiyoga, keyin Yangi
Gvineya va Avstraliyaga, Yevropa va Markaziy Osiyoga, Shimoli-
sharqiy Osiyo va Amerikaga migratsiya qilinganini ko‘rsatdi.
Sudan, Efiopiya va janubiy Afrikaning ba’zi zamonaviy
odamlari Afrikani tark etgan birinchi Homo sapienslaming yaqin
avlodi hisoblanishadi. Yangi Gvineya va Avstraliya bu jarayonda
barqaror bo‘lgan. Yaponiyada genetik izolyatsiyada o‘zgarmay
qolgan. Mutatsiyalar o‘ zi o‘rab turgan populyatsiyadan hayratlanarli
darajada farq qiladi. Mahalliy Amerikaliklarda Yevrosiyo va
Sharqiy Osiyo bilan umumiy avlod mavjud.
“Afrikadan tashqari” nazariyasining tahliliy natijalari shuni
ko‘rsatadiki, Homo sapienslar barcha oldingi odam populyat-
siyasining (Neandertallar va Homo erectuslar) o‘rnini egallagan.
Ular Afrikadan migratsiya qilishgan va bu populyatsiyada eng ko‘p
genetik xilma-xillik yo‘qotilgan.
Uchinchi nazariya -
Genografik loyiha
13-aprel 2005-yili
Milliy Geografik Jamiyat va IBM tomonidan boshlangan dunyo
bo‘ylab yuzlab, minglab odamlar DNK nushalarini yig‘ish va
tahlil qilish orqali tarixiy odam migratsiyalari namunalarini
xaritalashtirishni maqsad qilib qo‘ygan ko‘p yillik genetik
antropologik loyiha hisoblanadi [40]. Mazkur loyiha 2005-yildan
2015-yilgacha yuqorida ta’kidlab o‘tgan antropolog olim S.Uells
(Spencer Wells) tomonidan yaratildi va boshqarildi. Soha
tadqiqotchilari dunyo bo‘ylab 11 ta hududiy markazlarda mahalliy
aholidan DNK nushalarini yig‘di. Genografik loyiha 2012-yilning
kuzida Genetik Antropologiyaga bag‘ishlangan “genotip” deb
atalgan yangi genotipik to‘plamining tugallanganligini e’lon qildi.
Genotip antropologik testlar uchun maxsus tarzda loyihalashtiril-
130
gan va autosomik DNK, X-xromosoma DNKci, U-xromosoma
DNKsi va mitoxondrial DNKlami o‘z ichiga oldi.
S.
Uells va E. Elxaik tomonidan yaratilgan bu test odamlarni
9 ta ajdod hududlariga tegishli bo‘lgan genomik ajdod miqdorini
baholash orqali sinflarga ajratadi: shimoli-sharqiy osiyolik, dengiz
qirg‘oqlaridan uzoqdagi hudud vakillari, janubiy afrikalik, janubi-
g‘arbiy osiyolik, shimoliy yevropalik, afrika yarim cho‘li va
mahalliy amerikaliklardir.
131
|