8. Odamsimon ajdodlarning odamga aylanishidagi jara-
yonlarning asosiy omillari quyidagilar: 1) qoTning mehnat
qurollarini yaratadigan a’zoga aylanishi; 2) ma’noli nutqning
rivojlanishi; 3) oliy nerv faoliyatining yuksak darajada rivoj
lanishi; 4) jamiyatning vujudga kelishi; 5) ikki tomonlama
simmetriyaning vujudga kelishi; 6) tabiiy tanlanish; 7) irsiyat;
8) o‘zgaruvchanlik.
A) 1,2, 7 ,8
B) 1,2, 3 ,4
C) 4, 5, 6, 8
D) 5, 6, 7, 8
Odamzodning paydo boTishi haqidagi nazariya va tabiiy-
ilmiy dunyoqarashlar
Odam paydo boTishi nihoyatda murakkab muammolardan
biri hisoblanib, uni organik olam evolyutsiyasidan ajralgan holda
119
tushunish mumkin emas. Bu muammo uzoq davrlardan beri turli
xil munozaralarga, bahslarga sabab boMib kelmoqda. Turli dinlar
odamni Xudo yaratganligi to‘g‘risida muqaddas kitoblar Tavrot,
Injil, Qur’oni Karimdan qayd etilgan fikrlarini da’vat qilib, ilohiy
kuch tomonidan yaratilganligini ta'kidlaydilar. Musulmonlaming
muqaddas kitobi hisoblangan Qur’oni Karimning yettita surasida
odamning loydan, tuproqdan, suvdan, nutfa, maniydan, bir
parcha go'shtdan. qondan yaratilganligi haqida ta’kid lab o‘tiladi.
Jonsiz tuproq, loy, suvdan yaratilgan odamga Xudoning inoyati
bilan jon kiritilgan deyiladi. llm-fan esa odamning Yer yuzida
paydo bo'lganligim ashyoviy dalillar asosida yechishga harakat
qiladi. Biologiyaning alohida sohasi boMmish antropologiya
inson tanasining tuzilishi, uning qanday qilib paydo boTganligi,
takomillashib borganligi, odam gavda tuzilishining qaysi jihatlari
bilan hayvonot dunyosiga yaqinligini aniq dalillar - faktlar
yordamida tushuntiradi,
Odatda odamning hayvonot olamidan kelib chiqqanligi uning,
ayniqsa odamsimon maymunlar to‘g‘risida gap ketgandako'pchilik
ingliz tabiatshunosi, hozirgi zamon ilmiy biologiyasiga asos solgan
olim Ch. Darvinni aybiaydilar. Shuni ta’kidlash kerakki, odamning
hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligi to‘g'risida likr-mulohazalar
Darvindan ancha ilgari yashagan olimlar tomonidan ta’kidlab
o‘tilgan.
Odamning tabiiy ravishda paydo bo‘lganligi haqidagi g‘oya
aslida antik dunyoda yaratilgan. Chunonchi, eramizgacha VI asrda
yashagan Anaksimandr «barcha tirik mavjudotlar dastlab quyosh
nurlari isitgan loydan kelib chiqqan, so'ngra ularning ba’zilari
quruqlikka tarqalib,- o‘zgargan. Odam ham shu yo‘1 bilan paydo
boTgan» degan edi. Qadimgi yunonlaming odam paydo boTishi
haqidagi fikrlari tub mohiyati bilan to‘g‘ri boTsa ham, ular
hech qanday dalillarga asoslanmagan edi. Biroq tabiatshunoslar
qadimgi vaqtlardayoq odam bilan odamsimon maymunlar orasida
o‘xshashlik borligini e’tirof etdilar va odamsimon maymunlami
«o‘nnon odamlari» deb atadilar.
120
IX-X asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshimiz buyuk olim
Abu Nasr Farobiy odam zotini aqlli jonivor deb atagan. Hayvon
turlari o'rtasida va bir tur ichida kurash qonuniyati borligini bizning
bobokalonimiz Ch. Darvindan qariyb 1000 yil oldin anglagan.
Hay vonot olamida amal qiiinadigan bu qonun odamlarda vaxshiyl ik
sifatlarini tug'dirib, turganiga e’tibomi qaratgan.
Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini faqat
tabiatshunos olimlarginaemas, balki XII—
XIII asrlarda yashab Shayx
Najmiddin Kubro va Ibn al-Arabiy ta’limotlarini o‘zaro bog‘lagan
kubroviya mashovixlari va islom dini peshvolaridan biri bo‘lgan
tasavvuf falsafasining yirik vakili Aziziddin Nasafiy ham o‘zining
«Zubdat ul haqoyiq - haqiqatlar qavmog‘i» nomli risolasida tirik
tabiat o‘lik tabiatdan paydo bo‘lganligini, o‘simliklar, hayvonlar,
odamlar bir tarmoqdan rivojlanganligini qayd etadi va ochiqdan-
ochiq «inson hayvon turlaridan biridir. Aynan hayvon ruhi tarbiya
topib ta’lim va tahsil ко4rib, bilish, takrorlash, taqvo va zikr
tu fay li
darajalar bo‘ylab rivojlanadi va har bir daraja - martabada yangi
ismga rnolik boiadi» deydi.
XVIII asrga kelib, maymunlarning to4liq anatomik tuzilishiga
oid m a’lumotlar e’lon qilindi. Shunga o'xsbash fikr keyinchalik
boshqa tabiatshunos olimlar, ayniqsa, J.B. Lamarkda ham uchraydi.
Tabiatda turlarning m aium davr ichida rivojlanishi, kelib
chiqishini isbotlashda paleoantropologik qazilmalar va zamonaviy
molekulyar genetik uslublar nihoyatda muhim o‘rin tutadi.
Odamning ajdodlarini aniqlashda, albatta, ma’lum paleontologik
va antropologik dalillarga asoslaniladi. Shunday dalillardan biri
Janubiy Afrikadagi (Yoxannesburg) Vitvatersrand universiteti,
44Odani evolyutsiyasi instituti” (Institute for Human Evolution)
bo‘limining xodimi paleoantropolog olim Li Bergerning ko4p
yillik ilmiy tadqiqotlari natijasi asosida varatgan "Pochti
chelovek” (“Qariyb odam”) nomli kitobida Afrikaning janubiy
sharqida joylashgan g‘orlar Afrikaning fenomeni, ya’ni barcha
ajdodlarimizga hos suyak qoldiqlari aynan mana shu yerda topil-
ganligini, odam evolyutsiyasining tarixi (3 mln yillik) mazkur g‘or-
121
larda sodir bo‘lganligini bay on etadi. Miya hajmining kattalishi
bilan olovni
b o ‘y s i n d i r i s h ,
ish qurollarini tayyorlashgacha bo‘lgan
davr bu odamning evolyutsiyasidir. Bunday noyob guvoh joy faqat
janubiy Afrikadagina uchraydi. Ming yillar ichida bu yerda 10
minglab suyak qoldiqlari to‘plangan va eng qadimgi odamsimon
maymun va dastlabki odamlarga oid bo‘lgan 3 ta tur aniqlangan.
Bulardan birinchisi - Avstralopiteklar bo‘lib, ularning gavdasi,
jag ‘i, miyasi kichik (miya qutusi hajmi ~ 380-430 sm3), qoziq
tishlari, tirnoqlari o‘tkir bo‘lmagan, tik tura olgan va ikki oyog‘ida
yura boshlagan, ammo tez yugura olmagan, ular taxminan 4 million
yil ilgari yashagan va 2,5-3,5 million yil ilgari qirilib ketgan, ular
tabiatda tur sifatida million yil hayot kechirgan xalos [4].
Eng qadimgi odamsimon maymun ilk bor amerikalik pale-
oantropolog Donald Yoxanson tomonidan 1974-yilda aniqlangan
bo‘lib,
bu topilmani (kalla, jag‘, chanoq suyaklari, tishlari)
“Avstralopitekus afarensis” (Australopithecus afarensis) va yan
gi tumi “Lyusi” deb nomladi. Bu haqiqiy yangilik edi. Avstro-
lopiteklaming ko‘p xususiyatlari maymunlamikiga o‘xshash,
shuningdek ular singari hulq atvorga ega bo‘lganlari bilan ikki
oyoqlab yurishlari natijasida, ularning oldingi oyoqiari yoki qo‘llari
ozod bo‘lgan. Buning natijasida narsa va buyumlarni ushlashga
hamda yaxshi ozuqalarni topishga imkon tugMlgan.
Bu haqda yirik genetik va evolyutsionist olim F.X. Ayala
shunday fikr bildiradi: ikki oyoqlab yurish juda muhim, chunki
bu odamga aylanishdagi birinchi qadamdir. Odam ajdodlarining
maymunlardan farqlanadigan xususiyati ham ikki oyoqlab yurishi-
dadir. Afarensisning miyasi, odamnikiga o‘xshash darajada rivojla-
nishga ulgurmagan, miya qobiliyati mehnat qurollarini yasashga
yetarlicha emas edi, ammo toshni olib u yordamida biron-bir narsani
parchalay olgan. Bu jarayonda tabiiy tanlanish muhim ahamiyat
kasb etgan. Uning xulq-atvorlari maymunlarnikiga o‘xshash, gapira
olmagan, shuning uchun u hozirgi kunda faqat maymun sifatida
qabul qilinadi.
122
Ikkinchisi hay rati i qazilma dastlabki odam Homo erectus
skeleti boiib, u 1984-yilda Sharqiy Afrikaning Keniya davlati
hududidagi Turkan (Rudolf) orollarining sohilidan topilgan. Uning
o ‘ziga xos xususiyati ulkan kalla suyagidir, bu suyak Afarensis
kalla suyagiga nisbatan ikki hissa katta boigan. Uning miyasi
odam miyasining 2/3 qismiga teng. U bundan 1,5 million yil ilgari
paydo boigan. Uning miyasi odamning miyasiga nisbatan 3 hissa
kichik, lekin u anjomlarni tayyorlash va olovdan foydalanishga
o ‘rgangan. Tabiatda mavjud turli buyumlami ishlatishdan ongli
qurol tayyorlashga o‘tish bu rivojlanishning maymun darajasidan
odam darajasiga о‘tish demakdir.
Homo erectus (tik yuruvchi odam) tabiatda eng kamida
2 million yil yashagan va shu vaqt ichida uning miyasi 20% ga
oshganligi bilan o‘z ifodasini topdi. Lekin shunday katta miya va
mehnat kurollariga ega b o ia turib, yashash uchun kurashda mag‘lub
bo‘ldi. Afrika tekisliklarida daslabki odam yiitqich hayvonlarning
tajovuzidan va dah shall i chaqmoqlar chaqib yong'inlar (to‘xtatib
bo‘lmaydigan)ning tez-tez yuzaga keJishidan doimiy qo‘rquvda
yashagan, uning asosiy dushmani leopard boigan. Shuningdek,
tik yuruvchi odamlar davrida kuchli sbamol va yomg‘irlar ham
juda ko'p kuzatilgan. Tabiiy tanlanish oqibatida bu tur qirilib
ketgan. Lekin Homo erectusda haqiqiy odam uchun xos qirralar
vo‘q edi. Katta miya, is’tedod va masala yecha olish qobiliyatlari
mavjud emas edi. Bularning hammasi aqilli odam dastlabki Homo
sapiensda mujassamlashgan.
Va nihoyat, uchinchi tur bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajdodimiz
dastlabki Homo sapiens hisoblanib, Afrika tekisliklari bo‘ylab 200
ming yil ilgari yashagan va yurgan. U miyasining o‘lchamiga ko'ra
haqiqiy odamga o‘xshash xulq-atvorga ega boTmagan va hozirgi
odam qiyofasini namoyish etmagan. Lekin bundan 60 ming yil
ilgari Homo sapiens keskin o'zgara boshladi. Ularda gaplashish
ya’ni nutq, atrof-muhitni o‘zgartirish va ijodkorlik qobiliyati,
tasviriy sa’nat rivojlana boshladi.
123
Antropologlar bunday holatni katta sakrash deb nomladilar.
Buni oddiy odamning zamonaviy odamga aylanishidagi o‘tmish
davri deb ham atash mumkin. Lekin Homo sapiensni nima majbur
qildi bunday o‘tmishga? Bizni nima majbur qildi ekan, oddiy g‘or
odamlaridan zamonaviy eng rivoj langan odamlaxga aylanishimizga?
Balki kuchli halokat yuz berib, buning natijasida aqilliroq eng
kuchli baqquwat atrof-muhitga tez moslasha oladigan odamlargina
yashab qolgandir. Buni tushinish uchun yana o‘tmishga yo‘l
olamiz. Balki qadimgi odamlaming hozirgi odamlarga aylanishiga
vulqonning otilishi sabab bo‘lgandir?
74 ming yil ilgari ulkan dahshatli vulqonning otilishi
Indoneziyada ro‘y bergan. U halokatli oqibatlarga sababchi
bo‘lgan. Yer yuzida iqlim tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan harorat
pasaya boshlagan. Yevropa va Xitoyning muayyan qismlari kashf
etilmagan holatga keladi. Biroz vaqt o‘tgach tosh davri boshlanadi.
Afrikada esa havo deyarli sovimadi, issiq va undan-da qurg‘oqchil
holatga keldi. Shunday dalillar borki, odamlar yashaydigan
ko‘pchilik savannalar quriy boshlab, cho‘llarga aylangan. Suv va
ozuqa tobora kamaya boshlagan.
Olimlaming fikriga ko‘ra, Homo sapiensning miqdori xatarli
darajada kamaygan. Ularning soni yo‘qolib borayotgan turlaming
soni singari kamaya boshlagan. Hisob kitoblarga ko‘ra, ularning
soni bir necha mingdan iborat bo‘lib qolgan, ehtimol 1-2 ming
kishidan oshmagan.
Olimlar buni “populyatsiya inqirozi” kishilik irqining kama-
yishi va qisqarishi deb nomladilar. Iqlimning o‘zgarishi odamlami
o ‘ldirishi mumkin edi, lekin u odamning shakillanishiga imkon
yaratdi. Yashab qolgan odamlarda ko‘p narsa o‘zgara boshladi.
Ular mehnat qurollarini yangidan yasay boshladilar, tasviriy sa'nat
yuzaga kela boshladi. Balki, haqiqiy sintaksis so‘zlashuv ham,
zamonaviy odam ham aynan shu davrga kelib shakllana boshlagan
faqat aqillilargina yashab qolgan.
Dastlabki tasviriy sa’nat vulqon otilishidan so‘ng yuzaga
kelgan. Bu sa’nat asarlaridan bilish mumkinki, odamlar nafaqat
124
chizganlar, o‘ylaganlar, balki o‘z fikrlarini bildirishga ham harakat
qilganlar, ma’lumki sa’natimizning yoshi 40 ming yilga teng.
Olim laming fikricha, ular tildan foydalanganlar, aynan
“populyatsion inqirozgina” odam uchun xos xususiyatlami yuzaga
chikishiga imkon bergan.
Zamonaviy odamlar bundan 50-60 ming yil ilgari paydo bo‘la
boshladilar. Bu muliim voqea edi. Ular kelajak haqida o‘ylashar,
rejalashtirar, o‘zaro muloqotda bo‘lib Yer yuzidagi boshqa jon-
zotlarga nisbatan yuqori pog‘onaga ko‘tarila oldilar.
Bu qachon va qaysi vaqtda ro‘y berdi? Buni bilish uchun dok-
tor Spenser Uells (Spencer Wells) genetik tadqiqotlar natijalariga
va tarixiy manbalarga murojat etib, bulaming siri odam xromosoma
(gen)larida saqlanganligini aniqladi.
Doktor S.Uells o‘tmishni izlash maqsadida Yer yuzini ay-
lanib chiqdi. U о 4a izolyatsiyalashgan jamoalami izladi va
qon namunalarini yig‘di, ularning DNK strukturasini o‘rgandi.
U genetik kodning mikroskopik o‘zgarishlarini qidirib, ya’ni
mutatsiyalar (DNK)ni nusxalashtirish (kopiya) jarayonidagi kel-
gusi avlodga berilayotganda yig‘ilgan mutatsiyalami o‘rganadi.
Qon namunalarini doktor S.Uells va uning kasbdoshlari tahlil
qilishlari natijasida olamshumul yangilik qildilar. U dalillarga
asoslanib, odamlarning umumiy ajdodi mavjud ya’ni “populyatsiya
inqirozini” boshidan kechirgan odamlar bir joy da yashagan bir
ajdoddan kelib chiqqan, degan likmi bildiradi [21, 40].
Ushbu sayyoramizdagi eng qadimgi qabilani topish uchun S.
Uells va uning kasbdoshlari yana irisoniyatning beshigi bo‘lgan
Afrika qit’asiga safarga chiqadilar. Ular Kalaxari cho‘lida yashovchi
San aholisi haqida shunday asosli fikmi aytadiki, ular evolyutsion
inqirozni boshidan kechirgan bir necha ming vakilning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri avlodlaridir.
Doktor Uells: har birimizning qonimizda o‘ziga xos sir bor va
uning asosida bizning shajaramiz shakillanadi. Bu yerda o‘zimning
uzoq qarindoshlarim bilan uchrashayotganimdan, men juda ham
hursandman deydi.
125
San aholisi vakillari qiyofasining o‘zigina, ulami dastlabki
ajdodlarimiz belgilarini takrorlaganidan dalolat berardi. Ularning
qiyofasida Yer yuzidagi ko’plab irqlaming belgilari ifodalanishini
tasvirlab shunday yozadi: Mongoloidlar yonoqlarining yon to-
monga bo‘rtib chiqqanligi sababli valpaqroq, ko‘z shakli janubi-
sharqiy osiyo xalqlarinikiga o‘xshash epikantus tipga yaqinroq,
terisining ranggi qoramtirroq. Lekin eng muhimi ularning qiyofasi
“populyatsiya inqirozi”ni boshidan kechirgan dastlabki zamonaviy
odamlarnikiga juda o‘xshash. Aynan mana shu genetik to‘plam
asosida inson uchun xos ijodkorlik darajasiga коЧагШЬ butun
dunyoni o‘zgartira oldi. Olimlar populyatsion inqirozni boshidan
kechirgan ikki ming nafar odam Yer yuzidan butunlay yo‘qolib
ketishi mumkin edi, lekin ular tabiatning murakkab sharoitlariga
bardosh berib moslasha olganliklari sababli birinchilardan bo"lib
zamonaviy odamlarga aylandilar deb ta’kidlaydilar. Ularning
avlodlari esa butun Yer yuziga tarqalib ketdi.
Bugungi Yer yuzidagi 7,8 milliarddan ortiq aholining dastlabki
ajdodi aynan mana shular hisoblanadi.
Odamga xos xususiyatlarning rivojlanishi uchun 4 million
yil kerak bo‘ldi. U bu vaqt mobaynida ikki oyoqlab yurishga, ish
qurollarni yaratishga, yirtqichlar bilan olishishga, inqirozlardan
saqlanib qolib, atrof muhitga moslasha oldi.
Qadimgi vulqonning otilishi Homo sapiens tunning deyarli
yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelgan edi, ammo u o‘z-o‘zini qaytadan
shakllantirdi.
Odamlardagi ijodkorlik qobiliyati ularning hayvonot dunyo-
sidan ajralib chiqisbida asosiy turtki bo‘lgan.
Geologik nuqtai nazardan odamzodning shakllanishi to ‘rt-
lamchi davr bilan bevosita bog'liq bo‘lgan. Ko'pchilik olimlarning
fikricha, odamzod yerda sun’iy ravishda tayyorlangan mehnat
quroli bilan birga paydo bo‘lgan emish. Mehnat qurollarining
ibtidoiy odamlar tomonidan doimiy ravishda turmushda qo‘llanishi
tabiat resurslaridan foydalanishni ularning asta-sekinlik bilan
faollashishiga olib kelgan. Mehnat doirasi doim kengavib borgan.
126
Keyinchalik odamlar tabiat resurslaridan turmushda foydalanish
maqsadida birlashadilar, jamoaviy ovchilik vujudga keladi. Mehnat
qurollarini ishlab chiqish jarayoni ijtimoiy hayotga katta ta’sir
o‘tkazadi va ijtimoiy turmush ham asta-sekin murakkablashib
boradi.
Fanda antropogenez haqidagi barcha nazariyalardan F. Engels
tomonidan yaratilgan jamoa bo‘lib yashash, birlashib mehnat
qilish, ibtidoiy tuzumning ijtimoiy asoslari yuzaga keldi va uning
fikricha, jamoasiz odamzod ham, uning aql-zakovati ham, nutqi
ham paydo bo‘lmas edi. Faqat ijtimoiy mehnat tufayli aql-idrok,
aql-zakovat va ular bilan bog‘liq nutq ham rivojlanib borgan.
F.Engels bu hodisaning biologik tomoniga muayyan e’tibor ber-
gan. U tik yurishning boshlanishi, go‘shtli ovqatning iste’mol qili-
nishi odamzod jismining biokimyoviy jihatdan o‘zgarishiga olib
kelganligini aytib o‘tadi. Uning bu nazariyasidan shuni tushunish
mumkinki, yuqoridagi o‘zgarishlar odamzodning sotsial va biolo
gik qonuniyati sintezi sanalib, shu asosda odamzod shakllangan.
Dostları ilə paylaş: |