Mitoxondrial DNK Barcha mitoxondrial DNK (hattoki dimyoning uzoq hudud-
laridan ham) bir xil, o'xshash boiganligi aniqlangan. Ya’ni, bizning
turlar yosh hisoblanadi.
Lekin Afrika namunalarida ko‘p mutatsiyalar bo‘lgan. Bu
Afrika avlodining kelib chiqishi qadimiyligini nazarda tutadi
va barcha zamonaviy odamlar Afrikada o'ziarining ildizlarini
qoldirishgan.
5 ta geografik populyatsiya: Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya,
Yangi Gvineyadan odamlaming mitoxondrial DNKsi yuqori
darajada xaritalanish orqali tahlil qilingan.
Mitoxondrial DNKning Afrikalik, Osiyolik, Avstraliyalik,
Kavkaz va Yangi Gvineyalik etnik gurulilaridan yig'ilgan tarkibning
individlari solishtirilganda mitoxondriya DNKning 133 variantlari
topilgan. Bunday mitoxondrial turlarni evolyutsiya daraxti deb
faraz qilsak, daraxt tanasi ikkita asosiy shoxlarga ajralayotganini
ko‘rish mumkin.
Bitta shox faqat Afrikaliklardan, ikkinchisi esa zamonaviy
Afrikalikiardan va boshqa yerlik odam turlaridan tashkil topgan.
Birinchi shox birinchi zamonavaiy odamlarni tasvirlaydi va
daraxtning eng uzun qismini egallaydi. Ikkinchi shoxi Afrikani tark
etgan va keyinroq dunyoning qolgan qismiga tarqalgan zamonaviy
odamlarni tasvirlaydi.
Mitoxondrial DNK avlodga faqat ona tomonidan beriladi.
Y xromosoma DNKsi Taj riba jarayonida 163 ta tadqiqotchilar Yaqin Osiyo popul-
yatsiyasining 12127 erkak jins vakillari ustidan test o'tkazishdi.
Bunda Y xromosomadan foydalanildi. Chunki bu otadan o‘g‘ilga
o;zgarmasdan o‘tadi. Y xromosoma DNK avlodga faqat ota
tomonidan beriladi. Y xromosomada mitoxondrial DNKga nisba
tan ko‘p evolyutsion ma’lumotlar mavjud. Xitoy, Indoneziya,
Angliya va Amerikalik tadqiqotchilar namunalarni yig‘ib, Y
xromosomaning genotipik natijalarini tahlil qilishdi. Ular Y
129
xromosomada 3 ta manzil bo‘yicha maxsus mutatsiyalami
aniqladi. 12127 ta har bir erkakning namunasi o‘rganilib, 3 ta
polimorfizmlardan birini tashishini topishdi.