A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Ohakni tashish, saqlash va ishlatish



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Ohakni tashish, saqlash va ishlatish. 
So‘ndirilmagan donador ohak temir yo‘l 
vagonlari va avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni namlik ta’siridan 
saqlash zarur. Ohak pushonka va kukun ohak jips yopiladigan metall konteynerlarda, maxsus 
polietilen katta qoplarda va bitumlangan yoki yog‘langan qog‘oz qoplarda tashiladi. Ohak 
qorishmasi maxsus kuzovli avtosamosvallarda, ohak suti esa avtotsisternalarda tashiladi.
Ohak pushonkani qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarga joylab qisqa 
muddat saqlash mumkin. Ohak kipelkani qurilish maydonlarida usti yopiq holda uzoq 
muddat saqlash va zarurat bo‘lganda undan ohak qorishmasi tayyorlash mumkin. Kukun 
ohakni bir oydan ortiq saqlash mumkin, aks holda havodagi namlik ta’sirida aktivligi asta-
sekin kamayadi.
Havoyi ohak keramik g‘isht va bloklar terishda, suvoqchilikda ishlatiladigan 
murakkab va oddiy qorishmalar tayyorlashda, bo‘yoq tarkiblari uchun bog‘lovchi sifatida 
ishlatiladi.
Havoyi ohak namlik va suv muhitiga chidamsizligi tufayli u asosidagi qorishmalar 
va buyumlarni poydevorlar qurishda, yog‘in-sochin ta’sirida bo‘ladigan joylarda ishlatish 
maqsadga muvofiq emas.
Havoyi tuyilgan ohak va ohak pushonka asosida ohak putssolanli va ohak-shlakli 
gidravlik bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-shlakli bog‘lovchilar donador domna shlaki va havoyi ohakni (2030%) 
birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bog‘lovchining qotish jarayonini yaxshilash uchun 
tarkibiga 3-5% gips qo‘shiladi. Bunday bog‘lovchilar normal sharoitda sekin qotadi, lekin 
issiq nam havo bilan ishlanganda qotishi tezlashadi.
Nazorat savollari
1.
Mineral bog‘lovchilar qanday klassifikatsiyalanadi?
2.
Havoyi ohak ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalarini aytib bering?
4.
Gips bog‘lovchisi xomashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy xossalari 
xaqida aytib bering? 
5.
Portlandsement xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering.
4.
Portlandsement 
klinkerining 
mineralogik 
tarkibi va unga qo‘shiladigan 
qo‘shimchalar nimalardan iborat? 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin