Ohak ishlab chiqarish. Havoyi ohak homashyosi asosini kalsiy karbonat (SaSO
3
)
tashkil etadi, shuningdek ozgina miqdorda dolomit, gips, kvars, giltuproq va boshqalar
aralashgan bo‘lishi mumkin. Ohaktosh 9001200
0
S haroratda kuydirilib, imkoni boricha SO
2
gazi chiqarib yuboriladi:
SaSO
3
SaO SO
2
Homashyo
tarkibidagi
magniy
karbonat
(MgSO
3
)
kuydirish
jarayonida
parchalanadi.
Ohaktoshni kuydirish natijasida 56% havoyi ohak hosil bo‘ladi, qolgan 44%
karbonat angidridi (SO
2
) havoga chiqib ketadi.
Ohak bog‘lovchisi tarkibida asosiy oksidlar (SaO MgO) miqdori yuqori
bo‘lsa, ohak qorishmalari shunchalik mayin (plastik) va sifatli bo‘ladi.
5.1-rasm. SHaxtali xumdon 1-shaxta; 2-yuklash qurilmasi; 3-qizdirish zonasi; 4-kuydirish zonasi; 5sovitish
zonasi; 6-havo beriladigan greben; 7-kuydirilgan ohakni chiqarib oluvchi mexanizm.
Havoyi ohak tarkibidagi chala kuygan yoki o‘ta kuygan bo‘laklarning meyordan ortiq
bo‘lishi bog‘lovchi hossalarini yomonlashtiradi. CHala kuygan ohak bo‘laklar deyarli
bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lmaydi, o‘ta kuydirilgan ohak esa juda sekin suv ta’sirida
gidratlanadi va hajmi kengayadi. Buning natijasida ohak bog‘lovchisi asosidagi mahsulotlarda
yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Ohaktoshni odatda shaxtali xumdonda kuydiriladi (5.1-rasm). Mayda bo‘lakli
ohaktoshlar aylanma xumdonda kuydirilishi mumkin. Ohaktoshni kuydirish uchun ko‘mir,
tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilar ishlatiladi. Ko‘mir yoqilganda ohakka kul aralashishi
mumkin, gaz yoqilganda esa bog‘lovchi toza holda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari gaz bilan
ishlaydigan xumdonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin.
Ohaktoshni kuydirilganda so‘ndirilmagan g‘ovak bo‘lak holdagi yarim mahsulot
hosil bo‘ladi. YArim mahsulotni is’temolchiga moslashtirish uchun maydalanadi yoki
so‘ndiriladi.