A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Ohakni so‘ndirish.
Havoyi ohakni so‘ndirish uchun suv bilan aralashtiriladi:
SaO N
2
O Sa(ON)
2


107 
Ohak so‘ndirilganda 950 KDj kg miqdorda issiqlik ajrab chiqadi. Ohakni 
so‘ndirish jarayoni o‘ta shiddatli kechadi, ohak donachalari o‘ta mayda dispers holga keladi. 
Ohak mineral bog‘lovchilar ichida kimyoviy reaksiya natijasida disperslanadigan yagona 
bog‘lovchi xisoblanadi. So‘ndirilgan ohakning o‘ta dispers bo‘lishi uning yuqori darajada 
suv ushlab turishlik xususiyatini va plastikligini ta’minlaydi. So‘ndirilgan ohakning bu 
xususiyati undan qurilish qorishmalari va boshqa mahsulotlar tayyorlashda katta ahamiyatga 
egadir. So‘ndirishda olingan suv miqdoriga nisbatan gidrat ohagi (pushonka), ohak 
qorishmasi va ohak suti hosil bo‘ladi.
Gidrat ohak ohakga (kipelkaga) 60-70% suv aralashtirilganda hosil bo‘ladi. Bunda 
ohak hajmi 200-300% ortadi. Hosil bo‘lgan gidrat ohak Sa(ON)
2
ning juda mayda 
zarrachalardan iborat oq rangli kukundan iborat bo‘ladi. Uning erkin holatdagi o‘rtacha 
zichligi 400-450 kg m
3
, zichlangan xolatdagi o‘rtacha zichligi esa 500-700 kg m
3
tashkil 
etadi.
Gidrat ohagi to‘xtovsiz ishlaydigan gidratorlarda so‘ndiriladi, bunda hosil bo‘lgan 
katta issiqlik va suv bug‘i bo‘lak holatdagi ohakni kukun ohakka aylanishiga xizmat qiladi.
Ohak qorishmasi ohak kipelkaga massasiga nisbatan 200-300% suv qo‘shilib 
tayyorlanadi. Bunda so‘ndirilgan ohakning massasi 2-2,5 marta ortadi va mahsulot hajmi 
ko‘payadi. Ohak kipelkaga massasiga ko‘ra suv miqdori 300% dan ko‘proq qo‘shilsa ohak 
suti hosil bo‘ladi.
Ohak qorishmasi to‘la mexanizatsiyalashgan maxsus qorishmalar tayyorlaydigan 
sexlarda ohak so‘ndiruvchi mashinalarda bo‘lak holatdagi ohakni so‘ndirib olinadi. Bu 
usulda ohak so‘ndirilganda ohak qorishmasining sifati yuqori bo‘ladi va so‘ndirish jarayoni 
tezlashadi.
Kichik qurilish maydonlarida bo‘lak-bo‘lak ohak maxsus xandaqlarda (chuqurlarda) 
suv bilan aralashtirilgan holda kamida ikki hafta davomida so‘ndiriladi. Bu usulda ohak 
so‘ndirilganda so‘nmagan zarrachalar miqdori meyordan oshmasligi shart, aks holda 
mahsulot qorishmalar olishda ishlatilganda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin