Romansement
Romansement tarkibida 20% va undan ortiq miqdorda giltuproq bo‘lgan mergelli
ohaktosh va magnezitlarni 900
0
S haroratda kuydirib olinadi. Kuydirilganda hosil bo‘ladigan
kichik tartibli kalsiyli silikatlar va alyuminatlar romansementga gidravlilik xususiyatini beradi.
Xomashyo kuydirilganda romansement tarkibida ohak erkin holatda 2-3% miqdorgacha hosil
bo‘lishi mumkin.
Romansement tarkibiga 3-5% gips va 10-15% opoka, diatomit, trepel, gliej singari
aktiv mineral qo‘shimchalar kiritilishi uning gidravlilik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Romansement
3
xil markada: 2,5; 5,0 va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U past
markadagi qurilish qorishmalari va betonlari olishda ishlatiladi.
Portlandsement
Umumiy ma’lumotlar.
Portlandsement muayyan miqdordagi ohaktoshlar va
giltuproqlar aralashmasini 1450
0
S haroratda kuydirib olingan klinkerga tuyish jarayoni 3-5%
gips va 15% gidravlik qo‘shimchalar qo‘shib olinadi. Klinker g‘ovak soqqachalar bo‘lib sement
olish uchun yarim xomashyodir. Gips, fosfogips va borogipslarni sement tarkibiga kiritilishi
uning qotishini boshqaradi. Gidravlik qo‘shimchalar esa portlandsementga suvga chidamlilikni
beradi. Gidravlik qo‘shimchalar sifatida gliej, opoka, diatomit, trepel, elektrotermofosfor shlaki,
toshko‘mir kuli va shu kabi tabiiy va sun’iy materiallar ishlatiladi. Portlandsement rasmiy
ravishda 1824 yilda E. CHeliev (Rossiya) va Dj. Aspdin (Angliya) tomonidan yaratilganligi tan
olingan. O‘zbekiston olimlaridan S.To‘xtaxo‘jaev, I.Toshpo‘latov, T.Otaqo‘ziev, B.Nudelman va
boshqalarning sement turlarini yaratish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini
mukammallashtirishdagi xissalari kattadir.
110
Klinker.
Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga bog‘liq.
O‘z navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish sharoitiga bog‘liq
bo‘ladi. Klinker tarkibini ko‘plab oksidlar erkin va minerallarga birikkan holatda tashkil
qiladi. U asosan kristall va qisman shishasimon tuzilishga ega.
Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa bo‘yicha %):
SaO-63-66, SiO
2
-21-24, Al
2
O
3
-4-8, Fe
2
O
3
- 2-4: bundan tashqari MgO, SO
3
, Na
2
O va K
2
O
hamda TiO
2
, Cr
2
O
3
, P
2
O
5
lar oz miqdorda bo‘ladi.
Asosiy 4 oksidlar miqdori klinkerning 95-97% tashkil qiladi.
Klinkerni kuydirish jarayonida oksidlar qayta birikib silikatlarni, alyuminatlarni,
alyumoferitlarni mineral kristall strukturasini tashkil etadi.
Klinker mineral tarkibiga alit, belit, uch kalsiyli silikat, to‘rt kalsiyli alyumoferrit
kiradi.
Alit 3SaO
.
SiO
2
(C
3
S) klinkerning asosiy minerali bo‘lib, sementning qotish
tezligini, mustahkamligini belgilaydi. Alit klinker tarkibida 4560% bo‘ladi. Uning tarkibida
2-4% atrofida MgO, Al
2
O
3
, P
2
O
3
, Cr
2
O
3
va shu kabilar bo‘lib, alit xususiyatlariga ta’sir
ko‘rsatadi. Alit kristallari uzunchoq (3-20 mkm) bo‘lib, sement aktivligini oshiradi.
Belit 2SaO
.
SiO
2
(C
2
S) klinkerning ikkinchi asosiy minerali bo‘lib, sementning vaqt
o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan mustahkamligini ta’minlaydi. Belit klinker tarkibida 20-30%
tashkil etadi va boshlang‘ich davrda sekin qotadi. Uning tarkibida 1-3% atrofida Al
2
O
3
,
MgO, Fe
2
O
3
, Cr
2
O
3
va shu kabilar bo‘ladi.
Kuydirish xumdonlaridan chiqqan klinkerni asta-sekin sovutish natijasida, harorat
525
0
S dan pasayganda
-S
2
S o‘rniga -S
2
S hosil bo‘lishi belit strukturasining buzilishiga
va klinkerning kukunga aylanishiga olib keladi. Bunda klinkerning hajmi 10% ortadi, -S
2
S
ning zichligi 3,28 g sm
3
dan
-S
2
S ning zichligi 2,97 g sm
3
gacha kamayadi. Hosil
bo‘lgan
-S
2
S 100
0
S haroratgacha suv bilan reaksiyaga kirishmaydi va bog‘lovchilik
xususiyatlariga ega bo‘lmaydi. SHuning uchun klinker maxsus sovutish moslamalari
yordamida tezlik bilan sovutiladi. Bundan tashqari Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, Cr
2
O
3
kabi oksidlar
(1-3% atrofida)
-Sa
2
S strukturasini stabillashishiga va
-Sa
2
S ga aylanishiga yordam
beradi. Klinker tarkibida alit va belit 75-80% ni tashkil etgani uchun ularning gidratatsiya
mahsuloti portlandsementning asosiy xossalarini belgilaydi.
Uch kalsiyli alyuminat 3SaO
.
Al
2
O
3
(C
3
A) klinker tarkibida 4-12% bo‘lib, 10-15
mkm o‘lchamdagi kristallarni tashkil qiladi. U suv bilan reaksiyaga kirishib juda tezlik bilan
gidramineral hosil qiladi, lekin yuqori mustahkamlikka ega bo‘lmaydi. Uch kalsiyli
alyuminatning zichligi 3,04 g sm
3
bo‘lib, sulfatli muhitda kimyoviy korroziyaga sabab
bo‘ladi va shu
tufayli S
3
A miqdori klinker tarkibida 5% dan oshmasligi kerak.
To‘rt kalsiyli alyumoferrit 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
(C
4
AF) klinker tarkibida 10-12 % ni
tashkil etadi. Uning zichligi 3,77 g sm
3
. S
4
AF gidratatsiyalanish tezligi o‘rtacha bo‘lib,
sementning gidratatsiyalanish va qotish tezligiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Klinker shishasi
oraliq modda sifatida 5-15% ni tashkil etadi. Uning tarkibini Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, K
2
O, Na
2
O
lar tashkil etadi.
Magniy oksidi alyumoferrit fazasi va klinker shishasi tarkibiga kiradi yoki erkin
holda bo‘lishi mumkin. MgO juda sekinlik bilan gidratatsiyalanishi (Mg(OH)
2
), qotgan
sement toshi tarkibida MgO ning 5% dan ko‘p bo‘lishi sementning hajmini notekis
o‘zgarishiga va undan tayyorlangan materiallarning buzilishiga olib keladi.
Klinker tarkibida SaO erkin holatda bo‘lishi mumkin. Uning miqdori 1% dan ortib
ketsa, gidratatsiya natijasida (Sa(ON)
2
) sement hajmini notekis kengayishiga olib keladi.
111
Natriy va kaliy ishqorlari klinkerning alyumoferrit fazasi bo‘lib, sement tarkibida sulfatlar
ko‘rinishida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |