54
pasaytirish uchun minerallovchi — uyuvchi (plavikov) shpat yoki xom ashyoviy
massaning 1% gacha miqdorda kremne — ftorli natriy qo‘shiladi. Klinkerga oq rang kiritish
uchun uni «oqlaydilar» ya’ni G‘e
2
O
3
ni G‘eO gacha tiklaydilar. Oqlashning ikki usuli —
suvli va gazlisi qo‘llaniladi. Klinkerni suvli usulda 1300*S dan 300* gacha va gazli 1100
— 1200*S dan 200* gacha birdan keskin sovutgichda sovutiladi. Aktiv mineral qo‘shimcha —
diatomit gips va kam temirli klinker to‘yiladi va ok sement tayerlanadi. Rangli portlandsement
oq yoki rangli klinkerni aktiv qo‘shimcha —diatomit, pigment va gips bilan birgalikda
maydalab to‘yib tayyorlanadi. Bunda aktiv qo‘shimcha 6% dan, gips 3,5% dan oshmasligi
lozim.
Rangli portlandsementlarda mineral sintetik yoki tabiiy bo‘yovchi
pigmentlarning miqdori 15% dan, organik moddalarning miqdori 0,3%dan ortmasligi
lozim. Bo‘yovchi moddalar yoki pigmentlar yuksak bo‘yash xususiyatiga, ishqorlariga
(ayniqsa Sa(ON)
2
ga), quyosh nuriga atmosfera ta’siriga nisbatan yuksak bardoshlikka ega
bo‘lishi lozim. Bu talablarni sariq rang beruvchi — oxra, kizil rang — so‘riq, yashil rang
beruvchi — xrom oksid zangori rang beruvchi — kobalt oksidi qondiradi. Ularning tutib
qolishning boshlanish vaqti 45 min. oldin emas oxiri esa 10 soatdan kech emas, mustaxkamlik
bo‘yicha markasi esa —300,400,500. Ok rang va rangli portlandsementlarning sifati eng avvalo
oqligi, yorqinligi va rangining bir tekisligi bilan aniqlanadi. Ok sementlar yorug‘lik
darajasiga kura, uch navga bo‘linadi: oliy, BS- 1, BS – 2
Yorug‘lik koeffitsienti oliy nav uchun: 80 %, BS-1 uchun 76%, BS – 2 uchun
Oq va rangli portlandsementlar qotishda yuqori darajada kichrayishi, emirilishiga
bardoshligi va chidamliligining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Kichrayishda yuzaga keluvchi va
boshqa deformatsiyalar ularning tarkibida belit, uch kalsiyli alyuminat va turli mineral
qo‘shimchalar bilan ortadi.
Dostları ilə paylaş: