A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 Havoyi bog‘lovchilar
 Havoyi ohak
 
Havoyi ohak tarkibida 6% gacha giltuproq bo‘lgan kalsiyli va magniyli karbonat 
tog‘ jinslari: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh va dolomitlarni kuydirib olingan 
bog‘lovchi materialdir. Ohak bog‘lovchisi (kipelka) oq va kul rangida bo‘lib, bo‘lak-bo‘lak 
holda hosil bo‘ladi. Havoyi ohak bog‘lovchisi quyidagi turlarda bo‘ladi: so‘ndirilmagan 
maydalangan, so‘ndirilgan gidrat (pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti.
Ohak bog‘lovchisi tarkibidagi CaO miqdoriga nisbatan kalsitli, magnezialli va 
dolomitli bo‘lishi mumkin. Kukun ohak tayyorlash uchun so‘ndirilmagan ohak, domna 
shlaki, elektrotermofosforli shlak, aktiv mineral qo‘shimchalar bilan birga maxsus 
tegirmonda tuyiladi.
Ohak ishlab chiqarish.
Havoyi ohak homashyosi asosini kalsiy karbonat (CaCO
3

tashkil etadi, shuningdek ozgina miqdorda dolomit, gips, kvars, giltuproq va boshqalar 
aralashgan bo‘lishi mumkin. Ohaktosh 9001200
0
C haroratda kuydirilib, imkoni boricha CO
2
gazi chiqarib yuboriladi:
CaCO
3
=CaO+CO
2
Homashyo tarkibidagi magniy karbonat 
(MgCO
3
) kuydirish jarayonida 
parchalanadi.


32 
Ohaktoshni kuydirish natijasida 56% havoyi ohak hosil bo‘ladi, qolgan 44% 
karbonat angidridi (CO
2
) havoga chiqib ketadi.
Ohak bog‘lovchisi tarkibida asosiy oksidlar (CaO*MgO) miqdori yuqori 
bo‘lsa, ohak qorishmalari shunchalik mayin (plastik) va sifatli bo‘ladi.
10.1-rasm. SHaxtali xumdon 
1-shaxta; 2-yuklash qurilmasi; 3-qizdirish zonasi; 4-kuydirish zonasi; 5sovitish 
zonasi; 6-havo beriladigan greben; 7-kuydirilgan ohakni chiqarib oluvchi mexanizm.
Havoyi ohak tarkibidagi chala kuygan yoki o‘ta kuygan bo‘laklarning meyordan 
ortiq bo‘lishi bog‘lovchi hossalarini yomonlashtiradi. CHala kuygan ohak bo‘laklar deyarli 
bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lmaydi, o‘ta kuydirilgan ohak esa juda sekin suv ta’sirida 
gidratlanadi va hajmi kengayadi. Buning natijasida ohak bog‘lovchisi asosidagi 
mahsulotlarda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Ohaktoshni odatda shaxtali xumdonda kuydiriladi (10.1-rasm). Mayda bo‘lakli 
ohaktoshlar aylanma xumdonda kuydirilishi mumkin. Ohaktoshni kuydirish uchun ko‘mir, 
tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilar ishlatiladi. Ko‘mir yoqilganda ohakka kul aralashishi 
mumkin, gaz yoqilganda esa bog‘lovchi toza holda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari gaz bilan 
ishlaydigan xumdonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin