A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
Takrorlash uchun savollar: 
1.
Gips bog‘lovchisi xomashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy 
xossalari xaqida aytib bering? 
2.
Portlandsement xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasini aytib 
bering?
3.
Portlandsement klinkerining mineralogik tarkibi va unga qo‘shiladigan 
qo‘shimchalar nimalardan iborat? 
 
 
Ma’ruza. № V/11 
Mavzu: So‘ndirilgan o
h
ak ishlab chiqarish texnologiyasi.
 
 
Reja: 
1.
So‘ndirilgan ohak ishlab chiqarish. 
2.
Ohak xamiri. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
gidrat ohak, kirelka, xom-ashyo, kuydirish jarayoni.
Gidratli ohak 
Ohakni bu turlarini olishda asosiy jarayon - so‘ndirishdir. 
Zavoda qotuvchi ohakning so‘ndirishi kalsiy oksidini suv ta’sirida gidratlanishidan 
(ya’ni suv bilan birikishdan) iborat: 
Ca0+H
2
0

Ca(0H)
2
,
Ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko‘tarilib suv qaynab ketadi. 
Agar ohak sifatli bo‘lsa, unda so‘nish boshlanib tez o‘tib ketadi. Xlorli tuzlar NaCl, CaCl va 
boshqalar CaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiradi. So‘nish Haroratining ko‘tarilishi 
CaO ning gidratlanish jarayonini tezlashtiriladi, so‘nish tezligi kalsiy oksidi kristallarining 
kattaligiga boglщ. Hajmi 2 barobardan ko‘prok keskin ortishi bilan ham so‘nish reaksiyasi 
borishi mumkin. Hosil kilingan ohak kukun-ohak va ohak hamiriga bo‘linadi. Kukun ohak katta 
solishtirma yuzaga ega bo‘lgan nixoyagda mayda kukun. U suvga o‘ta moyil birikma. Ohak 
hamiri asosan Ca(OH)
2.
qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - ohak tayyorlashda suv ohakka 
nisbatan 2-3 marotaba ko‘p qo‘shiladi, chunki bunda suv tez bug‘lanib ketadi. Suvning miqdori 
juda ko‘p bo‘lganda ohak hamiri olinadi. 
Kukun-ohak Ca(OH)
2
, CaO ning gidratlanish jarayoni CaO ni eritish hamda uning 
nisbatan to‘yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik chizma bo‘yicha o‘tadi 
(1-chizma). CaO ning gidratlanishi qaytar reaksiya bo‘lib, uning yo‘nalishi haroratiga, 
shuningdek, suv bug‘ining bosimiga bog‘liq. Suv etishmasligi natijasida so‘ndirilgan ohakning 


35 
kuyishi, ya’ni kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Ca(OH)
2
parda hosil bo‘ladi. Bu shunday 
tushuntiriladi: 

suv qo‘shilgandan keyin dastlabki vaqtda ohakni gidratlash qaynovi juda 
tez boradi, suv keraklidan ko‘p bo‘lsa gidratning hamir holidagi qavat hosil bo‘ladi. 
Keyinchalik gidrat qavatdagi suvni o‘zlashtirish natijasida qurib qoladi, zichlashadi, ichki 
qavatlaridagi so‘nmagan ohak uchun kerakli suvni o‘tkazmaydi. 
Ohakdagi ortiqcha begona narsalar mahsulotning so‘nishini kechikishiga, 
sekinlashishiga, shuningdek natijada hajm kengayishi, ichki zo‘riqish, darzlar hosil bo‘lishi 
buzilishlariga sabab bo‘ladi. Kukun-ohakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi kerak. 
Sanoatda ohak uzlukli va uzluksiz moslamada so‘ndiriladi: uzlukli barabanli so‘ndirgich 
- so‘ndirish bug‘ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm kattalikdagi ohak 
bo‘laklari yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi. bug‘ beriladi va baraban 15-20 
min. davomida aylanishi natijasida ohak so‘ndiriladi. Umumiy sikl 30-40 minutga boradi. 
Uzluksiz so‘ndirish - parrakli etti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak oldindan 3-
6 mm gacha kattalikda maydalanib etti barabanli gidratorga suv bilan uzatiladi. Har qaysi 
barabanda parrakli val bo‘lib, massani sikib chiqaradi. 
Orada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. YUz tipidagi so‘ndirgich 
ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi maydalash uchun chopqichlar 
o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va prujina yordamida so‘ndirgich 
ostiga to‘kiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan so‘ndiriladi, Ohak hamiri elak orqali 
tindirgichga quyiladi. Ohak hamirini qo‘shimcha saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin. 
Issiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak so‘ndirgichning 
termomexanik konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak so‘ndirilishida chiqkan issiqlik 
hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga 
joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik almashtargich vazifasini o‘taydi. Silindrning 1 
kamerasi so‘nish ruy beradi, ikkinchi kamerada po‘lat sharlar yordamida so‘ndirilmagan 
zarrachalar maydalanadi. 
11.1-chizma: Gidratli ohak kukunini ishlab chiqarish texnologik chizmasi


36 
CHexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab chiqarish 
uzlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta pechlarida ishlab 
chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. SHaxta pechlarida mahalliy ochiq konlardagi 7- 8 
sm o‘lchamdagi maydalangak ohaktosh bo‘laklari ishlatiladi. 7 sm dan kichiq bo‘laklar qayta 
bolg‘ali maydalagichda maydalanib keyin havoli separotorlarda 2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning 
(0,2-2,5) yuqori dag‘al qismi qayta ohakka ishlanadi. 
Ohak hamiri. 
Ohak hamirini quyidagi texnologik chizma bo‘yicha olinadi ishlab chiqarish uzlukli va 
uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan termomexanik ohak 
so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat elektr ishga tushiruvchi 8, aylanma baraban 2, baraban 
bir tomondan bunker 1, boshqa tomondan ohak sutini tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban 
ikkita bir-biriga orasiga 2 mm li masofada joylashgan silindrdan iborat. Ohakni so‘ndirganda 
ichki silindrda suv 45-50 °C isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo‘lingan so‘ndirish 
kamera 4 va maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali 
tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka 2-3 qismi suv tavsiya 
etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75 % suvli massaga aylanadi. Yaxshi 
tindirilgan ohak hamiri tarkibida 50 % suv va hajmiy og‘irligi 1400 kg/m
3
oraliqda bo‘ladi. 
11.2-rasm. Uzluksiz termomexanik ohak so‘ndirgich chizmasi.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin