34
Ohak-shlakli bog‘lovchilar donador domna shlaki va havoyi ohakni (20-30%)
birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bog‘lovchining qotish jarayonini yaxshilash uchun
tarkibiga 3-5% gips qo‘shiladi. Bunday bog‘lovchilar normal sharoitda sekin qotadi, lekin
issiq nam havo bilan ishlanganda qotishi tezlashadi.
Ohak-putssolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar-trepel, opoka, diatomit,
gliej va boshqalarni birgalikda kukun holiga keltirib olinadi. Ohak-shlakli va ohak-
putssolanli bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va qisman suvli muhitga
chidamli, ammo sovuqqa chidamliligi past bo‘ladi.
Havoyi ohakning katta qismi silikat g‘ishti va bloklari, g‘ovak, engil va og‘ir silikat
betonlari tayyorlashda ishlatiladi. Havoyi ohakni tashish, saqlash va ishlatishda texnika
xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak bog‘lovchisi ishqoriy muhit bo‘lib,
terini, nafas olish a’zolariga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: