33
tayyorlangandan keyin darhol ishlatilgani ma’qul, aks holda mahsulot havodan namni olib
bog‘lovchilik xususiyatini yo‘qotishi mumkin.
Ohak bog‘lovchisining asosiy xossalari.
Sifatiga qarab havoyi ohak sanoatda 3 xil
navda ishlab chiqariladi. Havoyi ohak 5.1-jadvalda keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
So‘nish tezligiga qarab havoyi ohak tez so‘nadigan (8 minutgacha), o‘rtacha
tezlikda so‘nadigan (25 minutgacha) va sekin so‘nadigan (25 daqiqadan ko‘p) turlarga
bo‘linadi. To‘yingan so‘ndirilmagan ohakning maydalik darajasi
№02 va 008 nomerli elaklardagi qoldiqlari bilan belgilanadi. Elaklardagi qoldiqlar
1,0 va 15% bo‘lishi kerak.
Uning to‘kma zichligi 800-1200 kg m
3
bo‘ladi. Havoyi ohak mustahkamligi
jihatidan mineral bog‘lovchilar o‘rtasida eng pasti hisoblanadi. Ohak asosidagi qurilish
qorishmalarining siqilishdagi mustahkam chegarasi, so‘ndirilgan ohak ishlatilganda, 0,4-1,0
MPa atrofida bo‘ladi. SHuning uchun havoyi ohak navlari mustahkamligi bo‘yicha emas,
balki uning tarkibiga nisbatan belgilanadi. Ohaktosh tarkibida tuproqsimon va boshqa
qo‘shimchalar kam bo‘lsa, ohak aktivligi shuncha yuqori, so‘nishi esa tez bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: