37
Ma’ruza. № V/12
Mavzu: Magnezal bog‘lovchilar xossalari, ishlab chiqarish usullari.
Reja:
1. Magnezal bog‘lovchilar, turlari va ishlatilishi.
2. Magnezial bog‘lovchilarni ishlab chiqarish usullari.
3. Kaustik magnezial bog‘lovchi moddalar.
Tayanch so‘z va iboralar:
ishlab chiqarish, xom-ashyo, talk, dolamit , magnezit; magzezial
bog‘lovchi; kaustik magzenit.
Magnezial bog‘lovchi moddalar
Magnezial bog‘lovchi moddalarga kaustik magnezit, kaustik dolomit kiradi.
Kaustik magnezit - tabiiy magnezitdan MgS0
4
, kaustik dolomit tabiiy dolomitdan
CaC0
3
*MgC0
3
dan tayyorlanadi.
MgO 47,84% C0
2
52,17% dan iborat. Magnezit tabiatda kristall va amorf holatda
uchraydi, juda kam tarqalgan jins.
Dolomit Sa va Mg ning qo‘shalok karbonatli tuzidan, ya’ni MgC0
3
, CaC0
3
dan iborat.
Dolomitning nazariy tarkibi CaC0
3
-54,2% MgC0
3
- 45,73% dan iborat va tabiatda tez-tez
uchrab turadi.
Magnezial bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish
Kaustik magnezit va kaustik dolomit ishlab chiqarish jarayonlari asosan xom ashyoni
kuydirish va kuydirilgan mahsulotni tuyishdan iborat. Magnezit kuydirilganda dekarbonlanadi va
MgO ga aylanadi. MgC0
3
ning parchalanishi taxminan 400°C dan boshlanadi. 600-650°C da
juda tez boradi. Magnezitning amalda kuydirilish harorati zavod pechlarida 800-850°C dan
yuqori. Magnezitning MgC0
2
ga ajralish reaksiyasi qaytar reaksiyadir va uni to‘g‘ri yo‘nalishda
borishi uchun mo‘ri orqali reaksiya mahsulotlaridan biri CO
2
ni yo‘qotiladi, natijada kuydirish
harorati ko‘tariladi, Kuydirish harorati qancha past bo‘lsa, kaustik magnezitni sifati shuncha
baland bo‘ladi. Kaustik magnezit shaxta va aylanma pechlarsda kuydiriladi. Aylanma
pechlarning chang tutgich qurilmalarda chang ko‘p o‘tiradi, ularni kalsiylangan kaustik magnezit
deb yuritiladi.
Magnezit kuydirilgandan keyin zo‘ldirli tegirmonlarda tuyiladi, agarda kuydirilgan
mahsulot bo‘laklari bo‘lak bo‘lsa, ularni tuyilishdan oldin maydalanadi. Kaustik dolomitning
kuydirilish harorati 650-750 °C dan iborat. Hosil qilingan mahsulotda Mg bilan bir qatorda
SaS0
3
qo‘shimchalar hamda oz miqdorohakbo‘ladi. SHaxta pechlarda ko‘tarma o‘txonalarda
kuydiriladi.
Dostları ilə paylaş: